4. Moliyaviy piramidalarning turlari
Hozirgi zamonda, moliyaviy piramida turli koʻrinishlarda uchrashi mumkin.
Oʻta daromadli sarmoya. Sarmoyadorlarga juda foydali biznesga yoki yangi texnologiyalarga pul tikish evaziga katta daromad olish vaʼda beriladi.
Tarmoq marketingi. Qandaydir bir mahsulotning yoki dorining mavjud boʻlmagan xususiyatlarini maqtab qimmatga sotish. Bunday tizimda piramida yaratuvchilar yangi jalb qilingan “xodimdan” katta kirish toʻlovi evaziyaga yashaydi. 90 yillarda MDH hududida keng tarqalgan Gerbalayf va Kirbilar bunga misol boʻlishi mumkin.
Qimor oʻyini. Kazino, Bingo, Loto va boshqa qimor oʻyinlari ham moliyaviy piramidaning bir koʻrinishi. Bunday tizimda har bir qatnashchi sarmoya kiritadi va foyda ketma-ket uslubda emas tasodifiy ravishda boʻlinadi. Tizimning ustida esa kazino egasi turib har bir oʻyindan oʻz yutugʻini oladi. Shuningdek u oʻyinlarga oʻz pulini tikmaydi va hech qanday tavakkal qilmaydi.
Uy mehnati koʻrinishidagi piramidalar. Bunday piramidada xoxlovchilarga koʻp qiyin boʻlmagan uy mehnati evaziga yaxshigina daromad vaʼda beriladi. Lekin buning uchun ular narxga nimanidir qimmatga sotib olishi kerak boʻladi.
Niqoblangan moliyaviy piramida nima?
Ko‘p hollarda moliyaviy piramidalar sodda insonlarni tezroq va ishonarliroq o‘ziga jalb etish maqsadida o‘zlarini xuddi rasmiy faoliyat yurituvchi tarmoq marketingiga o‘xshash bo‘lgan niqoblangan holda faoliyat tashkil qilishadi. Bunda ular o‘zlarining faoliyatida biror bir turdagi tovar yoki xizmatni sotishni ham taklif qilishadi. Ammo bunday mahsulotlar turi va iste‘moliga e‘tibor bersangiz ular ko‘pincha bir martalik, tezda yo‘q bo‘ladigan yoki boshqalarga yetkazib bo‘lmaydigan shakllarda bo‘ladi. Bunday turdagi piramidalar XAYPlar va boshqa turli ko‘rinishdagi bir martalik mahsulot va xizmatlarni nomiga sotgan holda odamlarni ishonchiga kirmoqchi bo‘lishadi. O‘zbekistonda bunday firmalar sifatida OOO «Yang Chans Asian» («Chens» tashkiloti vakili), «Quest.net» singari tashkilotlar faoliyat yuritgan va yakunda firibgarlik tashkilotlari ekanligi isbotlangach yopilgan.
Boston piramidasi.
Unga italiyalik muhojir Charlz Ponzi asos solgan. "Amerika orzusi" uchun AQShga ketganidan so‘ng, Ponzi tez boyib ketishni xohladi. Ammo barcha takroriy biznes tashabbuslari to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bir necha yil boylik orttirganidan so‘ng, Charlz bir nechta tanishlari bilan birgalikda kompaniya tuzdi va unga oyiga 20% daromad olish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni chiqardi. Bunday yuqori daromad dunyo bo‘ylab tovarlar savdosidan katta foyda keltirgan. Aslida, bu oddiy moliyaviy piramida edi va mablag 'olishdan boshqa hech qanday faoliyat bilan shug‘ullanmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |