O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.59 Mb.
Sana05.12.2020
Hajmi0.59 Mb.
#160529
Bog'liq
1- MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM

VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“IQTISODIYOT” KAFEDRASI

“IQTISODIYOT NAZARIYASI”

fanidan multimediya materiallari (slaydlar)

1- MAVZU: IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI

VA BILISH USULLARI (1-mashg‘ulot)

Tuzuvchi: Z. G. Allaberganov.

Toshkent–2020


1
    • Iqtisodiyot tushunchasi , uning tarkibi va tuzilishi

2
    • Iqtisodiy faoliyat va takror ishlab chiqarish jarayoni

3
    • Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari

4
    • Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari.

REJA:

REJA:


Mavzu

Iqtisodiyot- Turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, ishlab chiqarishning muayyan usulini hamda infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizim.

Iqtisodiyot turlari


MIKROIQTISODIYOT – Tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi va ish bajaruvchi korxona (firma) lar hamda alohida bozorlar

MEZOIQTISODIYOT – Hududiy iqtisodiy va yirik tarmoq hamda tarmoqlararo majmualar (harbiy sanoat, agrosanoat majmuasi va h.k.)

MAKROIQTISODIYoT – Milliy iqtisodiyot va uning alohida yirik sektorlari (davlat sektori, nodavlat sektori va xususiy sektor)

MEGAIQTISODIYOT – Jahon xo‘jaligi va davlatlararo hududiy tuzilmalar iqtisodiyoti (Evropa ittifoqi, MDH va h.k.)

Iqtisodiy faoliyat-Insonlarning moddiy va ma'naviy ne'matlarini ishlab chiqarish, iste'molchiga yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan, bir-biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlar.

Takror ishlab chiqarish turlari



Ishlab chiqarish - tovarlar va xizmatlar yaratiladi

Taqsimlash -yaratilgan tovar (xizmat)lar hududiy birliklar, tarmoqlar, sohalar hamda resurs egalari o‘rtasida taqsimlanadi

Ayriboshlash -turli xil bozorlarda tovar (xizmat)lar pul vositasida ayriboshlanib, ishlab chiqaruvchidan iste'molchi qo‘liga o‘tadi.

Iste'mol -tovar (xizmat)lar pirovard foydalaniladi, ya'ni ular shaxsiy va unumli iste'mol qilinadi

INFRATUZILMA TURLARI:


INFRATUZILMA — bu ishlab chiqarish va ayirboshlashni me'yorida amalga oshirish hamda kishilarning turmush kechirishining umumiy shart-sharoitlarini tashkil qiluvchi sohalar.

INFRATUZILMA TURLARI:

  • ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari ombor xo‘jaligi, moddiy texnika ta'minoti, transport, aloqa, yo‘llar, boshqalardir.
  • ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta'lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, uy-joy va kommunal xo‘jalik).
  • bozor infratuzilmasi -tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auksionlar va boshqalar).
  • qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi

IQTISODIYOTNING ASOSIY MUAMMOSI — bu iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir

iqtisodiy resurslar mikdorini ko‘paytirish

resurslar unumdorligini oshirish

resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash

ehtiyojlarini cheklash

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari

  • Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabining vakillari uni boylik to‘g‘risidagi fan deb hisoblaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, nimani o‘rganadi? – degan savolning yechimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda va hozirgi davrda turli fikrlar bildirib kelinmoqda.

Fanning predmeti- Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iktisodiy munosabatlarni hamda ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganadi.

Iqtisodiy munosabatlar - bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil munosabatlardir.

Iqtisodiy jarayonlar: ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste'mol va h.k


Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyasiya, bandlik va hokazo.

IQTISODIYoT NAZARIYaSI FANINING MAQSADI:

Cheklangan iqtisodiy rssurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz extiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.



IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING VAZIFALARI

Amaliy vazifasi- xo‘jalik yuritishning oqilona usullari, asosiy qoidalarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qiladi.

Bashorat qilish vazifasi— jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.

Ilmiy bilish vazifasi – iqtisodiy hodisa va jarayon-larning tub mazmunini, ular o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni, shakl va mazmun o‘zgarishlarni o‘rganishga qaratiladi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari

Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishi, ularning dunyoqarashlari o‘zgarishi vazifasi iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Metodologik asos vazifasi – boshqa iqtisodiy fanlar o‘z predmetini iqtisodiyot nazariyasi asoslab bergan qonun va kategoriyalarga tayangan holda o‘rganadi. Ayni vaqtda bu fan boshqa fanlar chiqargan xulosalarni nazariy jihatdan umumlashtiradi.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)


Iqtisodiy qonunlar -- iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi ichki, barqaror, doimiy takrorlanib turadigan sabab-oqibat bog‘liqliklarini va aloqadorliklarini ifodalaydi.

Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskari bog‘liklik bo‘lishi mumkin. Masalan, talab qonuni narx bilan sotib olinadigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi teskari, taklif qonuni esa mahsulot narxi bilan uning chiqariladigan miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.



Iqtisodiy qonunlarning ob'ektiv xarakteri -Ularning amal qilishi kishilarning xoxish-irodasiga bog‘liq emasligini bildiradi. Shu bilan birga, ular insoniyat jamiyati mavjud bo‘lganda va takror ishlab chiqarish ro‘y berganda amal qiladi hamda kishilarning maqsadli iqtisodiy faoliyati orqali namoyon bo‘ladi.

Iqtisodiy qonunlar tizimi


Maxsus iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, quldorlik,feodal, «kapitalistik», «sosialistik» taqsimot qonunlari, qo‘shimcha qiymat qonunlari va h.k

Oraliq yoki davriy iqtisodiy qonunlar -insoniyat jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar (talab qonuni, taklif qonuni va x.k.

Umumiy iqtisodiy qonunlar—kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, vaqtni tejash qonuni va h.k.

-


Ilmiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
    • Iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasi bo‘lib, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tub mohiyatini aks ettiradi. Masalan, talab, taklif, baho, raqobat, bozor, pul va hk. 

IQTISODIY KATEGORIYaLAR AMAL QILISh DAVRIGA KO‘RA QUYIDAGI GURUHLARGA AJRATILADI

Maxsus-alohida iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi.

Oraliq-jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida mavjud bo‘ladi.

Umumiy-jamiyat taraqqiyotining bosqichlarida amal qiladi.

Iqtisodiy tahlil uslubi va tamoyillari


Uslub - bu ilmiy bilishga yondashish yo‘llari, tamoyillari, qonun-qoidalari va aniq xodisalar tizimi.

Ilmiy bilish usullari



Dialektik usul- iqtisodiyot turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi;

-iqtisodiy jarayonlar doimiy o‘zgarishda (oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga) va rivojlanishda deb hisoblaydi.



Ilmiy abstraksiya- tahlil paytida hodisa va jarayonlarning ikkinchi darajali belgilari fikrdan chetlashtirilib hamda eng asosiy belgilarini ajratib olish orqali ularning mohiyatini ochib berishga harakat qilish.

Tahlil va sintez usuli- Taxlil — bu o‘rganilayotgan voqea-hodisalarni alohida qismlarga ajratib, sintez esa ularni yaxlit bir butun qilib birlashtirish orqali mohiyatini ochib berish.

Mantiqiylik va tarixiylik usuli - Tarixiylik-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tarixiy rivojlanish davrlari nuqtai -nazaridan mantiqiylik esa ularning ichki qonuniy bog‘lanishlari orqali tahlil qilish. Eksperiment-Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy chora-tadbirlarni sinov tariqasida iqtisodiyotning alohida bo‘g‘inlarida qo‘llash. Bu usul islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyot inqiroz va turg‘unliklarga uchragan davrlarda alohida muhim ahamiyatgaega. Matematik va statistik usul- Iqtisodiy hodisalar miqdoriy o‘lchamga ega bo‘lganligi sababli ularni tahlil qilishda matematik amallardan keng foydalaniladi. Statistik usul- statistik kuzatish, tanlash, aloqida bslgilari bo‘yicha guruxlarga ajratish va o‘rtacha miqdorlar chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.


Grafik-O‘zgaruvchi mikdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.

Pozitiv va normativ usul -Pozitiv usul voqea-hodisalarni real hayotda qanday bo‘lsa shu holicha aks ettirish, normativ usul esa ularning haqiqatda qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi kishilarning fikr-mulohazalari.

Farazlash usuli -iqtisodiy tahlilda «boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda» yoki «boshqa omillar ta'sir qilmaganda», degan farazdan foydalanib, yagona omil ta'sirida iqtisodiy hodisaning mohiyatini ochishga harakat qilinadi

IQTISODIY MODELLAR TURLARI

Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir.

Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me'yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.

Muvozanatlashgan modellar - iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi.

Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.

IQTISODIYOT NAZARIYASINING TAMOYILLARI (PRINSIPLARI)


Samaraning kamayib borishi

Resurs cheklangan sharoitda tanlash zarurligi

Qiymatning muqobilligi

Keyingi o‘zgarishlarni inobatga olish

Qabul qilingan qarorlarning oqibatlarini hisobga olish

IQTISODIY RESURS TUSHUNCHASI VA UNING TURLARI

Resurslar – bu iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish)ning umumiy shart-sharoitlari, moddiy asosi va iqtisodiy omillaridir. Ularni umumlashtirilib ishlab chiqarish resurslari va iqtisodiy resurslarga ajratiladi.

Ishlab chiqarish resurslari

Jamiyat ixtiyorida mavjud bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan qimmatliklar.

Ishlab chiqarish resurslari funksional vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:



● tabiiy resurslar – bu tabiat inomlari;



● moddiy resurslar – inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalari;



● mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshdagi aholi;



● moliyaviy resurslar – ishlab chiqarishni tashkil qilishga ajratilgan pul mablag‘lari;

Tabiiy resurslar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi. :

qayta hosil qilinadigan va qayta hosil qilinmaydigan;

tiklanadigan va tiklanmaydigan;

Iqtisodiy resurslar

Bu iqtisodiy faoliyatda zaruriy hajmda foydalaniladigan tabiiy, moddiy va inson resurslari yoki uning potensial omillaridir.



Yer

Bu foydalanishga yaroqli yerlar va boshqa tabiiy resurslar (suv resurslari, foydali qazilmalar, o‘rmonlar va ishlab chiqarishning tabiiy-iqlim sharoitlari)

Insonlar tomonidan vujudga keltirilgan ishlab chiqarish vositalari. Bular xom-ashyo, materiallar, mashina va uskunalar, bino va inshootlar, transport va aloqa vositalari.

Ishchi kuchi – insonda mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy layoqat. Mehnat uning sarflanish jarayoni.

Alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob xislat, talant va qobiliyatdir

Kapital

Mehnat (ishchi kuchi)

Tadbirkorlik layoqati

ALOHIDA KISHILARGA XOS BO‘LGAN NOYOB XISLAT, TALANT VA QOBILIYATDIR





Ijtimoiy-iqtisodiy

Jamiyat ehtiyojlari quyidagi shakllarda

nomoyon bo‘ladi:

►Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. ►Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. ►Tabiiy-geografik va iqlim sharoitlari. ►Tarixii, milliy an'analar va urf-odatlar. ►Aholi sonining o‘sishi va uning ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi. ►Xududiy milliy va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasi. ►Xalqaro aloqa va kommunikasiya tizimlarining rivojlanish holati.


Jamiyat ehtiyojlarining barcha tarkibiy qismlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyat — ular cheksiz va chegarasizdir.

Jamiyat zhtiyojlari darajasiga ta'sir

ko‘rsatuvchi omillar:

Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni – Jamiyat ehtiyojlarining mikdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishini bildiradi.

Ehtiyojlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra – ishlab chiqarish va iste'mol ehtiyojlariga, qondirilishining dolzarbligiga ko‘ra – birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarga ajratib o‘rganiladi.

Ehtiyojlarning o‘sib borishini

taqozo qiluvchi omillar:

● Aholining tabiiy o‘sishi - buning natijasida ehtiyojlar mikdoran ortib boradi; ● Fan-texnika taraqqiyoti va reklama. Uning ta'sirida kishilarda yangi tovarlarga ehtiyoj paydo bo‘lib, u sifat jihatdan takomillashib boradi.


Extiyojlarga xos bulgan muhim xususiyat — turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishidir. Bu bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqarishini anglatadi. Masalan, kompioterlarga paydo bo‘lgan ehtiyoj o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, xizmat kursatish, dastur tuzish kabilarga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.

Extiyojlarga xos bulgan muhim xususiyat — turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishidir. Bu bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqarishini anglatadi. Masalan, kompioterlarga paydo bo‘lgan ehtiyoj o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, xizmat kursatish, dastur tuzish kabilarga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.


Ehtiyojlarning usib borishiga qarshi

ta'sir qiluvchi omillar:

- Ishlab chiqarishning rivojlanish holati - Iqtisodiy faollikning siklik ro‘y berishi. - Jamiyatdagi mavjud hukmron munosabatlar - Favqulodda holatlar (urushlar, iqtisodiy tizimlar almashishi). - Tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini va h.k.)


Ehtiyojlarning turlari va tarkibi, ularning qondirilish darajasi.

Qondirilish xarakteri va darajasiga ko‘ra:

Jamoa yoki guruhlar darajasida qondiriladigan ehtiyojlar.

Yakka yoki individual tarzda qondiriladigan ehtiyojlar

Umumjamiyat miqyosida qondiriladigan ehtiyojlar


Ehtiyojlar bir qator mezonlar bo‘yicha turkumlanib tahlil qilinadi.

Ehtiyojlarni qondirish vositalarining ashyoviy-buyum shakliga ko‘ra:

  • Moddiy ehtiyojlar — moddii kurinishga ega bulib, kishilarning ular bilan ta'minlanishi hayot kechirishining birlamchi shartidir. Bular hayotiy zarur vositalarni (oziq-ovqat, turar-joy) va zebu-ziinat buyumlari (mebel', avtomobil', xolodil'nik, televizor, dala hovli)ni o‘z ichiga oladi
  • Ijtimoiy ma'naviy va madaniy-maishiy ehtiyojlar — asosan xizmatlar shaklida qondirilib, insonning ahloqii, ma'naviy, madaniy va jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi. Mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham ijtimoiy ehtiyojning tarkibiy qismidir

Qondirish usuliga qarab:

►Bevosita qondiriladigan ehtiyojlar — kishilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste'mol qilinadigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlar.

►Bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar — bu ishlab chiqarish maqsadlari uchun iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar.

Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste'mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga taqqoslash orqali aniqlanadi, ya'ni

Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste'mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga taqqoslash orqali aniqlanadi, ya'ni

EQD = HI / EUD x 100

EQD tovar (xizmat)larning alohida turlari va guruhlari bo‘yicha aniqlanadi.


Iqtisodiy adabiyotlarda mutloq va nisbiy, minimal va maksimal, qondirilishi muqarrar zarur bo‘lgan va keyinchalik qondirsa bo‘ladigan, joriy davrda va istiqbolda qondiriladigan, birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar ham ajratib ko‘rsatiladi.

4. MUQOBIL TANLOV NAZARIYASI. ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATI VA UNING CHEGARASI

Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi


Mahsulot turlari

M u q o b i l i sh l a b ch i q a r i sh

А

Б

С

Д

Е

Г

guruch (tonna) «X»

0

10

20

30

40

50

guruch (tonna) «Y»

25

20

15

10

5

0

Adabiyotlar ro’yhati

  • Jo’rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. . Darslik..-T.: «Fan va texnologiya» nashr, 2018. – 512 bet.
  • Ўлмасов А., Ваҳобов А.В. Иқтисодиёт назарияси. Дарслик. – Т.: «Iqtisod- moliya», 2018. – 480 бет.
  • Jo’rayevT.,Iqtisodiyotnazariyasi. О’quvqo’llanma. .-T.: «Fanvatexnologiya» nashr, 2017. – 638 bet
  • В. Ф.Максимова [и др.] Экономическая теория:учебник для бакалавров /; под общей редакцией В. Ф. Максимовой. – Москва: Издательство Юрайт, 2019. – 580 с
  • ToshmatovSH, AsatullaevX, AllaberganovZ. Darslik. T.: Iqtisodiy ta’limotlar tarihi« Iqtisod-moliya», 2018. – 341 bet.
  • Г. Е. Алпатов [и др.]. Экономическая теория : учебник и практикум для бакалавриата и специалитета / Под редакцией Г. Е. Алпатова. – Москва: Издательство Юрайт, 2018. – 299 с.
  • Mc Connell, Brue. Economics. 21th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2018. – 450 p. Gregory Mankiw. Principles of Economics, Boston, MA, USA : Cengage Learning 2018. – 360 p
  • ҚЎШИМЧА АДАБИЁТЛАР
  • Ўзбекистон Республикаси Конституцияси – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 46 б
  • Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида"ги 4947-сонли Фармони. “Халқ сўзи” газетаси, 2017 йил 7-февраль.
  • ИНТЕРНЕТ САЙТЛАРИ:
  • www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси хукумат портали.
  • www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси.
  • www.cbu.uz- Ўзбекистон Республикаси марказий банки расмий сайти
  • www.stat.uz– Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитасининг сайти
  • www.tmi.uz– Тошкент молия институтининг расмий сайти.

E'TIBORLARINGIZ

UCHUN

RAHMAT!


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling