Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari. Reja: Smentli klinkerning modduli harakteristkalari
Portlandtsement klinkerining mineralogik tarkibini aniqlash
Download 102.56 Kb.
|
Bogʻlovchi moddalar olishning fizik kimyoviy asoslari
Portlandtsement klinkerining mineralogik tarkibini aniqlash. Klinkerning mineralogik tarkibi kimyoviy tahlil mahlumotlari va to’yinish koeffitsiyenti qiymati bo’yicha hisoblab aniqlanadi.
Kalg’tsiy silikatlar C3S va C2S miqdorini hisoblashda silikatlarning asoslilik darajasi (AD) degan tushunchadan foydalaniladi. AD deganda, bir molekula Si02 ga to’g’ri keladigan CaO molekulalar soni tushuniladi. Masalan, C2S ning asoslilik darajasi 2 ga, C3S ning asoslilik darajasi esa 3 ga teng. Klinkerdagi silikatlarning asoslilik darajasi 3 ga teng bo’lsa, u holda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan uch kalg’tsiy silikat holida, AD 2 ga teng boisa, ikki kalg’tsiy silikat holida bog’langan bo’ladi. AD ning oraliq qiymatlari klinkerda C,S dan tashqari C2S ham borligini ko’rsatadi. Modomiki, to’yinish koeffitsiyenti 1 ga teng bo’lganda hamma kremniy ikki oksid ohak bilan C3S holida bog’langan. TK 1 dan kichik bo’lsa, klinkerda C2S bor bo’ladi, har qaysi portlandtsement klinkeri uchun silikatlar asoslilik darajasini quyidagicha belgilash mumkin: AD = 3TK. Klinkerdagi uch kalg’tsiy silikatning foiz miqdori qum-tuproq foiz miqdoriga qarab aniqlanadi. Сhunki yuqorida aytilganidek, uch kalg’tsiy silikatda har 1% Si02 ga 2,8% CaO to’g’ri keladi. Ular o’zaro tahsirlashib, 3,8% C3S ni hosil qiladi. U vaqtda klinkerdagi C3S ning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin: %C3S=3,8-Si02(AD-2) yoki % C3S=3,8Si02(3TK-2). Formuladan ko’rinib turibdiki, ayinna (3TK-2) 1 ga teng bo’lsa (AD=3), klinkerning hamma qumtuprog’i C3S holida birikkan bo’ladi. C2S ning miqdorini aniqlash uchun formula quyidagi ko’rinishga keltiriladi: Yoki Сhunki ikki kalg’tsiy silikatda har 1 % Si02 ga 1,87 % CaO to’g’ri keladi. Ular o’zaro tahsirlashib, 2,87 %C2S hosil qiladi. ikkinchi formula AD-3 (TK-1) bo’lganda klinkerdagi C2S miqdori nolga tengligini ko’rsatadi. Klinkerdagi giltuproq (A1203) C3A va C4AF holida bog’langan bo’ladi. C4AF holda birikkan giltuproqning foiz miqdori har 1% Fe203 ning 0,64% A1203 ni biriktirishiga qarab aniqlanishi mumkin: Klinkerdagi qolgan giltuproq C3A ni hosil qiladi. 1% ortib qolgan A1203 esa 1,65% CaO bilan o’zaro tahsir yetishib, 2,65% C3A ni beradi. Bu sharoitda uch kalg’tsiy alyuminat miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi: Qavs ichidagi ayirma C4AF hosil bo’layotganda Fe203 yutgan giltuproq miqdorini ifodalaydi. To’rt kalg’tsiy alyumoferrit ilgari qabul qilingan shartga ko’ra ikki modda, yahni C3A va CF dan iborat deb qaraladi. Har 1 % CaO 0,35% Fe203 bilan o’zaro tahsir yetishib, 1,35% CF hosil qilishi hisobga olinsa, C4AF ning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi: 2,65 • 0,64-Fe2O3 ko’paytma C4AF ning tarkibida C3A holida birikkan giltuproq miqdorini ko’rsatadi. 1% Fe203 ning 3,04% C4AF hosil qilishi ham aniqlangan. U vaqtda C4AF foiz miqdori oddiyroq formula bo’yicha hisoblanishi mumkin: Keltirilgan formulalardan foydalanib, klinkerning mineralogik tarkibini kimyoviy tahlil mahlumotlari bo’yicha aniqlash mumkin. Formuladagi SiO, va CaO ning foiz miqdori ularning birikkan holdagi miqdoriga teng. Bu miqdor shu oksidlarning klinkerdagi umumiy miqdori bilan yerkin holdagi miqdori ayirmasi tariqasida aniqlanadi. Download 102.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling