O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
ILOVA…...…………………………………...............……. Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 66.82 Kb.
|
MD JAVOHIR
ILOVA…...…………………………………...............…….
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Uzoq ming yillik tarix shundan dalolat beradiki, oʻzbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo maʼnaviyat va maʼrifatning jamiyat hayotida muhim oʻrin egallagani bilan chambarchas bogʻliqdir. Bu holat Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng ham uzluksiz anʼana sifatida davom ettirildi. Jumladan maʼnaviy-maʼrifiy omillarga nisbatan alohida eʼtibor qaratilib, milliy qadriyatlarimizni tiklash, oʻzligimizni anglash, milliy gʻoya va mafkurani shakllantirish strategik vazifalarimizdan biri hisoblandi. Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek: "Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon boʻladi. Tarixiy meʼrosni asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Yangi tahdidlar, jumladan, "ommaviy madaniyat" xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo boʻlayotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yoʻqolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu gʻoyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli inson maʼnaviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimrdir"1. Ajdodlarimiz eʼzozlab kelgan, asrlar qaridan olib oʻtilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar maʼlum vaqt davomida ataylab, maqsadni koʻzlab yurgizilgan siyosat qurboni boʻldi, eʼtibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning maʼnaviyatiga salbiy taʼsir oʻtkazdi. Endilikda jahon maʼnaviyati va maʼrifati saltanatida oʻz oʻrinlariga ega boʻlgan ulugʻlarimizni teran anglash, oʻrganish va ulugʻlash vaqti keldi. Ularning asarlari keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganilib, yosh avlodning barkamol inson boʻlib yetishishi uchun keng qoʻllanilib kelinmoqda. Qadimiy tariximiz va madaniyatimizni, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy merosini chuqur oʻrganish, keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar, ayniqsa, yoshlarni har tamonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularni vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida ulgʻaytirishda muhim omil boʻlmoqda. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Ayniqsa, tanlangan oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, Sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir”.2 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Bizni hamisha oʻylantirib keladigan yana bir muhim masala-yoshlarimizning odob –axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bu zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan koʻp his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uygʻun boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avloqdimiz, degan da’vat ularning qalbida doim aks – sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”,3 - deb bejizga aytmaganlar. Ushbu purmano soʻzlar tagida ulkan mazmun mohiyat, yoshlarimizning kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti poydevori yotibdi. Bugungi zamonaviy hayotimizda yoshlarining ong-u shuuriga qalbiga, yod gʻoyalar ta’sir qilmaslik uchun, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizdan qolgan boy merosini ahamiyati kattadir. Mamlakatimizda ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora – tabdirlarning samadorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahonda gʻoyaviy – mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik zararli yod gʻoyalarga ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qoʻshilib qolish holatlari hamon uchrat turgan bu davrda, ma’naviy – ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviy sohada ichki va tashki tahdidlarga samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunetitni mustahkamlash borasida bugungi kunda koʻplab koʻzga koʻrinarli ishlar amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, ajdodlarimiz ilmiy merosi chuqur oʻrganilmooqda.4 Bu sa’y-harakatlar muqaddas zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyatini chuqur tadqiq etish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish hamda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz. Butun sharq tarixida, qolaversa, vatanimiz tarixida muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu alloma hayoti va ijodini, uning insoniyat tarixiga qoʻshgan ulkan falsafiy-axloqiy va maʼnaviy merosini oʻrganish biz yoshlarning vazifamizdir, inchunin, oʻz tarixini va o’zga xalqlar tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham boʻlmaydi. Download 66.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling