O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
4. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari
O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga jadal sur’atlar bilan kirib borar ekan, bugungi taraqqiyot bosqichida mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli jamiyatni barpo etish — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan ham amaldagi barcha huquq sohalarida islohotlar bozor munosabatlariga moslashtirilishi, jumladan, jinoyat qonunchiligida xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni tubdan isloh etishni taqozo etmoqda. Fuqarolarimizning ana shu mulkiy munosabatlar yuzasidan vujudga kelgan huquq va erkinliklarini himoya qilish jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish (almashtirish), foydalanish va iste‘mol qilish hamda savdo va vositachilik faoliyatini yuritish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va sof raqobat sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Xojalik faoliyati - iqtisodiyotning moddiy ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan usullar, u yoki bu ijtimoiy jarayonda ishlab chiqarish munosabatlarining hamda maishiy va jamoa hayoti uchun muhim bo‘lgan xomashyolarning majmuini taqsimlash, maishiy hayotni yaratish uchun ishlab chiqarish mahsulotlarini muomalaga kiritish yoki xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid axborotlardan belgilangan tartibda foydalanish va muayyan ishlarni bajarish, sof raqobat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni o‘zida qamrab oladi. Mazkur turdagi jinoyatlarning turdosh o‘bektini xo‘jalik faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim jinoyatlarning qo‘shimcha o‘bekti shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti va ularning boshqa qonuniy huquq va manfaatlari bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi aksariyat jinoyatlarning o‘bektiv tomoni harakat orqali sodir etiladi (masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish va boshqa). Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarda qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har bir holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling