O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA UMUMIY


Download 472.87 Kb.
bet9/11
Sana01.03.2023
Hajmi472.87 Kb.
#1240892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
28 Қодиров А

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR
3.1. Gidrotexnika inshootlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ishlash sharoitlari.
Gidrotexnika inshootlari sanoat va uy-joy qurilishi inshootlaridan farqli o'laroq, muvozanat holatidagi yoki harakatdagi suv bilan doimiy ravishda bog'liqdir, bu o'z navbatida unga mexanik, fizik-kimyoviy va biologik ta’sir qiladi. Suvning mexanik ta’sirlari inshoot va uning zaminiga statik va dinamik yuklanishlar ko'rinishida ta’sir etadi. Betonli to'g'onning yuqori bef 4 5 tomonidan gidrostatik bosim ta’sir qiladi. Bunday yuklanish inshootni siljitishi va ag'darishi mumkin. Bunga yo‘1 qo‘ymaslik uchun to‘g‘on og‘irligini oshirish, uning tovoni bilan zaminni o ‘zaro birlashishini ishonchli qilish kerak. Ustidan suv o'tkazuvchi to‘g‘onlarda suv, uning elementlariga gidrodinamik ta’sir etadi, uning pastki befini suv urilma, risberma mustahkamlashni loyihalarda hisobga olishimiz lozim, aks holda suv ombori to‘g‘oni tubining buzilishlari yuvilishlarga olib keladi. Suv omborida hosil boiadigan shamol to'lqinlari to‘g‘onga dinamik ta’sir qiladi. Yuqori seysmik hududlarda qurilgan to‘g‘onlar, seysmik inersiya yuklanishlarni qabul qiladi.
Bu yuklanishlarga suvning seysmik bosimi va inersiya kuchlari, gruntli to‘g‘onlarda esa grunt bo'shliqlaridagi suvning dinamik bosimi kiradi. Inshoot tovoniga pastdan yuqoriga filtratsiya bosimi ta’sir qiladi. Qish vaqtida muz qoplamasining termik kengayishi natijasida va muz ko'chish oqish davrida gidrotexnika inshootlari muzlardan hosil bo'ladigan yuklanishlarni qabul qiladi. Suvning fizik-kimyoviy ta ’sirlari ko‘pgina ko‘rinishlarda namoyon boiib, ular inshoot yuza qismlarini oqim ta’sirida yemirilishiga, metall konstruksiyalari va qurilmalarning korroziyasiga, kavitatsiya va kavitatsiya eroziyasiga, filtratsiya oqimi ta’sirida inshoot zaminidagi gruntlaming tarkibidagi gips, tuzli tosh, ohaktoshlarning tez erishi tufayli kimyoviy suffoziya sodir bo‘lishiga olib keladi. Suvning biologik ta’sirlari suvda yashaydigan orgauizmlarning gidrotexnika inshootlarining yog'och qismlarining chirishiga, quvurlarda, beton yuzalarida va p anjaralarida suv o‘tlarining o‘sishiga olib keladi.
3 .1-rasm Gidrotexnik inshoot

Tarm oqdagi maxsus gidrotexnika inshootlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) meliorativ tizimlar ishonchliligini ta’minlash suv iste’moli grafigi asosida sug'orish tarmoqlariga suvni o'z vaqtida tarqatish; 2) zax qochirish tarmoqlaridagi suvni o'z vaqtida chiqarib yuborish. Sug'orish va zax qochirish tarmoqlarida suv taqsimlashni boshqarish inshootini gidravlik ishlash sharoitlari ularning konstruksiyasini va boshqarish elementlari qabul qilishni belgilab beradi.





Download 472.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling