O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi
Download 1.54 Mb.
|
11 мавзу Аудиторлик танлаш 2022 2023 yil ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-MAVZU: AUDITORLIK TANLASH
- Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGITOSHKENT MOLIYA INSTITUTI“Audit” kafedrasiTayyorladi: PhD,dots. Abduraimova Maftunaxon AxmatovnaToshkent-202211-MAVZU: AUDITORLIK TANLASHREJA:
1. Auditorlik tanlash haqida tushuncha va uning mohiyati Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvolining auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» nomli standartga muvofiq amalga oshiriladi Standartning maqsadi- auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat. Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkinMuvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralarni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi Mohiyatan tanlab tekshirish ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tahlil qilish misol bo’ladi Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: tanlash ko’lami kuzatish birligi Tanlash hajmi tanlash uslublari tanlash birligi Reprezentativ tanlash tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur Tekshiriladigan to’plam – bu ma’lum elementlar yig’indisidir. Auditda buxgalteriya yozuvlari, moddalar, yozuvlar to’plam elementlari sifatida tanlab olinib, ushbu tanlash ular haqida ma’lumot berishi lozim Tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun mijoz-korxonaning barcha hujjatlari turli belgilar – hujjatlar turi, moddiy javobgar shaxslar, vaqtinchalik izchilligi va boshqalar bo’yicha ma’lumotlar o’xshash bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling