O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
Topshiriqlar
1. Soxta tadbirkorlik Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida davlat tomonidan qulay sharoit yaratilmoqda. Imtiyozli kreditlar va ssudalar taqdim etilmoqda. Lekin ba‘zan shaxslar tomonidan moddiy foyda olish maqsadlarida, tamagirlik niyatlarida soxta korxonalar tashkil qilinib, davlatning iqtisodiy manfaatlariga va bozor iqtisodiyoti manfaatlariga zarar yetkazish kabi achinarli holatlar ham sodir etilmoqda. Shu sababdan jinoyat qonunining 179-moddasida soxta tadbirkorlik uchun javobgarlik belgilangan. Soxta tadbirkorlik deganda ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish tushuniladi. Soxta tadbirkorlikning ijtimoiy xavfliligi shundaki, u respublikaning iqtisodiy manfaatlariga ziyon yetkazadi. Mazkur jinoyat davlat tomonidan beriladigan imkoniyatlardan foydalanib, shaxsiy g‘arazli maqsadlarda korxonalar ko‘radigan daromadlardan turli shaxslarning shaxsiy boyib ketishiga olib keladi va davlat tomonidan iqtisodiyotimizni rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘larning behuda sarflanishiga olib keladi. Buning oqibatida kutilayotgan natijalarga erishilmaydi. Shu bois, ushbu jinoyatning bevosita o‘bekti qonunda belgilangan tartibda korxonalar va tadbirkorlik tashkilotlarini tuzishning o‘rnatilgan tartibi, shuningdek, davlat tomonidan shu sohalarni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozlarning o‘z maqsadlari yo‘lida sarflanishini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar manfaatlari hisoblanadi. Jinoyatning o‘bektiv tomoni ustavda ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni tuzishda ifodalanadi. Korxona yoki boshqa tadbirkorlik tashkilotini tuzish (vujudga keltirish) faktining o‘zi qonunga to‘la asoslangan bo‘lmaydi, uning nizomi, zaruriy ta‘sis hujjatlari qabul qilinadi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi, biroq ishni boshlash vaqti kelganda bunday korxona o‘z nizomida ko‘rsatilgan faoliyat bilan umuman shug‘ullanmaydi yoki nizomida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanadi. Nizomda belgilangan faoliyatni amalga oshirish maqsadining yo‘qligi ta‘sis hujjatlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslikda namoyon bo‘ladi. Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda shaxsning ta‘sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod bo‘lish, egallashga huquqi bo‘lmagan boshqa mulkiy foyda ko‘rish maqsadini ko‘zlaganligi hisobga olinishi lozim38. Soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab oqibat kelib chiqqan-chiqmaganligidan qat‘iyy nazar, jinoyat tugallangan hisoblanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling