Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi qishloq xoʻjaligida menejment fanidan ma’ruza


Menejmentning ob’yekti va sub’yekti ularning oʻzaro aloqadorligi


Download 128.12 Kb.
bet9/14
Sana18.02.2023
Hajmi128.12 Kb.
#1210911
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-mavzu Qishloq xo’jaligida menejment fanining predmeti

1.4. Menejmentning ob’yekti va sub’yekti ularning oʻzaro aloqadorligi.

Kundalik hayotimizda menejment va menejer soʻzlari juda koʻp qoʻllaniladi. Dastlab menejment fan sifatida AQShda paydo buladi. Menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni koʻpaytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu oʻziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.


Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni toʻgʻri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni oʻrgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, menej­ment quyidagilarni oʻrganadi:

  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish ob’yekti va sub’yekti;

  • boshqarish prinsipi va usullari;

  • boshqarish madaniyati;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • menejer reytingi;

  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilshi;

  • boshqarish funksiyalari;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • samaradorlikni boshqarish;

  • oʻz-oʻzini boshqarish;

  • hududiy boshqarish va hokazolar.

Fanning predmeti boshqaruv jarayonidagi kishilarning munosabatlarini, boshqaruv qonunlari, tashkiliy tarkibi, texnika texnolgiyasini oʻrganishdan iborat.
Menejment ob’yekti haqida soʻz yuritganda, eng avvalo, ob’yekt soʻzining lugʻaviy ma’nosiga e’tibor berish kerak boʻladi. Shu ma’noda ob’yekt – bu:

  • bizdan tashqarida va bizning ongimizga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan borliq, voqyelik, moddiy dunyo, mavjudot;

  • Kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;

  • Xoʻjalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.

Demak, ob’yekt tushunchasi mikro voqyelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqyelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha boʻlgan ma’noni oʻz ichiga oladi. Masalan, «haydovchi oʻz mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yoʻldan chiqib ketgan». Bu yerda boshqaruv ob’yekti boʻlib mashina hisoblanadi.
Yoki, «u kishi oʻzini juda yaxshi boshqara oladi». Bu yerda boshqaruv ob’yekti boʻlib, kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki suv kemasi harakatini boshqarish, tuman, shahar, viloyat, mamlakatni boshqarish va hokazolar menejmentning yoki boshqarishning ob’yektlaridir.
Biror narsaga oʻzining ta’sirini oʻtkazuvchi, yoki uning qatnashuvi ta’siridagi qandaydir sabab yoki omillarni sub’yekt deb ataymiz. Masalan boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’yekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar – boshqaruvchilar boʻlib hisoblanadi. Menejment ob’yekti va sub’yektlarini 1.1-jadvalda keltirilganidek tavsiflash mumkin.



Download 128.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling