O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 464.07 Kb.
bet4/97
Sana26.01.2023
Hajmi464.07 Kb.
#1125534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK

Bashorat qilish vazifasi o‘tgan davr va hozirgi davrdagi tarixiy voqealar tahlili asosida kelajakni oldindan ko‘rsata olish va jamiyat taraqqiyotini izchil rivojlanishini ta’minlash

  • Ijtimoiy xotira vazifasi jamiyat va shaxsning rivojlanishi va o‘ziga xos shakllanishida tarixiy bilim yetakchilik vazifasini bajaradi.

  • Amaliy ko‘rsatmalilik vazifasi tarixiy bilimga asoslangan holda ilmiy asoslangan siyosat yo‘nalishini ishlab chiqish mumkin.



    Tarix fani metodolgiyasi. Metodologiya – tadqiqot usullarini, tarixiy dalillarni taxlil qiladigan, ilmiy dunyoqarashning shakllanish yo‘llarini o‘rgatadigan fandir.
    Tarixiy dalillarni o‘rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
    1. Tarixiylik tamoyili - tarixiy hodisalarni rivojlanishda, aniq tarixiy sharoitga mos holda o‘rganish lozimligini ilgari suradi;
    2. Ob’ektivlik tamoyili – bu tadqiqotchiga hodisalarning ko‘p qirraligi va qarama qarshiligining barcha jihatlarini hisobga olgan holda ob’ektiv o‘rganish uchun asos bo‘ladi.
    3. Ijtimoiy yondoshuv tamoyili- hodisa va jarayonlarni aholining turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini hisobga olgan holda, partiya, davlat va shaxslarning amaliy faoliyatidagi su’ektiv jarayonlarni taxlil qilishni ilgari suradi;
    4. Alternativlik tamoyili- ob’ektiv taxlil qilish asosida real sharoit, hodisa yoki voqealarning ehtimollilik darajasini belgilab beradi.
    Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo‘lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib, hozirgiday bo‘lib qolganligini o‘rgansa, O‘zbekiston tarixi esa shu ona-zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha o‘rganadigan fandir. Yurtboshimizning shu haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. “Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqish ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodlari kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”.
    "O‘zbekiston tarixi" fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
    - O‘zbekiston Respublikasi tarixining barcha jarayon va taraqqiyotini ob’ektivlik, xolislik va tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rgatish va insonlarni intellektual jihatdan rivojlantirish;
    - Insonlar dunyoqarashini tarix asosida kengaytirish. Tarixiy dalillar har doim ilmiy asosga ega bo‘lib, to‘g‘ri dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratgan.
    Mustaqillik yillarida tarix fanini ob’ektiv yoritish dolzarb masalaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish» haqidagi 1998 yil iyul qarori tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan o‘zgartirdi. Tarix instituti respublikada tarix tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga ko‘tarildi. 1998 yilda O‘zbekiston tarixchilarining maxsus «O‘zbekiston tarixi» jurnaliga asos solindi. 1998 yilda Tarix fanining eng dolzarb muammolarini muhokama etuvchi Yahyo G‘ulomov nomidagi «Uzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» respublika muntazam ilmiy seminari tashkil etildi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuzildi. Ilk marotaba «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko‘ra, tarix fanining ta’lim tizimi bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Mustakillik yillarida tarixchilarning xalqaro ilmiy hamkorligining keng imkoniyatlari vujudga keldi. O‘zbekiston tarix fanining aktual muammolari bo‘yicha ilmiy anjumanlar o‘tkaziladigan markazga aylanib bormoqda. O‘zbek olimlari xalqaro grantlarda, YuNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» nomli ko‘p jildlik asarni tayyorlashda ishtirok etdilar. O‘zbekiston tarixining fan sifatida yoritish va o‘quvchi diqqatini uzoq o‘tmishga qaratish bilan biga talabalarning dunyoqarashlarini, ilmiy nazariy tafakkurlarini takomillashtirish, o‘tmish va hozirgi zamondagi voqea va hodisalarga ilmiy xolislik va tarixiy ob’ektivlik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqealikka munosabat bildiradigan hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli komil insonni tarbiyalash, talabalarda xalqimizning madaniy, ma’naviy merosiga, ilg‘or an’analari, milliy qadriyatlari, ahloqiy fazilatlariga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini, ajdodlarimizning jahon madaniyatiga qo‘shgan xissalaridan faxrlanish va ularning munosib davomchilari bo‘lishni tushuntirish. O‘rta Osiyo tarixi insoniyat tarixining beshigi hisoblanadi. U yerda turli xil millatlar va dinlarning tarixi mujassam. Bu xududning tarixi eron, yunon, skif,xitoy, turk va ruslarning yilnomalarida saqlanib qolgan2.
    O’zbekiston tarixini yoritishda qaysi manbalar asos bo’lganligi ham g’oyat katta o’rin tutadi. Sovet hokimiyati yillarida yozilgan O’zbekiston tarixiga oid foydalanilgan adabiyotlar uchun marksizm-leninizm, KPSS hujjatlari, Kommunistik partiya va Sovet davlati rahbarlarining ma’ruza, nutq, maqola va asarlari, Rusiya, Rim tarixchilari, adiblari va olimlarining asarlari asosiy manba bo’lib xizmat qilgan.
    Vatanimiz tuprog’ida tug’ilib, o’sib voyaga yetgan va kamol topgan Beruniy, al Xorazmiy, Ibn Sino, Farobiy, Ahmad Farg’oniy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Narshaxiy, A.Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Xondamir, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa juda ko’plab dunyoga mashhur alloma va mutafakkirlarning qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e’tibordan chetda qolgan. Bulardan tashqari, turli davrlarda yaratilgan tarixiy manbalar ham e’tibordan chetda qoldi.
    O’zbekiston tarixini yaratish va o’rganishda uning manbalarini bilish g’oyat katta ahamiyatga ega. Bunday manbalar quyidagilardan iborat:
    O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi va qadimgi tarixi asosan 2 ta manba asosida o’rganiladi.
    Birinchisi, moddiy manbalar, ikkinchisi, bizgacha yetib kelgan turli xil yozma manbalardir.
    Moddiy manbalar tariximizning barcha davr va bosqichlariga oid yodgorliklardir. Ular orqali tariximizning qadimgi va o’rta asrlar davrlari to’g’risida to’liq ma’lumotga egamiz.
    Tariximiz to’g’risidagi yozma manbalar juda xilma-xildir. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davri haqidagi dastlabki yozma manbalar bizgacha Eron ahmoniylarining toshga bitilgan mixxatlari orqali bizgacha yetib kelgan.ahmoniylar podshosi Doro I o’z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Kirmonshohdan Hamadonga ketadigan yo’l yuzasidagi Bixistun qoyasiga xat bittiradi. Ana shunday xatlar ahmoniylar poytaxti Persopol saroyining bosh devorlariga, Doro qabri ustiga qo’yilgan toshga bitilgan. Ular asosan uch tilda – qadimgi fors, elam va vavilon tillarida yozilgan bo’lib, ulardan ahmoniylarga tobe bo’lgan xalqlar va ularning mamlakatlari eslatiladi. Masalan: Bixistun qoyalari yozuvlarida Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm va Sak qabilalari to’g’risida yozilgan.
    O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida xabar beruvchi ikkinchi manba Zardushtiylarning «Avesto» kitobidir. Unda O’rta Osiyoning qator viloyatlari eslatib o’tiladi, hamda o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti yoritiladi.
    O’rta Osiyo xalqlar tarixi va madaniyati to’g’risida ma’lumot beruvchi uchinchi manba qadimgi Yunon tarixchilari va geograflari asarlaridir. O’rta Osiyo xalqlari haqida Gerodot (mil.avv.V asr), Polibey (mil.avv.II asr), Ptolomey (II asr), Arrion (II asr), Kvint Kursiy Ruf (I asr) va boshqalar ma’lumotlar qoldirganlar.
    O’rta Osiyo xalqlari tarixi haqida ma’lumot beruvchi to’rtinchi guruh yozma manbalar Xitoy tarixchilaridan Si-Siyaga Szyan (mil.avv. II-I asr) «tarixiy yilnomalar» va Bon Gunning (mil.avv. I asr) «Birinchi xon dinastiyasining tarixi» asarlaridir.
    O’zbekiston tarixi fani xalq maorifi tizimining barcha tarmoqlarida o’zining jamiyat hayotida tutgan o’rni va mavqyeiga ko’ra asosiy va yetakchi fan hisoblanadi. Shu boisdan ham bu fan Vatan tarixining ibtidosi o’lkashunoslik ekanligini e’tiborga olgan holda umumta’lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining barcha mutaxassisliklarida, qaysi kasb-hunarni egallashdan qat’iy nazar bir hajmdagi soatlarda o’qitiladi. Bu O’zbekiston tarixi fani oldiga qo’yilgan oliyjanob vazifalar bilan bevosita bog’liqligini quyidagilarda ko’rish mumkin:
    Birinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbeksiton yoshlari ongida siyosiy, nazariy, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash lozim.
    Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni uyg’otib, uning shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqiyot yo’lini, tarixiy tajribalarini o’qib-o’rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy turmushni o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi.
    Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutolaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. O’zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqiyoti va sivilizasiyasiga qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar.
    To’rtinchidan, O’zbekiston tarixi fani yosh avlodni ulug’ xalqimizning milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymon va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalamog’i, Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqat qaror toptirmog’i darkor.6
    Prezidentimiz I.Karimov o’zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» degan risolasida bunday deb yozgan edi: «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr o’yi, xulosani mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi. Shunday ekan bizga xohlang iqtisod, xohlang siyosat, xohlang tarix ma’naviyat sohalari bo’lsin, bemalol bahslasha oladigan bilimdon, zukko, ma’rifatli odamlar kerak» - dedi, yana fikrini davom ettirib Prezidentimiz. Xo’sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan o’rni qanday deb savol berib, bunday dedi: «Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mumkinmi? Albatta mumkin emas. Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, takror aytaman, irodali inson.
    Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», - dedi.
    Hozirgi davr sharoitida ma’naviyat masalasini tushunishda uning mohiyati, maqsadini anglash, his qilishda yurtboshimiz Islom Karimovning asarlarini o’rganishni katta ahamiyatga ega deb bilamiz. Bu borada «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «Istiqlol va ma’naviyat» deb nomlangan to’plami hamda «Barkamol avlod orzusi», «Buyuk kelajak sari» kitoblari alohida o’rin egallaydi.
    Mustaqillik yillarida bizning sharoitimizda ma’naviyat yo’lidagi eng muhim masala bu boy tarixiy merosimizni chuqur o’rganish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash, har bir oilaning moddiy va ma’naviy mustahkam bo’lishini ta’minlashdir. Bu yo’l orqali kishilarda yangicha fikrlashni, his tuyg’ularni shakllantirish, qisqasi insofli, diyonatli insonni yaratishdir. Yangicha his-tuyg’ular, fikr va dunyoqarashlar o’z-o’zidan, bir zum shakllanmaydi. Buning uchun jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, yoshlar, talabalr jonbozlik ko’rsatishlari lozim.
    Demokratik jamiyat qurish jarayonida faoliyatimizning har bir qirrasi, yo’nalishi jamiyat, xalq, inson manfaatlari yo’lida xizmat qilish g’oyalari, his-tug’ulari uzviy bog’langan bo’lishi lozim. Yo’qsa, demokratik jamiyatning o’zi ham bo’lmaydi. Inson moddiy jihatdan to’la ta’minlangan bo’lishi mumkin. Lekin, unda xalq bilan birga bo’lish, xalq uchun xizmat qilish kabi ichki ruhiy xislatlar bo’lmasa, avvalo bundaylarni o’zi ozod inson bo’lmaydi. U moddiy boyliklarning quli bo’lib qoladi. Ma’naviyat inson va jamiyat manfaatlariga munosib turmush-sharoitlari barpo qilish yo’lida go’zal, ko’rkam va komil insonlarni yaratish uchun xizmat qiladi. Faqat ma’nafiyatgina insonni yetuk inson bo’lib yashashini to’la ta’minlaydi. Ma’naviyatsiz haqiqiy inson bo’lmaydi, chunki u yashashni ma’nosini bilmaydi.
    Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa chiqarib, «o’z tarixini bilgan, ruhiy quvvat oladigan xalqni yyengib bo’lmas ekan, biz haqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish yana bir bor qurollantirish zarur», - deb yozadi I.A.Karimov.
    Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida «Baprkamol avlod – O’zbekiston taraqiyotinin poydevori» degan mavzudagi nutqni barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishda bugungi kunda oldimizga qo’yilgan buyuk maqsadlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimiz taraqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimiz samarasi taqdiri – bularning barchasi avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, eng yaxshi, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yashamoqdamiz», - deb «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qildi.



    Download 464.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling