O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi st-82 guruh talabasining “Soliq ma’murchiligi” fanidan tayyorlagan mustaqil


Download 0.51 Mb.
Sana16.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1273229
Bog'liq
Olimov Shoxjaxon Soliq ma\'murchiligi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti “Soliqlar va sug’urta” fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi ST-82 guruh talabasining “Soliq ma’murchiligi” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Tayyorladi: Olimov Sh.

Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari


Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:
1. Ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
2. Budjetdan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan yoki ko‘rsatilgan xizmatlar haqining to‘lovlari kechiktirilganda;
3. Manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;
3.1. Manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;
3.2. Agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik sub’ekti) Soliq Kodeksi 101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;
3.3. Agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi toʻgʻrisida xabarnoma yuborgan boʻlsa. Mazkur tartib qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlovchilariga nisbatan qoʻllaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);
4. Jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;
5.Tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega bo‘lsa.
6. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
Agar 1, 3 - 6 - bandlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
1) Yuridik shaxsga — uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
2) Jismoniy shaxsga — uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli.
Agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 1 yoki 2-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash ushbu modda ikkinchi qismining 3.3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi.
Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 3, 3.1, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda, 3.2-bandi bo‘yicha soliqlarni to‘lash kechiktirilgan kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. 3.2-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra foizlar soliqlarni to‘lash kechiktirish bo‘yicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng amal qilish muddati tugagan sanadan e’tiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda o‘n ikki oy ichida to‘lanadi.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling