Amaliy mashg‘ulot 3 Amilaza fermenti aktivligini aniqlash usullarini o’rganish
Download 206 Kb.
|
Biotexnologiya Amaliy mashg\'ulot 3-6-8-9
- Bu sahifa navigatsiya:
- VALGEMUT USULI BO`YICHA BIOLOGIK OBEKTLARDAGI AMILAZANING AKTIVLIGINI ANIQLASH. Maqsad
Amaliy mashg‘ulot 3 Amilaza fermenti aktivligini aniqlash usullarini o’rganish 1933 yilda fransuz kimyogarlari A. Payen va J. Perso birinchi marta arpa donidan amilaza fermentini ajratib oldilar. Amilazalar – uglerodning 1- va 4-atomlari oʻrtasidagi glyukozid bogʻlarini parchalash yoʻli bilan kraxmal, glikogen va ularga yaqin polisaharidlar gidrolizini tezlashtiruvchi fermentlar. Uchta xili bor: a-amilaza hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarda uchraydi; u ishtirok etadigan reaksiyalarda asosan dekstrinlar hosil boʻladi. (3-amilaza yuksak oʻsimliklarga xos boʻlib, maltoza va yirik molekulali dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashtiradi. Glyukoamila-za hayvonlar koni, mogʻor zamburugʻlari, bakteriyalar va boshqalarda boʻlib, glyukoza va dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashti-radi. Odatda polisaharidlar gidrolizida turli Amilazalar baravariga qatnashadi. Unib chiqqan arpa urugʻlari ekstrakti ta’sirida kraxmalning shakarlanishi (Amilazaning fermentativ ta’siri)ni rus akademigi K. S. Kirxgof birinchi marta tasvir et-gan (1814). Amilazaning fiziologik ahamiyati shuki, u hujayralardagi polisaharidlar zaxirasini safarbar qiladi (mas, urugʻ unayotganda). Ovqat hazm qilishda ham Amilazaning ahamiyati katta; hayvonlar hamda odamning soʻlagida va me’da osti bez-ining shirasida Amilazalaz bor. Mikroorganizmlar kraxmalni iste’mol qila turib, Amilaza chiqaradi. Mogʻor zamburugʻlari bilan bakteriyalardan olinadigan amilaza spirt sanoatida va non yopishda, glyuko-amilaza esa kraxmaldan glyukoza ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. VALGEMUT USULI BO`YICHA BIOLOGIK OBEKTLARDAGI AMILAZANING AKTIVLIGINI ANIQLASH. Maqsad: Valgemut usuli yordamida uglevodlarning fermentativ gidrolizi va amilazaning aktivligini aniqlash. Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, pipetkalar, shisha tayoqcha, termostat, natriy xloridning 0,85 % li eritmasi, so`lak, kraxmalning 1 % li eritmasi, sulfat kislotaning 10 % li eritmasi, yodning kaliy yodiddagi eritmasi. Amilaza α-1,4 – glyukan -4- glyuqongidrolaza – KF – 3.2.1.1 fermenti gidrolitik fermentlarni glyukozid bog`larini suv yordamida parchalovchi fermentlar gruppasiga kirib, kraxmalni maltozagacha parchalaydi. Amilaza fermenti tabiatda ancha keng tarqalgan bo`lib, so`lakda oshqozon osti bezining shirasi, qon tarkibida, mog`or zamburug`larida va boshqa joylarda ko`p uchraydi. Amilaza aktivligini aniqlash tekshiriladigan suyuqlikni suyultirish yo`li bilan ma’lum miqdordagi kraxmal eritmasini parchalay oladigan fermentning minimal miqdorini topishga asoslangan. Valgemut usuli soddaligi, ishlatiladigan reaktivlarining oddiyligi, qimmatli apparatura talaba qilmasligi sababli, turli biologik obyektlarni amilolitik aktivligini aniqlashda keng qo`llanilmoqda. Download 206 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling