O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlarni baholash tartibi
- Мustaqil ta’limni baholash mezonlari
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo‘yicha Loyiha ishi, taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil ishlarni baholash tartibi Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo‘yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi. Mustaqil ishning bajarilishini nazorat qilish oraliq nazoratlarda olib boriladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ishlarni baholashda: talabalarning shaxsiy individual xususiyatlari, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishi, auditoriya va auditoriyadan tashqarida olingan bilimlari, shuningdek ijodiy qobilyatlarini hisobga olgan holda yondashish maqsadga muvofiq. Mustaqil ta’limda 5 ballik baholash mezoni amal qiladi.
Barcha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun - oraliq nazoratga ishchi dastur bo‘yicha maksimal 24(12/12) ball belgilangan bo‘lib, shundan mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha berilgan mustaqil ta’limni bajarishi uchun maksimal 10(5/5) ball hamda mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, Oraliq nazorat uchun maksimal 34 ball belgilangan. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta‘minlangan. Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida pedagog-xodimlarning ma‘ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha professor o‘qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta‘lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta‘limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling