Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari. Reja: Smentli klinkerning modduli harakteristkalari


Download 102.56 Kb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi102.56 Kb.
#1328588
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari


Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari.

Reja:

1.Smentli klinkerning modduli harakteristkalari
2.Smentli klinker minerallari.
3.Smentli klinker olishni fizik va kimyoviy asoslari.
.
Klinker (nem. Klinker) — 1) aylanma pechlarda metallurgiya ishlab chiqarishda polimetall chiqindilarni qayta ishlash (qizdirib haydash) dan qolgan qiyin eriydigan qizib qovushgan massa; pyx ishlab chiqarishdagi oraliq mahsulot. Mis yoki qoʻrgʻoshin korxonalarida qayta ishlab K.dan mis, qoʻrgʻoshin va boshqa qimmatli aralashmalar ajratib olinadi; 2) qurilishda maxsus loy (klinker) dan gʻisht tarzida tayyorlanadigan material. Gʻisht tayyorlash texnologiyasiga oʻxshab tayyorlanadi. Sovuq va kislotaga chidamli. Yoʻllarga, sanoat binolarining pollariga yotqiziladi; 3) sement ishlab chiqarishda ohak bilan loy (yoki shlak) qovushmasidan iborat yarim mahsulot.
TSement klinkeri sifati quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:
Alohida oksidlarning miqdori (kimyoviy tarkibi).
Asosiy oksidlar miqdorining nisbatini ifodalovchi modullar qiymati.
Asosiy minerallarning miqdori. Klinkerga oksidlarning o’zaro nisbati va klinker minerallarining miqdori bilan tavsif beriladi.
Demak, portlandtsement sifatini har qaysi klinker mineralining foiz miqdoriga qarab aniqlash mumkin. Klinkerning mineralogik tarkibini aniqlashning ikki usuli bor: bevosita petrografik yoki rentgenografik tahlil usuli yoxud bevosita hisoblab aniqlash usuli. Klinker mineralogik tarkibi zavodlarda ko’pincha hisoblab aniqlanadi (asosiy oksidlarning foiz nisbati orqali). Muhim oksidlarning foiz nisbati ikki xil modul (silikat va qumtuproq) hamda to’yinish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Bu modullar va koeffitsiyent miqdori xomashyo aralashmasi uchun ham, klinker uchun ham amalda bir xil bo’ladi. Bu esa muhim amaliy ahamiyatga ega, chunki xomashyoning kimyoviy tarkibini tegishlicha tanlash bilan klinker mineralogik tarkibini o’zgartirib turish mumkin.



Download 102.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling