O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim Vazirligi Toshkent Arxitektura qurilish instituti “Falsafa” fanidan Mustaqil ishi G’aybullayev H Qabul qildi: Elmuratov J Mavzu: Shaxsning tarbiyasiga ijtimoiy muhitning ta’siri: oila, jamoa, oilaviy tadbirlar, guruhlar. Reja; 1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi. 2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: a) irsiyat (biologik omil); b) muhit (ijtimoiy omil); v)ta’lim va tarbiya; g) faoliyat va faollik. 3. Shaxs ma'naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta'siri. 4. Xulosa SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixologik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixologik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. “Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |