8-mavzu. Soxta tadbirkorlik va soxta bankrotlik
Noqonuniy tadbirkorlik. Soxta tadbirkorlik jinoyatning tushunchasi va tarkibi. Soxta tadbirkorlikning sub‘ekti. Soxta tadbirkorlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlik. Bankrotlikni yashirish. Qasddan bankrotlikka olib kelish. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish va unga qarshi kurash.
2-modul. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning amaliy jihatlari
9-mavzu. Bank-moliya va kredit sohasidagi iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish
Moliya va kredit munosabatlarining milliy iqtisodiyot rivojiga ta‘siri. Moliya va kredit sohasidagi jinoyatlar tasnifi. Moliyaviy jinoyatchilik. Moliyaviy ta‘magirlik. Moliyaviy jinoyatchilik ob‘ektlari. Moliyaviy jinoyatchilik turlari. Davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash usullari. Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy oqimlarga tahdidlar. Moliyaviy resurslarni maqsadli yo‘naltirish. Moliyaviy muassasalar barqarorligini ta‘minlash. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash dastaklari. Pul muomalasini mustahkamlash. Banklar xavfsizligini ta‘minlashning ustuvor yo‘nalishlari. Bank-moliya tizimlarida iqtisodiy jinoyatlar. Bank-moliya tizimlarida korrupsiyani oldini olish va bank-moliya organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shakllantirish.
10-mavzu. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda budjet mablag‘larini talon-taroj qilishga qarshi kurashish
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyatining tushunchasi tarkibi va turlari. Boshqa majburiy to‘lovlar tushunchasi. Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni qasddan yashirish tushunchasi. Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni kamaytirib ko‘rsatish. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash. Davlat budjeti mablag‘lari (xarajatlar va daromadlar) tushunchasi. Budjet intizomini buzish tushunchasi. Budjet mablag‘larini talon taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish. Budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish. Budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanganlik uchun javobgarlik. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik sharti.
Do'stlaringiz bilan baham: |