O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” fakulteti sirtqi bo‘limi
Ekonometrika faninig rivojlanish tarixi va bosqichlari
Download 61.28 Kb.
|
EKONOM
Ekonometrika faninig rivojlanish tarixi va bosqichlari
Ekonometrika fanlar orasida nisbatan yosh bo‘lib, hozirgi zamondab iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda va ulaming keyingi holatini bashorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekonometrika - matematik statistika usullari yordamida iqtisodiyotdamiqdoriy qonuniyatlar va o‘zaro bog'lanishlami tadqiqot qiladigan fandir. O‘sha usullar asosida korrelatsion-regression tahlil yotadi. Ekonometrika bo‘yicha birinchi ishlar XIX asr oxirlari - XX asrboshlarida paydo bo‘ ldi. 1897-yilda V. Paretoning turli mamlakatlardagi aholidaromadlarini statistik usul bilan o‘rganishga bag‘ishlangan ishi chop etildi. Bu maqolada kelajakda Pareto nomi bilan atalgan у = a (x - a ) 'a egri chiziq tavsiya qilingan. Unda x - daromad miqdori; у - daromadi bor shaxslar soni bo‘lib, har bir shaxs daromadi miqdori x dan katta deb qaraladi; a - minimal daromad; A va a - munosabatning (funksiyaning) statistik usullar bilan topiladigan parametrlari. XX asr boshida ekonometrikaga oid qator ishlar chop etildi. Guker, Pirson, R.Frish va boshqalarning ishlari shular jumlasidandir. Ekonometrika fanining asoslarini norvegiyalik olim Robert Frish (1895-1973) ishlab chiqqan. Shu sababli u haqli ravishda ekonometrikaning otasihisoblanadi. 1931-yilda Jahon Ekonometrik Jamiyati tuzildi. Shu yilekonometrikaning tug‘ilgan yili hisoblanadi. 1932-yildan boshlab ba’zimamlakatlarda ekonometrika fani o‘quv rejasiga kiritildi. Shunday ekan,ekonometrika nima? - degan tabiiy savol tug‘iladi. R. Frishning o‘zi,ekonometrika - iqtisodiy nazariya, matematika va statistikaning sintezi, deb hisoblaydi. Ekonometrika fan sifatida iqtisodiyot, statistika va matematika orasidajoylashgan. U - iqtisodiy qonunlami taqribiy chiqarish bilan bog‘langan fandir. Ekonometrika bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis ekonometrist deb ataladi. Ekonometrist iqtisodiy nazariyaga yoki empirik ma’ lumotlarga asoslanganholda iqtisodiy modellami tavsiflaydi, shu model lardagi parametrlarni(noma’lum miqdorlami) baholaydi, iqtisodiy ko‘rsatkichlaming keyingiholatini bashorat qiladi. Ekonometrist iqtisodiy ko‘rsatkichlar qiymatlari jadvalini o‘rganib, ular orasidagi empirik munosabatlami keltirib chiqaradi. Ekonometristning jadvallarni o‘rganish bilan bogiangan ishi ekonometrik analiz deyiladi.Ekonometrik analiz yordamida iqtisodiy jarayonning birinchi modeli fransuz olimi Fransua Kene (1694-1774) tomonidan yaratilgan. U 1758-yilda “Iqtisodiy jadval”, 1766-yilda uning ikkinchi varianti bo‘lgan “Arifinetik formula” nomli asarlamiyozdi. F. Kene jadvali XVIII asro‘rtalarida iqtisodiy nazariyaning rivojlanishidamuhim o‘ringa ega boidi. Bu jadvalga K.Maiks ham yuqori baho bergan. Download 61.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling