O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 84 Kb.
bet1/9
Sana22.02.2023
Hajmi84 Kb.
#1222502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yangi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI



“Oziq–ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakulteti

Magistrant: Jo’rayev. Z. S

“Oziq–ovqat mahsulotlari texnologiyasi”kafedrasi

Ilmiy rahbar:
t.f.b.f.d.kat,o’qit. Sanayev E.Sh

O‘quv yili: 2021-2022



5A321001 «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi» (don va don mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha) mutaxassisligi



ANNOTATSIYA
Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi: “Bug’doy doni ununi sifat ko’rsatchini yaxshilashda magnit maydonini ta’siri ”.
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasini industrial-innovatsion rivojlantirish strategiyasiga muvofiq davlatning iqtisodiy mustaqilligi ishlab chiqarish samaradorligining oshirilishi, mehnat unumdorligi o‘sishi, shuningdek ishlab chiqarilayotgan yuksak texnologik mahsulotlar, shu jumladan don va un mahsulotlari hajmi va sifati bilan belgilanadi.
Bunday muammolar un tortish korxonalarining tayyorlash bo‘limidagi jarayonlarni takomillashtirish hisobiga hal qilinadi, chunki ayni shu donni tortishga tayyorlash bosqichida undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida donning texnologik xususiyatlarini aniq maqsadni ko‘zlab muvofiqlashtirish mumkin bo‘ladi. Donni oqlash jarayonini takomillashtirish va keyinchalik unga gidrotermik ishlov berish bosqichiga alohida e’tibor beriladi.
Mahalliy xom-ashyo resurslaridan ratsional foydalab, un ishlab chiqarish korxonalarining don tozalash bo‘limida donning yuza qismiga ishlov berish jarayonni takomillashtirish orqali unning chiqish miqdori va sifatini oshirish dolzarbligi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Bu bajarilgan ishda texnologik jarayonni takomillashtirishga erishilgani uning dolzarbligini asoslaydi.
Ushbu tadqiqot ishi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevral 1-sonli qarorida donni qayta ishlovchi korxonalarni modernizatsiya qilish va import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh un ishlab chiqarish to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-son «2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash, diversifikatsiyalash, modernizatsiya qilish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi, 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son «Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonlarida, keltirilgan topshiriqlarini, undan tashqari bir necha bor ma’ruzalarida tarmoqlar uchun zarur uskunalar va tez ishdan chiquvchi butlovchi qismlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil qilish lozimligi ta’kidlangan.
Prezidentimizni bunday chora-tadbirlar dasturlari, farmon va qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling