6. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash usullari hamda vositalarini belgilash uchun, avvalambor, uning ko‘lami va dinamikasini aniqlash lozim bo‘ladi.
Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
radikal-liberal, ya‘ni dastlabki jamg‘arilgan kapitalning eng yuqori sur’atlariga maqsadli cheklovlar belgilash yo‘li;
repressiv usullar xufyona iqtisodiy faoliyatga qarshi huquq-tartibot, xavfsizlik organlari faoliyatini kengaytirish va kuchaytirshini taqozo etadi;
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid hukuqiy chora-tadbirlar majmuini yaratish.
Xufyona iqtisodiyotga nisbatan huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish quyidagilarga yo‘naltiriladi:
jinoiy xufyona iqtisodiyot va kuzatilmagan, norasmiy xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar kapitalini aniq farq qilish, bir-biridan ajratish hamda bu farqni qonunchilikda aniq belgilab ko‘yish;
biznes va tadbirkorlik uchun kulay hukuqiy va xo‘jalik muhitini yaratish hamda bu muhitni barqarorlashtirish;
aholi jamg‘armalari, kapitalini, xususiy mulkni davlat tomonidan himoya qilishni kafolatlash, aholini turli xil tovlamachiliklardan davlat tomonidan himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
rasmiy iqtisodiyot sohalariga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari legalligi, halolligini tekshiruvchi, tasdiqlovchi huquq-tartibot va huquqni himoya qiluvchi muassasalar faoliyati mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tizimi rahbar va mas’ul xodimlarining daromadlari manbalari, ular xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi, mulkiy ahvolini tekshirish mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy nazorat qilishning ta‘sirchan mexanizmini yaratish, xufyona iqtisodiyot sub‘ektlari faoliyatiga ma‘muriy, jamoat va jinoiy-huquqiy ta‘sir choralarini takomillashtirish.
Jinoiy xufyona iqtisodiyot, korrupsiya hamda uyushgan iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida milliy, mintaqaviy, tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish biznes va tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini yaratish, ular uchun qulay muhitni vujudga keltirish, shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik nazorat tizimlarini muttasil takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |