O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti mavzu. O’zbekistonda aholi mulkini sug’urtalash holati muammolar va rivojlantirish istiqbollari Bajardi


Download 114.13 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi114.13 Kb.
#1089968
1   2   3
Bog'liq
REFERAT Oybek

Sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug'urta bozori ishtirokchilari sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi agent va broker vositachilari orqali ham faoliyat yuritishlari mumkin. Ular sug‘urta mukofotining muayyan ulushini komissiya (xizmat haqqi) sifatida oladilar (sug‘urta qildiruvchi shartnoma bo‘yicha beradigan badal).
Agentlar litsenziyaga muhtoj emas, ular sug‘urta kompaniyasi nomidan ish yuritadi, va albatta uning manfaatlarini himoya qiladilar.
Brokerlar litsenziyaga ega bo‘lishlari va mustaqil ishlashlari kerak, ya'ni turli xil sug‘urta kompaniyalarni taklif qilish orqali mijozning ehtiyojlarini optimal darajada qondiradilar.
Sug‘urta zaxirasini ko‘paytirish uchun sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qildiruvchilarning mablag‘larini taqsimlash bilan shug‘ullanadilar. Sug‘urta kompaniyasining daromad manbai uning investision faoliyati hisoblanadi. U yig‘gan pul mablag‘lari, kelgusi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan sug‘urta zaxiralarining miqdori hisoblanadi. Bu pul mablag‘larini sarflash mumkin emas, lekin ularni daromad olish maqsadida omonatlar sifatida banklarda joylashtirish orqali ishlatish mumkin.
Sug'urta ob'ekti bo'lib, Sug'urta qildiruvchining mulkka egalik qilishi, uni o'z ixtiyorida saqlashi, undan foydalanishi, sug'urta hodisasi yuz berishi natijasida unga zarar yetishi bilan bog'liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi. Sug'urtaga Sug'urta qildiruvchiga qonuniy asoslarda tegishli bo'lgan mol-mulk qabul qilinadi. Quyidagilar sug'urta himoyasi bilan ta'minlanishi mumkin:
- bino, inshoat va imoratlar;
- omborlar, saqlash joylari, usti yopiq maydonchalar;
- texnik uskunalar, mashina va mexanizmlar, asboblar;
- transport vositalari;
- tovar zaxiralari va boshqa harakatdagi mol-mulklar.
Sug'urta hodisasi deganda, quyidagi xavf guruhlari (turlari) bo'yicha yuz bergan hodisalar tushuniladi:

  • yong'in;

  • suv toshishi;

  • mexanik shikastlanish;

  • uchinchi shaxslarning g'ayriqonuniy harakatlari;

  • tabiiy ofatlar.

Sug'urta mukofoti (Sug'urta qildiruvchi tomonidan Sug'urtalovchiga sug'urta uchun to'lanadigan haq (badal)) sug'urta xavflarning turi, soni va darajasidan (sug'urta summasidan 0,15% dan 4,0% gacha bo'lgan miqdorda) kelib chiqib belgilanadi. Sug'urta tovoni sug'urta hodisasi yuz berganligi fakti belgilangach, sug'urta dalolatnomasi tuzilgach, bu fakt taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangach, hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlangach 15 (o'n besh) bank kuni davomida to'lanadi.
Mulk sug’urtasi sug’urta tashkiloti va yuridik yoki jismoniy shaxs bilan tuzilgan sug’urta shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida sug’urta shartnomasining muhim shartlari ko’rsatilgan bo’lib, sug’urta tashkilotlari sug’urta shartnomalarini tuzishda mazkur shartlarni e’tiborga olishlari lozim. Bu shartlar quyidagilardan iborat:
Mulkiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan sug’urtalovchi o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi lozim:
- sug’urta ob’yekti bo’lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to’g’risida;
- yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta amalga oshirilayotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning xususiyati to’g’risida;
- sug’urta puli miqdori to’g’risida;
- sug’urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to’g’risida, agar shartnomada uni sug’urta pulidan oz miqdorda to’lash mumkinligi nazarda tutilgan bo’lsa;
- sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati (muddatlari) to’g’risida;
- shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida.
Shu sababli, O’zbekiston sug’urta bozorini shakllantirish va uni rivojlantirishga hukumatimizning tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Xususan, sug’urta tashkilotlariga soliq imtiyozlari berilmoqda. Natijada sug’urta bozorida faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlarining soni ortib bormoqda. Hozirgi kunda 41 dan ortiq sug’urta tashkilotlari davlat ro’yxatidan o’tgan.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir sug’urta xizmatini qo’llash zarurdir chunki xo’jalik faoliyatini hamda ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligi ta’minlashda sug’urta juda kata ahamiyatga egadir. Shuningdek, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda sug’urtaviy xizmatlarga bo’lgan talab juda kata bo’lib ularni har bir faoliyat yuritish darajasini ajralmas qismi hisoblanadi. Bizga ayonki bizning yurtimizda sug’urta bozori rivojlanib kelayotgan bozor turlariga kiradi. Bunda bizga asosan tayanch bo’ladigan yuridik va jismoniyn shaxslardir. Statistik ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, jismoniy shaxslarning sug’urtaga bo’lgan ishonchsiz harakatini ko’rishimiz mumkin.
Bunga asosiy sabab O’zbekiston Respublikasida 1917-yildan 1990-yilgacha ‘’Gosstrax’’ sug’urta kompaniyasi o’z faoliyatini olib brogan ya’ni bu kompaniya markazi Moskvada joylashgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasida to’la qonli o’z faoliyatini olib borolmagan. Shuning uchun bizning xalqimizda sug’urta tushunchasi biroz oqsoqlanib qolmoqda va barchamizga ma’lumki mustaqillikga erishganimzdan so’ng 1991-1993 yillar oralig’ida rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda ‘’Astravaz’’ sug’urta kompaniyasi o’z faoliyatini amalga oshirgan. 1994-yil O’zbekinvest sug’urta kompaniyasi O’zbekiston sug’urta bozorida tashkil etildi. Yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchiga sug’urta kompaniyalari kirib bormoqda. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida 100 dan ortiq sug’urta xizmatlari ko’rsatilmoqda. Hozirgi kunda 33 ta umumiy sug’urta 6 tasi hayot sug’urtasiga ixtisoslashgan. O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini rivojlantirishda turli xil qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Bunga misol qilib
-1993-yil 6-may ‘’Sug’urta to’g’risida’’ gi qonun
-2002-yil 31-yanvar ‘’Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlar to’g’risida’’ Qaror
-2002-yil 5-aprel ‘’Sug’urta faoliyati to’g’risida’’ Qonun
-2019-yil 2-avgust ‘’O’zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida’’ PQ
Mamlakatimizda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan sug`urta mukofotlari o`rtacha 48.8 ming so`mni (6.0 AQSH dol) yoki uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 0.4 foizini tashkil etmoqda. Tahlillarga qaraganda, sug`urta mukofotlarining YAIM ulushi G`arbiy Yevropada 8.4 Osiyoda 6.1 Rossiyada 1.3 Qozog`istonda 0.85 foizdir
Bu raqamlardan shuni ko`rishimiz mumkunki O`zbekiston respublikasida Sug`urtaga bo`lgan talab juda kamligini ko`rishikiz mumkin.Bunga asosiy sabab aholini sug`urtaga bo`lgan ishonch yoqligidandir.Nafaqat ishonch balki xuquqiy savodhonligi yoqligini pastligini ham korishimiz mumkin.Biz mijoz bilan sug`urta shartnomasini tuzar ekanmiz unga 10 kun mobaynida vaqt berilishini bilamiz ammo mijozlarning sabirsizligi tufayli ularning shartnomani o`qimasdan turib imzo qoyish xollari juda ko`pdir.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash sug’urta tashkilotlari tomonidan ‘’Sugu’rta faoliyati klassifikatori’’ ga muvofiq, umumiy sug’urta tarmog’ining 8-klassi ‘’Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish’’da qayd etilgan shartlarda, ya’ni yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki, tuprog’ning cho’kishi, yemirilishi, yerosti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo`qotilganda shikastlanganda sug`urta qoplamasi to`lanishini ta`minlovchi sug`urtaning turlari asosida amalga oshiriladi shuningdek maskur klasisifikatorning 9-klassi ham mol mulklarni sug`urta qilishga oid bo`lib,u “Mol-mulkni zarardan sug`urta qilish” deb ataladi. 9-klassni ma`zmuni 8-klassda ko`rsatilmagan do`l, qalin qor yog`ishi yoki qattiq sovuq tushushi, buzib kirib o`g`rilik qilish va boshqa natijasida mol-mulk yo` qatilgan yoki shikastlanganda sug`urta qoplamasi to`lanishini ta`minlovchi sug`urtaning turlari jamidan iborat.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, yuridik shaxslarning mol-mulkini sug`urta qilish huquqiga O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 8-9-klasslar bo`yicha olgan litsenziya olgan barcha sug`urta tashkilotlari haqlidir.
Yuridik shaxslarning mol-mulkini sug`urta qilish sug`urtalovchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining umumiy sug’urta fondini asosini tashkil qiluvchi mulkiy sug’urta hisoblanadi. Hozirgi kunda taxminiy statistik ko’rsatkichga ko’ra sug’urta fondini 50-60 qismini mulkiy sug’urtadan to’ldirilgan. Bu tashqi ko’rinishdan juda ham ijobiy va sug’urtaga bo’lgan talabning ko’pligidan dalolat beradi. Ammo buning asosiy sababi hozirgi kunda kreditga qaratilayotgan kata ijobiy fikrlardir. Misol uchun avto kredit, ipoteka kreditlari misol bo’la oladi. Bular orqali sug’urta fondini asosiy qismini tashkil qilmoqda. Yuridik va jismoniy shaxslar bilib va bilmagan holda sug’urtaning qanchalik kerakligini anglashmoqda. Ya’ni kredit oluvchi shaxslari olgan molk-mulklarining sug’urta qilishlari ixtiyoriy (majburiy) ravishda to’g’ri kelmoqda. Shu sababli sug’urta fondining asosiy qismini mol-mulk sug’urtasi tashkil qilgan holda insonlarning ixtiyoriy mol-mulk sug’urtasi xalq uchun tushunarsiz murakkab holga kelib qolmoqda. Bularga bo’lgan asosiy sabab sug’urta bo’lgan ishonchsizlik va huquqiy axborotning yetishmovchiligini ko’rishimiz mumkin. Agarda biz xalq o’rtasida ishonchni va huquqiy axborotning yuqori darajaga chiqargan xolda sug’urta xizmatlarini taklif qilsak har ikki tomon uchun manfaatli bo’lar edi. Ishonchsizlikning asosiy sabablaridan biri sug’urtaning shartlarini to’liq va tushunib o’qimaganligidan deb o’ylayman. Sug’urta summasini berish vaqtida 3 kun oralig’ida ko’rilib chiqilishi kerak bo’lgan insonlarda shubxa uyg’otadi va bu oraliqni unutgan shaxslar ham ko’pdir. Chunki sug’urta summasini olish uchun sug’urta hodisasi ro’y bergandan so’ng 3 kun oralig’ida sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishi lozim. Bu shartnomaga kiritilgan bo’lib shartnomani to’liq bilmagan holda kompaniya bilan ikki tomonlama shartnoma tuzish noto’gridir. Har bir sug’urtada bo’lgani kabi sun’iy sug’urta hodisasi vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda sug’urta summasi to’lanib berilmaydi. Ya’ni sug’urta hodisasini qasddan vujudga keltirish. Misol uchun, o’g’rilikni, yong’inni yoki turli xil hodisalarni vujudga keltirish yoki bo’lmasam unga imkon yaratishlar misol bo’lishi mumkin. Bunday hollarda sug’urta summasi sug’urtalanuvchiga berilmasligi ma’lumdir.



Download 114.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling