O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Xufyona iqtisodiyot tushunchasi va tarixi


Download 1.44 Mb.
bet115/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

1. Xufyona iqtisodiyot tushunchasi va tarixi
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Kriminal elementlarning ishlab chiqarish va moliyaviy muassasalarga, turli soha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib borishi oqibatida milliy boylik, davlat budjeti daromadlarini taqsimlash na qayta taqsimlash jarayonida ular ishtirokining kengayib borishi milliy va shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy xavf soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5614 son Farmonining 1-ilovasi bilan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash chora-tadbirlari sifatida “Xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqish deb belgilangan.
Xufyona iqtisodiyoti (shuningdek, yashirin iqtisodiyot, norasmiy iqtisodiyot) - bu davlat nazorati va hisobidan tashqarida bo‘lgan jamiyat va davlatdan yashirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyotning kuzatib bo‘lmaydigan, norasmiy qismidir, lekin uning barchasini qamrab olmaydi, chunki u jamiyat va davlatdan yashirin bo‘lmagan faoliyatni, masalan, uy-joy yoki jamoaviy iqtisodiyotni qamrab olmaydi. Bunga iqtisodiyotning noqonuniy jinoiy shakllari ham kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi.
Xufyona iqtisodiyoti - bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini chetlab o‘tib, o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin.
“Tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra, bugungi kunda43 O‘zbekistonning xufyona iqtisodiyot darajasi taxminan 45-46 foizni tashkil etmoqda. Xufyona iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda ham bor. Lekin uning iqtisodiyotdagi ulushi qanchaligiga qarab baholanadi. Bizning iqtisodiyotimizda bu daraja bir muncha baland”, — dedi vazir Botir Xo‘jayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xufyona iqtisodiyotdan chiqishda valyuta siyosatini liberallashtirish va daromad solig‘idagi o‘zgarishlar sezilarli harakat bo‘lgan.
“2017 yilning 5 sentyabridan boshlab valyuta ayriboshlashda bitta kursga o‘tish qabul qilingandi. Bu xufyona iqtisodiyotdan chiqishdagi eng asosiy qadam bo‘lgan. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 12 foizga pasaytirish ham xufyona iqtisodiyotdan chiqishning bir yo‘liki, bu aholi o‘zining daromadini ochiq ko‘rsatishiga olib keladi”, — deya ta‘kidladi vazir.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling