O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat agrar universiteti u. Norqulov b. Izbasarov. J. Eshonqulov
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1- amaliy mashg‘ulot YAYLOVLAR HOSILDORLIGI VA YUKLAMASINI ANIQLASH..
MUALLIFLAR
U.Norqulov B.Izbasarov J.Eshonqulov - Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi professori q.x.f.d Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi professori q.x.f.d Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi Assistenti. TAQRIZCHILAR: Begmatov I. – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi propessori (Turdosh OTM); Yuldasheva Z. Toshkent davlat agrar universiteti “O’simlikshunoslik” kafedrasi dotsenti Ushbu o‘quv qo‘llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining “O’quv uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, kelishuvga kiritish hamda o‘quv adabiyotlarini nashr etishga ta’vsiya berish togrisida”gi 2019 yil 4 oktyabr №892 buyrugi bilan nashr etishga ta’vsiya etilgan ISBN 978-9943-5902-3-6 © U.Norqulov, B.Izbasarov, J.Eshonqulov, 2019 2-mashg‘ulot YAYLOVLAR HOSILDORLIGI VA YUKLAMASINI ANIQLASH Tabiiy yoki madaniy (sug’oriladigan) o‘tzorlardan yaylov sifatida foydalanish uchun, avvalo hosildorligi aniqlanadi va shunga muvofiq chorva mollari boqiladi. Yaylov o‘tlarini hosildorligi yil davomida bir necha marta (kamida 4 marta) aniqlanadi. Yaylov hosildorligini aniqlash uchun o‘tzorlar mol boqish uchun etilganda har 4-10 joyidan 1 m 2 maydoncha ajratib olinadi. Maydonchadagi o‘ti o‘roq bilan o‘rilib, shu vaqtning оzida tarozida tortiladi va olingan natijalar 1 gektarga aylantiriladi. Masalan, 4 joydan o‘t o‘rilganda quyidagilar chiqdi deylik: maydondan 500 gramm; maydondan 700 gramm; maydondan 450 gramm; maydondan 350 gramm. O‘rtacha 1 m 2 da 500 gramm yoki 0,5 kg, 1 gektar maydonda esa 5000 kg o‘t bo‘ladi. Endi yaylov hosildorligini quruq pichan holdagi miqdorini hisoblaymiz. Buning uchun 4 ta maydondan o‘rilgan o‘tlar yaxshilab aralashtirilib, undan 1 kg namuna olinadi va ochiq havoda yoki kuritgich asbobarda quritiladi hamda yana torizida tortiladi va undan qancha quruq xashak chiqqanligi aniqla nadi. Masalan, 1 kg o‘tdan 280 gramm quruq pichan chiqdi deylik, bu miqdor foiz (%) hisobida qanchani tashkil etishini proporsiya yo‘li bilan topamiz, ya’ni 1000 g-100% 280 g -X 280-100 X=------------28 foiz bo‘ladi 1000 Endi bundan kelib chiqib, 1 gektar maydondan chiqqan pichan miqdorini quyidagi ifoda yordamida topamiz: O‘·Q·10000 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling