O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Talabaning elektron portfoliosi e-Portfolio


Download 1.44 Mb.
bet155/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

6. Talabaning elektron portfoliosi e-Portfolio
Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi «talabaning elektron portfoliosi» keng kullanilmokda. Bu oddiy Word formatidagi papka bulmasdan, maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. talaba uni osonlik bilan tuldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolio ning uch hil varianti tavsiya etiladi:

  1. Rivojlantirish portfoliosi - developmental (rivojlanishning xususiy kompetensiyasi).

  2. Erishgan yutuqlar portfolisi - assessment.

  3. Namoyish portfolisi – showcase.

Rivojlantirish portfolisi (developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo‘llaniladi. Bu bosqichda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o‘ynaydi.
Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) -talabaning fan bo‘yicha erishgan yutuqlari va bilimini aniq va tug‘ri baholash uchun xizmat qiladi.
Namoyish portfolisi (showcase) - o‘quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potensial ish beruvchiga takdim qilish yoki o‘qishni davom ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli kurinishdagi Curriculum Vitae hisoblanadi.
e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi ko‘rinishida xam bulishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan xam foydalaniladi.
e-Portfolio talabaning o‘zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari monitoringini yuritishning prinsipial yangi, refleksiyaga asoslangan vositasi bo‘lim, talaba bilimi natijalarini ball tizimida emas, balki sifat jixatdan baholash imkonini beradi. e-Portfolio yaratish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig‘i.
«On-lain- portfolio» turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Masalan:

  • kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir qancha hujjatlar va materiallarni yuklash orqali talaba tomonidan tuzilishi mumkin;

  • talabaning shaxsiy veb-varag‘ini yaratish orqali tuzilishi va unga o‘quv kursi bo‘yicha o‘z tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi mumkin.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling