1-ma’ruza kirish. Fermentlar injeneriyasi fani asoslari,uning tarixi va hozirgi kundagi yutuqlari. Re’ja


Download 13.67 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi13.67 Kb.
#1806730
  1   2   3   4
Bog'liq
Fermentlar injeneriyasi - 1- Ma\'ruza . KIRISH


1-MA’RUZA
Kirish. Fermentlar injeneriyasi fani asoslari,uning tarixi va hozirgi kundagi yutuqlari.
Re’ja:
1.1. Ferment injeneriyasi fanining maqsadi va vazifalari
1.2. Fanning tarixi va rivojlanish tendensiyalari.
1.3. Ferment injeneriyasi fanining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
1.4. Fanning erishgan yutuqlari, istiqbollari va muammolari.
Fermentlar (lotincha: fermentumachitqi ma’nosini anglatadi), enzimlar – hayvon, oʻsimlik va barcha tirik hujayralarning oqsilli biologik katalizatorlari hisoblanadi. Fermentlar maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular boshqa katalizatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi.
Dastlab 1914-yilda rus-nemis kimyogari G.S.Kirxgof undirilgan arpa donidan olingan ekstrakt taʼsirida kraxmalni qandgacha parchaladi. 1933-yilda fransuz kimyogarlari A.Payen va J.Perso birinchi marta arpa donidan Amilaza fermentini ajratib oldilar.
XIX-asr oʻrtalarida mikrobiologiyaning asoschisi L. Paster achish jarayonini tirik mikroorganizmlar (achitqilar) koʻzgʻatadi va bu jarayon ularning hayoti bilan bogʻliq deb koʻrsatdi. 1897-yilda nemis kimyogari E. Buxner achitqidan spirtli achish jarayonini chaqiruvchi fermentni ajratib oldi.
20-asr boshlariga kelib nemis kimyogari R.Vilshtetter xodimlari bilan Fermentlarni ajratish va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi. 20- 30-yillarda J. Samor, birinchi kristallik ferment (ureaza), soʻngra pepsin va boshqa bir qator proteologik Fermentlarni kristall shaklida ajratib olgan.
Ko‘p asrlar davomida olib borilgan kuzatishlar, mikroblar yordamida amalga oshiriladigan o‘zgarishlar, o‘zlarining tezligi va energiyaga bo‘lgan muhtojliklari bo‘yicha nafaqat kimyoviy reaksiyalardan, balki, boshqa biologik manbalarga nisbatan ham qator ustunliklarga ega ekanliklarini namoyish etganlar.
Avlod-ajdodlarimiz hali mikroorganizm degan tiriklik borligidan xabarsiz bo‘lgan davrlarda ham ular yordamida xilma-xil ozuqa va ichimlik mahsulotlari tayyorlab iste’mol qilishganlar. O‘sha vaqtlarda, ya’ni qadimda insonlar biologik mohiyatni tushunmasdan, uni bilmasdan turib, mikroorganizmlarni saqlash va ulardan ba’zi bir texnologik jarayonlarda foydalanish yo‘llarini bilganlar. Mikroorganizmlardan ajralgan fermentlar yordamida tayyorlangan dastlabki mahsulotlar pivo va pishloq bo‘lsa ajab emas. Hozirga kelib fermentlar yoki mikroorganizmlarning o‘zlari asosida yaratilgan biotexnologiyalar zamonaviy oziq-ovqat sanoatida etakchi o‘rinlarda turadilar.
Birgina sutda 100 dan ortiq fermentlar, shu jumladan oksireduktazalar (degidrogenaza, oksidaza, peroksidaza, peroksid-dismutaza), transferazalar, gidrolazalar (esteraza, glikozidaza, proteaza), lipazalar, izomerazalar va ligazalar aniqlangan. Ularning katta qismining kelib chiqishi tabiiy bo'lib, sutga sut bezlarining hujayralaridan o'tadi.
Bugungi kunda ozuqa mahsulotlarini ishlab-chiqarish sanoatning eng keng tarqalgan sohasi bo‘lib, haqiqatda mamlakatning byudjet aylanmasining 20-25% ini tashkil etadi.

Download 13.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling