Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari. Reja: Smentli klinkerning modduli harakteristkalari


Portlandtsement ishlab chiqarish usullari


Download 102.56 Kb.
bet6/6
Sana04.04.2023
Hajmi102.56 Kb.
#1328588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari

Portlandtsement ishlab chiqarish usullari
Portlandtsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo’linadi:
1.Klinker ishlab chiqarish (portlandtsementning chala mah-sulotini tayyorlash).
2.Klinkerni qo’shilmalar bilan birga tuyish (portlandtsement olish).
Birinchi jarayon juda murakkab bo’lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan bog’liq. Shuning uchun hamma vaqt portlandtsement asosini tashkil yetuvchi klinkerni tejash kerak. Сhunki portlandtsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatning ko’p qismi (70—80%) klinker qiymatini tashkil yetadi.
Portlandtsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik jarayonlar bajariladi:
1.Ohaktosh va gil qazib olinadi.
2.Xomashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi.
3.Yoqilg’i tayyorlanadi.
4.Xomashyo materiallari kuydiriladi.
Klinkerni tuyish va portlandtsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi texnologik jarayonlar mavjud:
1.Qo’shilmalar tayyorlanadi.
2.Klinker qo’shilmalar bilan birga tuyiladi.
3.Portlandtsement omborga joylanadi.
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil va to’g’rilovchi qo’shilmalar) ning hammasi mayda qilib tuyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materiallar maydalab tuyilsa, xomashyo aralashrnasi tarkibidagi oksidlar kuydiri-layotganda o’zaro yaxshi tahsirlashadi. Xomashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda tahsir yetishmay qolgan moddalar deyarli bo’lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog’langan bo’ladi.
Mayda. qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab aralashtirilishi mumkin. Xomashyo materiallari suv bilan tayyorlansa, portlandtsement ishlab chiqarish «ho’l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa, «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator omillarga bog’liq (chizmaga qarang).
Garchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo’lsa ham, hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiyada va AQShda ho’l usul, quruq usul esa Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko’proq qo’Uashga moyillik salmoqli o’rin olmoqda.

ADABIYOTLAR
1. Кувшинников И.М. Минералные удобрения и соли. Свойства и способы их улучшения. М.: Химия, 1987, 256 с
2. Горловский Д.М., Альтшуллер Л.Н., Кучерявый В.И. Технология карбамида. Л.: Химия, 1981, 320 с.
3. Патент РФ №2233819, МПК С 05 В 11/06. Способ получения сложного удобрения. Кузнесов А.Г., Полякова О.А., Соловев Б.А., Козырев А.Б., Лебедева Н.Н., 10.08.2004.

www.wikipediya.ruwww.ximik.ruwww.chemsnab.ruwww.wikimapia.uk


Download 102.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling