АБСЕРВАТОРИЯ
|
Rasadxona
|
– osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Samarqandda Mirzo Ulug’bek tomonidan 1424-1428-yillarda barpo etilgan rasadxona aholi orasida “Naqshi jahon” nomi bilan mashxur bo’lgan.
|
ROME
|
РИМ (ВИЗАНТИЯ)
|
Rum
|
– Rimimperiyasining o’tmishda Sharq va O’rta Osiyoda keng tarqalgan nomi. Milodiy IVasrda Rim imperiyasi parchalangach, “Rum” atamasi Vizantiya imperiyasiga (395-1453) nisbatan ishlatilgan.
|
SADRI A’ZAM
|
САДРИ АЗАМ
|
Sadri a’zam
|
– Temuriylar davrida vaqfmulklarini boshqaruvchi.
|
BINDER, BOOKBINDER
|
САХХАФ
|
Sahhof
|
– kitobmuqovalarini tayyorlovchi usta.
|
SEKSTANT
|
СЕКСТАНТ
|
Sekstant
|
– osmonyoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo’ljallangan ko’zgu-qaytargichli asbob.
|
SAHIBKIRAN
|
САХИБКИРАН
|
Sohibqiron
|
– quyoshtizimidagi katta sayyoralardan ikkitasining bir-birini to’sishi (qiron) paytida tug’ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduz – Zahro va Mushtariy sayyoralari bir-birlariga yaqinlashgan paytda tug’ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga ko’ra, bunday odam baxtli, ulug’ martabali bo’lishi muqarrar sanalgan. Amir Temurning Sohibqiron deb atalashi ham shundan.
|
|