O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti


O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi


Download 68.82 Kb.
bet2/6
Sana27.02.2023
Hajmi68.82 Kb.
#1235171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NAVROZ. Reja

2.O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng kelajakda qanday yo'ldan borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo'ldi. Uning dolzarb bo'lib qolishining bir qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning ob'yektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo'qligi va bo'lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi ob'yektiv sababi – ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka yegalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo'liga kirishi uchun ma'lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo'ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari asosida O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi.
Mamlakat Prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va Shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar ekan, uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta'rifladi. Shunday ekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi vazifalarni qo'yadi va uning bajarilishini talab qiladi. Zero, taraqqiyotning har bir bosqichi, turli-tuman muammolar va ularni bartaraf etish yo'lidagi tadbirlardan iboratdir.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi Shuni ko'rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo'l qo'yish og'ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mas'ullikni o'z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg'amlikka yo'l qo'ya olmaydi, doimo uyg'oq va harakatda bo'ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo'lini erkin tanlashda ulkan mas'uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb hisoblasak bo'ladi.
O'tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo'lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o'ziga xos noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog'liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko'plab mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa, ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o'z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sosialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo'llari (modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga yegaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi ma'lum bo'ldi.
Taraqqiyot “modeli”ga yondaShuv ko'rinishlari:
- Sivilizatsion yondaShuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
- Formatsion yondaShuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi ma'lum bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tuShunchalar bugungi kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondaShuv demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion» qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida tahlil etishga nazariy metodologik asos bo'ladi.

Download 68.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling