ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasining Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi tomonidan Davlatimiz
rahbarining «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da
belgilab berilgan asosiy
vazifalaridan kelib chiqqan holda hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish
faoliyati asosiy yo’nalishlarga muvofiq o’tgan yilda ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni
yanada rivojlantirish, markazda va
joylarda davlat hokimiyati idoralari, shuningdek, turli ijtimoiy va boshqa
tuzilmalarning sog’liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida shu
paytgacha qabul qilingan dasturlarning so’zsiz bajarilishi bo’yicha mas’uliyatini
oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Qo’mita a’zolari tomonidan o’z ish faoliyatlari davomida atrof-muhitni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
samarali foydalanish, mamlakatimizning
muhofaza etiladigan tabiiy hududlari maydonlarini kengaytirish hamda biologik
xilma-xillikni saqlash, chiqindilarni boshqarish
masalalarini takomillashtirish,
qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni hayotga kengroq joriy
etish hamda shu asosda ushbu yo’nalishlardagi qonunchilikni
takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratildi.
O’tgan yilda deputatlik tashabbusi asosida 7 ta qonun loyihasi, jumladan 3 ta
yangi qonun loyihasini ishlab chiqish va 4 ta amaldagi qonunlarga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish orqali ularni yanada rivojlantirish ustida ish olib borildi.
Muhtaram Yurtboshimizning, «Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da
ilgari surgan g’oyalari asosida Ekoharakat deputatlar guruhi va siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: