Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari. Reja: Smentli klinkerning modduli harakteristkalari


Download 102.56 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi102.56 Kb.
#1328588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari

Silikat modul. Silikat modul (n) qumtuproq modul deb ham ataladi. Bu modul reaksiyaga kirishgan kremniy ikki oksid miqdori-ning alyuminiy va temir oksidlari miqdoriga foiz hisobidagi nisbatini ko’rsatadi:


Awallari klinker tarkibini ifodalash uchun faqat gidravlik (boshqacha asosli) moduldan foydalanilgan. Bu modul birikkan kalg’tsiy oksid miqdorini kislota oksidlar miqdoriga nisbatini ifodalaydi.



Zamonaviy tsement kiinkerlarining bosh moduli BM-1,7— 2,4. Biroq gidravlik modul klinker sifatini xarakterlash uchun yetarli yemas edi. Shuning uchun yana ikkita modul: silikat (qumtuproq) va giltuproq (alyuminat)lar kiritildi.
Silikat modul (n) boshqa oksidlar bilan reaksiyaga kirishgan kremniy oksid miqdorini va klinker tarkibidagi alyuminiy hamda temir oksidlar yig’indilarga nisbatini ko’rsatadi.
Xomashyo aralashmasi tarkibidagi kremniy ikki oksid ohak bilan hamma vaqt C3S va C2S holida birikavermaydi, shu tufayli birikkan qumtuproq miqdori kremniy ikki oksidining umumiy miqdori SiО2 umumiy va yerkin holda qolgan SiО2 yerkin miqdori ayirmasi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun silikat modul quyidagicha yoziladi:



n tsementdagi silikat minerallari yeruvchan minerallar (klinkeming alyumoferrit, alyuminat qismlari) o’rtasidagi nisbatni aniqlaydi.
Oddiy portlandtsementlar uchun silikat modul qiymati 1,7—3,5; sulg’fatga chidamli portlandtsement uchun esa 1,7—4.
Giltuproq (alyuminat) modul p alyuminiy oksid miqdorining temir oksid miqdoriga nisbatini ifodalaydi: p klinkerdagi uch kalg’tsiy alyuminatning temir oksid bor birikmalarga nisbatini ifodalaydi.
Giltuproq modul qiymati oddiy portlandtsementlar uchun 1—3. Silikat modul katta qiymatga ega bo’lganda ham xomashyo aralashmasini qovushtirib pishirish qiyinlashadi. Hosil bo’lgan tsement sekin tishlashadi va sekin qotadi, biroq keyinchalik uning mustahkamligi yuqori boiadi. Alyuminat moduli kichik qiymatga ega bo’lganda portlandtsementlar minerallashgan tuzlar tahsiriga chidamli bo’ladi.
p katta qiymatga ega bo’lganda esa tsementlar tez tishlashadi va qotadi, ammo oxirgi mustahkamlik ko’rsatkichi past boiadi.
Silikat modul katta boisa, klinkerda C3A va C4AF kam, ammo C3S va C2S ko’p, giltuproq modul katta boisa, klinkerda C3A juda ko’p, biroq C4AF kam boiadi.


Download 102.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling