1-ma’ruza kirish. Fermentlar injeneriyasi fani asoslari,uning tarixi va hozirgi kundagi yutuqlari. Re’ja


Fermentlar va ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


Download 13.67 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi13.67 Kb.
#1806730
1   2   3   4
Bog'liq
Fermentlar injeneriyasi - 1- Ma\'ruza . KIRISH

Fermentlar va ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Chorvachilikda biotexnologik sanoatning ajoyib mahsuloti – fermentli preparatlardan foydalanib qo‘shimcha go‘sht va sut etishtirish mumkin. Ratsion tarkibiga qo‘shilgan ferment preparatlari tirik organizmga, ayniqsa ular ancha yosh bo‘lganda, ozuqa moddalarining yaxshi hazm bo‘lishida yordam beradi. Shu tufayli cho‘chqa bolalari, buzoqlar va qo‘zichoqlar o‘sishi tezlashadi. Ularning o‘rta sutkali vazni 10–12% ga ortadi, ozuqa sarfi tejaladi. Biroq bu hali hammasi emas. Yaxshi ozuqa massasini sut achituvchi bakteriyalar hosil qiladigan sut kislotasi bilan qishga silos tayyorlash, konservalash mumkin. Silos tayyorlanganda ozuqa moddalari, jumladan, vitaminlar odatdagi pichan tayyorlashdagiga nisbatan ancha kam nobud bo‘ladi.
Demak, chorvachilikni rivojlantirishning eng muhim tomonlaridan biri – bu ozuqa sifatini takomillashtirishdir.
Biz shu paytgacha mikroorganizmlarni foydali tomonlari chorvachilik ozuqa ratsionini boyitish yo‘llari haqida hikoya qildik. Endi esa bakteriyalar va zamburug‘lardan foydalangan holda odamning ovqatlanish ratsionini takomillashtirishga e’tiborimizni qaratmoqchimiz.
Falla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun qanchalik kuch g‘ayrat va mehnat sarf qilinishi hech kimga sir emas. Shuningdek, chorvachilikda ham buni ko‘rish mumkin. Misol tariqasida quyidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz: Har bir tonna hayvon oqsili sintezi uchun kamida 4,8-4,9 tonna engil hazm bo‘ladigan ozuqa oqsili sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Agar biz is’temol qiladigan hayvon mahsulotlarini alohida olib ko‘radigan bo‘lsak, quyidagi manzara namoyon bo‘ladi: 1 t sut oqsilini tayyorlash uchun 3,8-4,0 t; 1 t. tuxum oqsili uchun – 3,9-4,1 t; 1 t. parranda go‘shti oqsili uchun – 4,5-4,7 t; 1 t. mol go‘shti oqsili uchun esa 9,3-9,7 t. hisobiga ozuqa oqsili sarflanishi aniqlangan.
Hayvonlarni bunday katta – sarf xarajatlar bilan uzoq vaqt parvarish qilish chorva mahsulotlaridagi oqsil tannarxining qimmatlashib ketishiga olib keladi.
“Xo‘sh, nima qilish kerak ?” - degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Biotexnologiya, mikrobiologiya va kimyo fanlari ijodiy hamkorlikda ozuqa moddalari, birinchi navbatda ularning eng muhim va qimmatli qismi – oqsil olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqdi. Ya’ni, achitqi zamburug‘lar ozuqa mahsulotlarining tarkibini boyitishning eng asosiy manbalaridan biri ekanligi isbotlandi.
Shuningdek,
Download 13.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling