3. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilishi
Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bilan kurashish to‘g‘risida xalqaro Konvensiya normalari yoxud huquqiy hamkorlik to‘g‘risidagi maxsus shartnomalar orqali boshqariladi. Rivojlangan mamlakatlar va ayrim boshqa davlatlar o‘rtasidagi jinoyat ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar tuzilganligi alohida ahamiyatga kasb etadi.
Hozirgi davrda jinoyatchilikka qarshi kurashda ikki tomonlama shartnomalar borgan sari keng tus olmoqda. Ikki tomonlama shartnomalar davlatlar manfaatini va ular o‘rtasidagi aniq muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida huquqiy yordam ko‘rsa tishni o‘zining mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a) huquqbuzarlarni qaytarib berish bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
b) sud topshirig‘i asosida guvohlarning ko‘rsatmalarini yig‘ish, ashyoviy dalillarni ko‘rib chiqish uchun taqdim etish va boshqa zarur bo‘lgan hujjatlarni ko‘rsatish borasida yordam berish.
Huquqiy yordam ko‘rsatishning birinchi turi asosiy hisoblanadi. U yetarli o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, turli bosqichlarda huquq- buzarlarni qaytarib berish to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlar bilan batafsil reglamentatsiya qilingan. Davlatlar ushbu harakatlarni o‘zaro kelishilgan holda hal qilish uchun bir-birlari bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida maxsus konvensiyalar qabul qiladilar va konvensiyalarning ko‘p qismi jinoyatchilarni qaytarib berish shartlariga tegishli bo‘ladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida huquqiy yordam ko‘rsatishning ikkinchi turi ham xalqaro shartnomalar bilan reglamentatsiya qilingan va o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:
bunday yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar;
alohida turdagi jinoyatlarga qarshi kurash olib borish maqsadida davlatlar o‘rtasida qabul qilinayotgan ko‘p tomonlama konventsiyalar;
tegishli yordam olish to‘g‘risida hukumatlararo va tashkilotlararo qabul qilinayotgan shartnomalar.
Qaydlar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |