O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
2-masala
"Avesto" kitobida Amudaryodan shimolda joylashgan qabila va elatlar turlar deb ataladi. Tur atamasining asl mazmuniga kelsak u chorvador, chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qabila va elatlarga nisbat qilib berilagn nom. O’sha afsonaviy Afrosiyob yashagan zamonlardan anchagana avval (taxminan miloddan avvalgi II ming yillikda, ya’ni bundan 3,5-4 ming yil burun) Amudaryodan shimolda yashagan aholining aksariyat ko’pchiligi chorvachilik bilan shug’ullangan. Ayniqsa markaziy va shimoliy O’rta Osiyoning barcha viloyatlarida chorvador qabila jamoalari keng tarqalgan edi. Xuddi ana shu viloyatlarda miloddan avvalgi I ming yillik davomida ona yurtimizning qadimgi dehqonchilik vohalari tarkib topdi. Bu jarayon kechagina daydi hayot kechirib, o’z chorvalari orqasidan ergashib yurgan qabilalarning bir qismini dehqonchilik qilishga o’tishi tufayli sodir bo’ldi. CHunki O’rta Osiyoda poda boqish uchun yaylovlar torlik qila boshladi. hammaning ham chorvachilik xo’jaligi bilan shug’ullanishga imkoniyati qolmadi. hayot uchun kurash aholini yashash manbaini qidirishga majbur etdi. hayotning o’zi aholini dehqonchilik uchun qulay joylarda qaror topib tirikchilik qilishga etakladi. Bu jarayon arxeologik materiallar asosida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ana shu jarayonning natijasi sifatida So’g’diyona deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi vujudga keladi. Bu ulkan tarixiy jarayon bilan bog’liq holda miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida - bundan taxminan 2,5 ming yillar avval Markaziy So’g’dda Samarqand shahri qad ko’taradi. qadimgi Samarqand - Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida uning eng pastki qatlamidan qadimgi CHust madaniyati materiallariga aynan o’xshash sopol parchalari topildi. Bu sopol parchalari qadimgi Samarqandning miloddan avvalgi VI asrga oid mudofaa devorlari ostidan topildi. Yana o’sha davr mudofaa devorining qoldiqlari ochildi. Demak Afrosiyobda unga berilagn 25 asrlik yoshdan avval ham aholi yashagan. Ular dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Aholi punktining atrof mudofaa devori bilan o’rab olingan. 3-masala
Baqtriya davlatchilik tarixi bo‘yicha XIX asr so‘nggida Yevropa tarixchilari o‘rtasida munozaralar boshlangan. V. Geyger, E. Raysh, T. Noldeke, XX asr boshida J. Prasheklar Baqtriya tarixi bilan shug‘ullanib, Ahamoniylar imperiyasiga qadar ham qandaydir siyosiy birlashmalar bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Ular asosan quyidagi antik davr tarixchilarining yozma manbalariga tayanganlar. Bu voqealarni Ktesiy Knidskiy, Diodor Pompey Trog, Arrian va Ksenofondlar Ktesiy Knidskiy "Baqtriya kuchli va qudratli mamlakat, VIII asrdayoq mustaqil davlat bo‘lgan" deb ta’riflaydi. Ktesiy Knidskiyning asarlari o‘rta asr tarixchisi Fotiyning asarida ilova tariqasida bizgacha yetib kelgan. Diodor o‘z asarida Ossuriya shohi Ninning Baqtriyaga qarshi jang tafsilotlarini yozgan. Asar boshida Ninning Semiramidaga uylanish tafsilotlari tasvirlangan. Diodorning yozishiga qaraganda Nin Baqtriyani mag‘lub etish og‘irligini, aholisining ko‘p sonli ekanligini va jangda mohirligini, qal’alarining ko‘pligini bilgan. Shunga qaramay u ko‘p sonli qo‘shin yig‘adi va birinchi jangda Baqtriya shohi Oksiartdan tog‘ yo‘ldan tekislikka chiqadigan joyda mag‘lubiyatga uchraydi. Nin Baqtriya bilan bo‘ladigan yangi jangga tayyorlanadi. Diodor Baqtriya poytaxti Baqtr shahrini quyidagicha ta’riflaydi, «... Baqtr yirik shaharlardan biri, u go‘zal, egallab bo‘lmas qal’a». Nin Baqtr shahrini uzoq vaqt qamal qiladi. Shahar Semiramidaning ayyorligi natijasida ishg‘ol qilinadi. Baqtrliklar mag‘lubiyatga uchraydi. Baqtriya shohi o‘ldiriladi. Nin Baqtriyaning boyliklarini talaydi. Ammo, voqealar tafsilotlarida, shohlarni ta’riflashda ayrim chalkashliklar bor. Ksenofont o‘z asarida Baqtriya va Ossuriya o‘rtasidagi urush Ossuriya shohi Kiaksar zamonida bo‘lgan deb yozadi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Ossuriya bilan O‘rta Osiyo, xususan Baqtriya oralig‘idagi uzoq masofani hisobga olib, yuqoridagi ma’lumotlarni tarix sahifasidan chiqarib tashlash kerak, degan munozaralar ham uchraydi. Ma’lumki, bu masalaga I.M. Dyakonov oydinlik kiritgan. Uning izlanishlari tufayli topilgan Ossuriya ayg‘oqchilarining o‘z shohiga yozgan nomasidagi quyidagi ma’lumotdan so‘ng antik davr tarixchilari ma’lumotlari o‘z kuchini saqlab qoldi: "... lekin, men lazuritni olib ketganimdan so‘ng, mamlakatda bunga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi, shundan so‘ng katta harbiy kuch yuborishni iltimos qildim". Ma’lumki, Yaqin Sharqda Baqtriya lazuritlari yuqori baholangan. Shu tariqa tarix faniga Qadimgi Baqtriya shohligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kirib kelgan. Gerodot asarlaridan ham Baqtriyaning Qadimgi Sharq xalqlari orasida o‘z o‘rni bo‘lganligini bilish mumkin. Jumladan, Kirning harbiy yurishlari lozim bo‘lgan mamlakatlar Vaviloniya va Misr qatorida Baqtriya va Saklar ham sanab o‘tiladi. Baqtriyaliklarning qurol-aslahalari va harbiy qo‘shinidagi tartib ham Gerodot e’tiboridan chetda qolmagan. U baqtriyaliklar yaratgan moddiy madaniyat O‘rta Osiyoda yashaydigan boshqa xalqlarga o‘rnak bo‘lganligini aytib, ariylar, xorasmiyaliklar, so‘g‘diylar, gandariyaliklar va dadiklar qurol yasashda baqtriyaliklarga o‘xshatib yasaganligini misol qilib ko‘rsatadi. S.P. Tolstov Diodorning Baqtriya shaharlari, xususan Baqtr shahri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, ya’ni shaharning arki, qal’a devorlarining shaharni o‘rab turganligi haqidagi ma’lumoti asosida Ahamoniylar imperiyasiga qadar Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligini tan oladi. Keyingi davrlardagi barcha ilmiy tadqiqotlarda Ahamoniylar bosqiniga qadar Qadimgi Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligi qayd etilgan. Shundan so‘ng, Baqtriya hududida bronza davriga oid Sopolli, Dashtli, so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa, Qadimgi Baqtriya madaniyatlari ochildi. O‘rganilgan ushbu madaniyatlar asosida Ye.E. Kuzmina "Baqtriya uydirma emas, tarixiy haqiqatdir" degan g‘oyani ilgari surdi. Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari Baqtriya hududida ilk davlatchilik tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Qadimgi Baqtriya podsholigi ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar konfederatsiyasidan tashkil topgan. Kofirnihon va Vaxsh dehqonchilik o‘lkalarida bitta hududiy davlatning shakllangan. Qadimgi Baqtriya madaniyati davri yodgorliklariShimoliy Baqtriyaning yettita va Janubiy Baqtriyaning to‘rtta dehqonchilik vohalarida joylashgan. Har bir dehqonchilik voha alohida joylashgan mustaqil iqtisodiy rayon bo‘lib hisoblanadi. Negaki, har bir voha o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega. Har bir dehqonchilik vohasi Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan.Har bir dehqonchilik voha o‘zining siyosiy markaziga - bosh shahar yodgorligi va uning atrofida uyushgan qishloqlar tipidagi yodgorliklarning jamlanganligidir Yaqinda xalqaro turizmga bag‘ishlab bo‘lib o‘tgan simpoziumda I.A.Karimov o‘zbek davlatchiligi tarixi bundan 3,5 – 4 ming yillik tarixga ega ekanligi ta’qidlangan. Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini birlashtiruvchi Qadimgi So‘g‘d hududida ilk davlatlarning shakllanish tarixi masalasi juda kam o‘rganilgan. Vaholanki, u “Avesta”da Axuramazda bunyod etgan ikkinchi mamlakat sifatida tilga olingan: Gava so‘g‘diylar istiqomat qiladigan yurt. Asosiy daryosi Dardji. I.V. Pyankov "Dardji" daryosini hozirgi Darg‘om bilan bog‘laydi. Boshqa yozma ma’lumotlar asosida ham So‘g‘d davlatchiligi bo‘yicha jo‘yali ma’lumotlarni topishimiz qiyin. Gerodot ma’lumotlariga ko‘ra Ahamoniylar imperiyasining XVI satrapligiga Parfiya, Xorazm, Ariylar bilan birga So‘g‘d ham kirgan. So‘g‘d davlatchiligi tarixida Afrosiyobning alohida o‘rni bor. U juda ko‘plab yozma manbalarda qayd etilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan ilk temir davri So‘g‘d shaharlari voha-davlatlar markazlari rolini bajargan bo‘lsa, Afrosiyob yodgorligi ham o‘zining ilk davrida voha-davlat, so‘ng esa butun So‘g‘d mamlakatining poytaxti vazifasini bajargan. Markaziy So‘g‘d hududlarida ilk shahar va davlatchilikning paydo bo‘lishida Ko‘ktepa yodgorligi alohida o‘rin tutadi17. U Qadimgi Sharq ilk shaharlariga monand ark va shahar qismlardan iborat. Uni boshqarishda zardushtiy otashparastlarining o‘rni katta bo‘lgan. Bu shahar o‘z atroflaridagi hududlarning nafaqat madaniy, balki siyosiy markazi ham hisoblangan Bronza davrida So‘g‘d hududida yashagan jamoalar jamiyat taraqqiyotining qishloq jamoasi darajasida bo‘lgan bo‘lsa, ilk temir davriga kelib (Sangirtepa, Yerqo‘rg‘on, Ko‘ktepa, Afrosiyob yodgorliklari misolida) So‘g‘d hududida ilk davlatchilikning voha tipidagi shahar-davlatlar bosqichlari tarkib topgan. 4-masala
Ma’lumki, Gerodot o‘zining "Tarix" kitobining uchinchi qismida Ak(es) daryosi va bu daryoga qurilgan to‘g‘on to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotga ko‘ra Akes daryosi Girkaniya, Parfiya, Tamaniya, Drangiana va Xorasmiyaliklar chegarasida joylashgan. Juda ko‘plab tadqiqotchilar Akes daryosini hozirgi Turkmaniston hududidagi Tejen daryosi bilan qiyoslaydilar. S.P. Tolstov esa Akes daryosini hozirgi Xorazm hududida bo‘lgan deb hisoblaydi. Gerodotning shu xabari asosida nemis orientalist olimi I. Markvart «Katta Xorazm» davlati g‘oyasini ishlab chiqqan. Uning g‘oyasiga ko‘ra, ariylarni, marg‘iyonaliklarni hamda Gerodot ta’riflagan Akes daryosi bilan chegaradosh mamlakatlarni xorasmiyaliklar boshqargan. Bu siyosiy birlashma O‘rta Osiyo xalqlari Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgandan so‘ng yemirilib ketgan, degan fikr I. Markvart g‘oyasining asosini tashkil etadi. I. Markvartning «Katta Xorazm» davlati g‘oyasi Gerodot asarida tilga olingan, O‘rta Osiyoda joylashgan tarixiy va geografik terminlarni lokalizatsiya qilish natijasida tug‘ilgan18. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu g‘oya Sovet tarixchilari uchun manba bo‘lib xizmat qildi19. M.M. Dyakonov esa "Akes daryosidan xorasmiyaliklar, parfiyaliklar, girkanlar, ariylar va boshqa qo‘shni viloyatlar birga foydalanganligi qandaydir qabilalar ittifoqi yoki ilk davlatlar birlashmasi to‘g‘risidagi fikrni beradi" degan g‘oyani ilgari surgan20. V.V. Struve esa Xorazm davlatchiligi to‘g‘risida shunday yozadi: «...yozma manbalar bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, mil.av. VI asrda O‘rta Osiyoda eng kamida ikkita siyosiy birlashma, yana ham aniqrog‘i, davlatlar bo‘lgan. Bular Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm, yuqori oqimidagi Baqtriya davlatlaridir. Ularning madaniy va siyosiy ta’sir doirasi ancha keng bo‘lgan. Xorazm Kopetdog‘ etaklari va Tejen o‘lkasini, mumkinki So‘g‘diyonani ham birlashtirgan bo‘lsa, Baqtriya o‘z hududidan tashqari Murg‘ob o‘lkalarini ham o‘z ichiga olgan»21. Arxeologlar I. Markvart g‘oyasiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar. Jumladan, V.M. Massonning fikricha "... arxeologlar shu kungacha Xorazm hududida joylashgan VIII-VII asrlarga, hech bo‘lmasa VI asrga oid yirik yodgorlikni bilishmaydi. Bu shunday xulosani beradiki, Ahamoniylar davrigacha Xorazmda yirik davlat birlashmasi bo‘lganligi arxeologik jihatdan isbotlanmaydi. Olib borilgan uzoq va keng arxeologik dala tadqiqotlari Xorazmda bunday davlat bo‘lganligi to‘g‘risidagi g‘oyani kun tartibidan hozircha chiqaradi"22. I. Markvart g‘oyalarining arxeologik jihatdan tasdiqlanmayotganini ko‘rgan V.B. Xenning va I. Gershevichlar fikrini bir oz o‘zgartirgan holda qo‘llab-quvvatlaydilar. V.B. Xenning I. Markvart kabi ariylarining vatani Aryanem-Vaydjoni Xorazm bilan bog‘laydi. Aryanem-Vaydjoni keng hududda ko‘rishni istaydi hamda Tejen va Murg‘obni ham Xorazm hududiga kiritadi. «Avesta»ning vatani Xorazm emas, balki Tejen va Murg‘obdir deb ta’riflaydi. I. Gershevich esa Ahamoniylargacha bo‘lgan «Katta Xorazm» siyosiy uyushmasini Xorazm hududida emas, balki Tejen va Murg‘obdadir deb ataydi23. U Tejen va Murg‘obdagi o‘troq, rivojlangan dehqonchilik madaniyatining Xorazmdan ancha qadimiyligini o‘z nazariyasining asosi qilib oladi. I.N. Xlopin ham Katta Xorazm davlatining bo‘lganligiga shubha bilan qarab, tarixiy va arxeologik manbalarni qayta ko‘rib chiqdi24. Manbalarga Gekatey ma’lumotlarini ham qo‘shdi25. Ma’lumki, Gekatey ma’lumotlariga ko‘ra, xorazmliklar parfiyaliklardan sharqda istiqomat qilishgan. Shundan kelib chiqib, xorazmliklarning ajdodlari qachonlardir Tejen va Murg‘obda yashagan, keyin shimolga Qoraqum orqali Amudaryo bo‘ylarini o‘zlashtirgan deb o‘ylash mumkin. Xorazmliklarning Tejen va Murg‘obda yashashi va ko‘chishi voqeasi Gekatey asarida, Akes daryosi Gerodot asarlarida ifodalangan. Lekin, bu arxeologik jihatdan isbotlanmaydi, ya’ni ularning ajdodlari Tejen va Murg‘obda yashaganligi va shimolga ko‘chganligini arxeologiya inkor qiladi26, degan xato fikrga keladi. Fikrimizcha I.N. Xlopin yozma manbalardan yaxshi foydalangan va ularda ifodalangan tarixiy voqealarni jonlantirib, geografik nomlarni to‘g‘ri joylashtiradi. Ammo, Qadimgi Xorazmliklarning shimolga ko‘chganligini arxeologiya inkor qiladi deb xato xulosa qiladi, negaki, mil.av. VI asrda Amudaryo deltasida Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi yodgorliklarning paydo bo‘lishi buni isbotlaydi. V.A. Livshis "Istoriya tadjikskogo naroda" asariga yozgan bobida «Katta Xorazm» davlati g‘oyasi to‘g‘risida o‘z fikrini ifodalagan. U ham Gerodotning Akes daryosi to‘g‘risidagi ma’lumotini Tejen-Gerirud deb qabul qiladi. Xorazmliklar mil.av. VII-VI asrlarda keng hududni egallagan va hozirgi Xorazmdan ancha keng joylarni nazorat qilgan degan fikrda asos bor. Gekateyning Xorazmliklar Parfiyadan sharqda joylashgan degan ma’lumotini Xorazmliklar o‘sha yerda ham gegemonlik qilgan deb tushunmoq lozim. Ahamoniylargacha bo‘lgan "Katta Xorazm"da qabilalarning harbiy-demokratik konfederatsiyasi bo‘lgan, davlat birlashmalari paydo bo‘layotgan davr deb baho beradi. Marv va Xirot bu konfederatsiyaning asosiy markazlari bo‘lgan. Xorasmiyaliklar boshchiligidagi konfederatsiyaning Ahamoniylar davrigacha bo‘lgan O‘rta Osiyoning siyosiy tarixida o‘rni katta bo‘lgan27. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba bo‘lgan "Avesta"da Axuramazda barpo qilgan mamlakatlar qatorida, ya’ni Mauru, Baxdi, Nisayya mamlakatlaridan so‘ng Xaroyu (Xorazm) ham tilga olinadi28. Demak, yozma manbalarning tahlili Ahamoniylar imperiyasiga qadar Qadimgi Xorazm davlatchiligi bo‘lganligini tasdiqlaydi. Eslatib o‘tganimizdek, ko‘plab tarixchilar ham shu fikrga kelishgan. Mil.av. VIII-VII asrlarda Qadimgi Xorazm vohasida Amirobod va Quyisoy madaniyatlari tarqalgan. Bu madaniyatlar moddiy manbalarida ham rivojlangan janubiy viloyatlarning ta’siri sezilarli darajada kuzatilgan. Mil.avv. VIII asrlarda Markaziy Osiyo xududlarida ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Bunday jarayon Janubiy Rossiya cho‘l xududlarida ham davom etgan. Ularda davlatchilik elementlari mavjudligini asoslovchi dalillar mavjud. Bu asosan Tegesken va Uygarak mozor-qo‘rg‘onlaridagi topilmalar aholi o‘rtasida tabaqalanish mavjud bo‘lganligini isbotlaydi29.Many Greek writers referred to all the nomads of Eurasia, including those ofCentral Asia, as Scythians; and the Persians designated all the nomadic tribes of the Eurasiansteppes, including the Scythians, as the Sakas. Xorazm vohasi misolida qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishida irrigatsiyaning o‘rni mavzusidagi B.V. Andrianovning izlanishlari diqqatga sazovor30. Uning asosiy g‘oyasi Xorazmdagi sug‘orish inshootlarining eng gullagan davri, bu yerda davlatchilikning siyosiy markazlashgan davriga to‘g‘ri keladi. Bu kanallarni qazish, tozalash ishlarida ko‘plab qullar mehnatidan foydalanilgan, mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi bilan birga quldorchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli paydo bo‘lgan degan fikrga kelganligidir31. Moskva Etnografiya institutining Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi Orol, Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismida, qadimgi quruq o‘zanlar bo‘ylarida arxeologik izlanishlar olib borib Tagisken, Uygurak, Chirikrabod, Quyisoy, Ko‘zaliqir yodgorliklarida ilk ko‘chmanchi sak qabilalarining hayotiga oid manbalarni o‘rgandilar32. Tagisken va Uygurak yodgorliklari moddiy madaniyatida Qozog‘iston hududlari uchun xarakterli bo‘lgan Sak qabilalariga xos manbalar o‘rganilgan33. Mil.av. VII-VI asrlarda Xorazm hududida tarqalgan Quyisoy madaniyati etnik jarayonlarning shakllanishi borasida tarix fani uchun yangi ma’lumotlar berdi34. B.I. Vaynbergning fikriga qaraganda quyisoyliklar Eron tilli chorvador qabilalar bo‘lib, mil.av. VII asrda Eronning shimoliy chegaralarida yashagan va so‘ngroq Xorazmga ko‘chgan35. M.A. Itina bu fikrga qarshi chiqib, janubning ta’sirini inkor qilmagan holda, Quyisoy madaniyati mahalliy xalq madaniyatiga tegishli, degan g‘oyani ilgari suradi36. akademik A.A. Asqarovning Qadimgi Xorazm tarixiga bag‘ishlangan, fanda mavjud bo‘lgan «Qadimgi Xorazm» va «Katta Xorazm» muammolariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi37. Maqolada mavjud yozma va arxeologik manbalar asosida Xorazm tarixining muammoli masalalari bo‘yicha tarixchilar va arxeologlar o‘rtasidagi davom etib kelayotgan munozaralarga oydinlik kiritildi deb hisoblaymiz. Skilak - Gekatey - Gerodot, «Avesta» ma’lumotlari asosida xorasmiyaliklar Baqtriyadan janubda, Areyadan sharqda, Gerirud va Xilmend daryolarining yuqori havzasida, ya’ni hozirgi Xirot vodiysida yashaganligini ishonchli manbalar asosida isbotlab berildi. Ahamoniy shohlarining Xelmend tog‘ daralariga to‘g‘onlar qurganligi, suv evaziga katta bojlar talab qilganligi, bu tayziqlardan qiynalgan xorasmiylarning Xirot vodiysidan hozirgi Xorazm hududiga - massagetlar yurtiga ko‘chishi yozma manbalar asosida, u yerda yuqori rivojlangan dehqonchilik madaniyatiga, Qo‘zaliqir, Qalaliqir kabi ilk shaharlar, qal’alarga asos solinganligi arxeologik manbalar asosida yoritildi. Ilk Xorazm davlati mil avv. 7-6 asrlar oralig‘ida shaklalngan. Bu davrga oid Ko‘zaliqir va Xumbuztepa yodgorliklari topib o‘rganilgan. Bu Xorazm tarixining arxaik davri yoki ko‘zaliqir bosqichi tushunchasi bilan ishlatiladi. Xorazmda ilk davlat katta xududda emas, balki ma’lum sug‘orish sistemalari mavjud xududlarda shakllangan. Xorazmda ham ilk davlat masalalari Ko‘zaliqir yodgorligi joylashgan xududda shakllangan bo‘lishi mumkin. Balki ular bir necha bo‘lgandir. Lekin Gekatey Xoraziylarda faqat Xorasmiya shahri bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Arxeolog olimlarning tadqiqotlarda Xorazmning davlatining janubiy chegarasi aniqlangan. Bu o‘rta Amudaryo bo‘yidan, Chorjuy yaqinidan topilgan Odaytepa va Qo‘shqal’a yodgorliklardir. Ular bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa-da, ikki xil madaniyat izlari topilgan. Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling