25. Barqarorlik – bu_______________dir.
A)jamiyatning favqulodda xolatlarda o’z manfaatlarini qoniqtirish qobiliyati;
B)jamiyatning favqulodda xolatlarda xam o’z manfaatlarini qoniqtirish qobiliyati, xolatni tiklash imkoniyati;
C)jamiyatning iqtisodiy beqaror xolatlarida o’z manfaatlarini qoniqtirish
qobiliyati, xolatni tiklash imkoniyati;
D)jamiyatning ijtimoiy beqaror xolatlarida o’z manfaatlarini qoniqtirish
qobiliyati, xolatni tiklash imkoniyati.
26. Quyidagi omillardan qaysi biri ichki xavf tarkibiga kiradi?
A)tashqi transport, axborot va ilmiy-texnika kommunikatsiyalar tizimining
rivojlanmaganligi;
B)O’zbekiston Respublikasini xom ashyo bazasi va past sifatli, raqobatbardosh bo’lmagan mahsulot o’tkazish bozori sifatida saqlab qolish
C)O’zbekistonning Jahon iqtisodiy tizimiga va Markaziy Osiyo regionida iqtisodiy integratsiyasiga to’sqinlik qilish
D)iqtisodiy sohada jinoyatning tarqalishi, xo’jalik sub’ektlarini huquqiy ximoya
qilish mexanizmining mukammal emasligi
27. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar bu?
A) huquqqa xilof ravishda o‘rnini qoplamasdan, g‘arazgo‘ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o‘zganing mulkini aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o‘tkazish tushuniladi;
B) bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan pul-kredit va moliya tizimini hamda sanoat va xalqaro savdoning normal faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir;
C) bu O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, talon-toroj belgilarining yo‘qligi holatida mulkka tajovuz qiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir;
D) deganda jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |