O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari
1.Mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari Mavzu rejasi: O’zbekiston tarixi, predmeti va ob’ekti. O’zbekiston tarixi fani vazifalari va uning dolzarb muammolari. O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari Adabiyotlar: Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т., 1998, 3-15 б. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1. –T.: Sharq, 2010, –512 b. Сагдуллаев А. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. -Т., 2004, 3-7 б. Tarix - inson hayoti uchun, kelajagi uchun eng zarur dasturamal. Tarix o‘tmish voqealari bayoni bilan insoniyatning buguni va ertasi uchun poydevor yaratadi. Uning ma’naviy dunyosini boyitadi va jamiyatda sog‘lom fikrli kishilarning safini ko‘paytiradi. Insoniyat nimaiki kashf qilmasin, ixtiro qilmasin uning zaminida tarixiy sharoit yotadi. Tarixiy sharoitning qanday rivojlanayotganligini tarixiy taraqqiyot tushuntiradi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotga baho berish zaminida tarixiy taxlil yotadi. Tarix- insoniyat uchun doimo yashashi uchun qurol, kelajagi uchun asosiy yo‘riqnoma bo‘lib kelgan. Tarixiy jarayonlar taxlili inson ongini charxlaydi, fikrlashga undaydi, bugungi kun voqealarini taxlil qilib, yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratadi. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson hisoblanadi. Har bir inson o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglashning eng muxim zamini sanaladi. Inson ma’naviy kamolati asosida tarix yotadi. Yangi ixtirolar-bizning dunyodagi insoniyat tarixi haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tarixning kishilik jamiyati hayotida muxim o‘rin egallashini har doim e’tirof qilib kelingan. Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, uning xar bir soniyasi odamlar bilan, ularning taqdiri bilan, ularning dunyoqarashi va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Tarix zaminida dunyoga kelgan har bir odam taqdiri mujassam. Tarixni real, ob’ektiv yoritish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Jamiyatda tarix so‘zi ikki xil ma’noda ishlatiladi: 1) Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma’noda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuvchi fan1 hisoblanadi. Insoniyat tarixini o‘rganuvchi fan –tarix deb atalib, u insoniyat tarixining barcha jabhalarini o‘zida qamraydi. Tarix so‘zi ilk marotaba mil.avv.V asrda grek mutafakkiri Geradot tomonidan “Istoriya” tariqasida, ya’ni o‘tmish voqealari bayoni ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa-da, uning ildizi odamzotning shakllanish davrlar bilan bog‘liq. “Tarix” so‘zi esa, arabchadan olingan bo‘lib “O‘tgan voqealar haqida hikoya” degan ma’noni anglatadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarix fanining tadqiqot ob’ekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hoziri haqidagi faktlarni yig‘ish, taxlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Uning predmeti esa, o‘tmish va hoziri davridagi taraqqiyot jarayonlarini nazariy jihatdan umumlashtirish, ma’lum bir tizimga solib, qonuniyatlarini tadqiq qilish, o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklikni va davomiylikni, sabab va oqibatlarini asoslab berish hisoblanadi. Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma’nosini ko‘rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o‘tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek muhim vazifani xal qiladi. 20-yillar arxeologiyasi bizning dune bilimlari xakidagi biimlarimizning chegarasini yuna bir bor ortga siljit Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling