18-mavzu. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tutgan o‘rni
BMT ning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda tutgan o‘rni. “FATF (FATF) – pul mablag‘larini yuvishga qarshi kurash bo‘yicha moliyalashtirish choralarini ishlab chiqish guruhi”ning xizmat va vazifalari. “Egmont” guruhi va uning asosiy vazifalari. Xalqaro valyuta fondi, Jahon Banki, Interpol va boshqa xalqaro tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashi. Milliy va xalqaro xavfsizlikni ta‘minlashning xorijiy Konsepsiyasi.
19-mavzu. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning olib borilishi
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlatlararo xalqaro hamkorlik faoliyati. Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilishi. Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalarning amaliy ahamiyati.
Fanning amaliy mashg`ulotlari mazmuni
1-modul. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning nazariy asoslari
1-mavzu. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining predmeti. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining maqsadi va vazifalari. “Iqtisodiy jinoyatchilik” tushunchalarining iqtisodiy va huquqiy talqini. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyati. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati. 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimidagi muammolarini o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |