O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.44 Mb.
bet152/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

3. Talaba portfolisining tarkibi
Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o‘quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo‘lmog‘i lozim. talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o‘zining mustaqil fikrlashga, fan bo‘yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan xolda, o‘z-o‘ziga ushbu bilim doirasi bo‘yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o‘z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o‘z bahosini berish, uni o‘qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko‘rish imkonini yaratadi.
Bunday «portfolio» tarkibi quyidagicha bulishi mumkin:

  • titul;

  • mazmuni;

  • xar bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar;

  • nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi;

  • portfolio o‘qituvchi va talabaning o‘zi tomonidan qanday baholanganligi;

  • fan bo‘yicha yutuqlari tarixi;

  • «portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti.

Muallifga «portfolio»ni yaratishda to‘liq erkinlik beriladi.
talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o‘z fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim xollarda o‘qituvchi «portfolio» tarkibiga o‘z talablarini qo‘yishi xam mumkin.
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bulishi mumkin:
Titul varaqa - «portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish davri (semestr yoki o‘quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o‘qituvchi f.i.sh.
«Portfolio» tarkibi:

  • fan bo‘yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani o‘zlashtirish oson, nima qiyin kechmoqda, ushbu kiyinchiliklar mohiyati nimada va b);

  • yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo‘limlari bo‘yicha kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli hil yo‘llarini ko‘rsatishi zarur;

  • nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo‘yicha 5-6 ta mustaqil ish);

  • testlar;

  • axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnolo giyalari foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material);

  • guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan xar bir loyiha batafsil yoziladi);

  • sizning sevimli ishingiz;

  • talaba faoliyati bo‘yicha baholar (o‘qituvchi, ota-ona va ekspertlar bahosi).

Portfolio bo‘yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio» materiallari puxta uylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo‘yicha muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo‘lishi zarur. U talabaning ushbu fan bo‘yicha olgan bilimlari, bo‘sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to‘liq mazmunini ko‘rsatishi lozim.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling