O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Gidrotexnika inshootlariga qo‘yiladigan yuklamalar va ta’sirlar. қайтарилватди


Download 472.87 Kb.
bet10/11
Sana01.03.2023
Hajmi472.87 Kb.
#1240892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
28 Қодиров А

3.2. Gidrotexnika inshootlariga qo‘yiladigan yuklamalar va ta’sirlar. қайтарилватди
Gidrotexnika inshootlariga har xil yuklamalar ta’sir qiladi. Ular ta’sir qilish xarakteri, kelib chiqishi, ta’sir etish muddati va takrorlanishi bilan farqlanadi. Ulardan ba’zi birlari doimiy qolganlari esa ma’lum davrda ta’sir etadi muzlar ta’siridagi yuklanishlar yoki qisqa muddatli va takrorlanishi tasodifiy bo'ladi.
Demak, inshootlarga bir vaqtning o'zida har xil kuchlar ta’sir qilish mumkin. Gidrotexnika inshootlari mustahkamlik va ustivorlik hisoblarini bajarishda QMQ bo’yicha asosiy va maxsus yuklamalar birikmalariga ajratiladi. Asosiy birikma doimiy va vaqtinchalik uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklamalar va ta’sirlardan, maxsus yuklamalar esa - doimiy, vaqtinchalik uzoq muddatli, alohida qisqa muddatli va maxsus yuklamalar va ta’sirlarining birortasidan hosil bo'ladi. Doimiy yuklamalarga inshoot og'irligi va undagi doimiy qurilmalar transformator, gidroagregatlar tog' bosimi; grunt bosimi; yuzaga tushadigan yuklamani hisobga olgan holda; normal dimlangan sathda inshoot hisobiy kesimlaridagi temir-beton konstruksiyalarining qurilish choklaridagi gidrostatik, filtratsiyaga va filtratsiyaga qarshi hamda beton va temir-betonli qurilish choklaridagi bosim kiradi. Vaqtinchalik uzoq muddatli yuklamalar va ta’sirlarga inshoot zamini va konstruksiyasining deformatsiyasidan yoki harorat ta’siridan hosil bo'ladigan gruntning asosiy bosimdan tashqari qo'shimcha bosimi va yig'ilib qolgan cho'kindilar bosimi kiradi.
Qisqa muddatli ta’sirlarga kemalar, to'lqin, shamol, qor va muzlar ta ’siridagi yuklar; transport va ko'tarish mexanizmlaridan hosil bo'ladigan ko'taruvchi kuchlar; oquvchan jismlar ta’siridagi yuklamalar; inshootni normal ekspluatatsiyasi davridagi gidravlik zarba bosimi; bosimli va bosimsiz quvurlardagi pulsatsiya yuklanishlari kiradi. Muhim maxsus yuklamalarga jadallashgan dimlangan sathda betonli, temir-betonli konstruksiyalarning qurilish choklarida va hisobiy kesimlaridagi qo'shimcha suvning gidrostatik bosimi, g'ovaklardagi suvning bosimi hamda qarshi bosimi; filtratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalari normal ishlamaganda qo'shimcha filtratsiya bosimi; seysmik 49 ta’sirlar; to iiq yuklamalar to'liq olinganda gidravlik zarba bosimi, muzlar ta’siridagi bosim; harorat va namlik ta’sirlari kiradi.



Download 472.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling