Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va


MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI


Download 209.61 Kb.
bet2/15
Sana26.03.2023
Hajmi209.61 Kb.
#1297728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2019-Ko\'p tarmoqli fermer samaradorligi-Viloyat

1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 noyabr kuni «Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.


Hujjatda qayd etilishicha, paxtachilik tarmog‘ining jadal rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Ular qatorida, birinchi navbatda, xom ashyoni qabul qilish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilishda hisobga olish va nazorat tizimining mavjud bo‘lmasligiga olib kelgan zamonaviy texnologiyalarning yetarlicha joriy etilmaganligini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.
Fermer xo’jaliklarining samarali faoliyat olib boorish ko’p jihatdan ularga ko’rsatilayotgan xizmatlar iqtisodiy munosabatlari shakllanishiga bog’liq. Shu sababli fermer xo’jaliklariga servis xizmati ko’rsatish bo’yicha bozor infratuzilmasini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligini tadqiq etish mazkur bitiruv malakaviy ishning mavzusi qilib belgilandi.
Fermer xo’jaliklariga servis xizmati ko’rsatish bo’yicha bozor infratuzilmasining ko’p tarmoqliligi va barcha mavjud muammoalarni bir ishda yoritishning imkoni yo’qligini hisobga olgan holda, fermer xo’jaliklarini boshlang’ich ommaviy tashkil etish bosqichida davlat ularni tashkil qilish va faoliyatini tartibga solish bo’yicha tashkiliy masalalarni vaqtinchalik o’z bo’yniga olgan infratuzilma tarmoqlari ham mazkur tadqiqotning asosiy ob’yektlaridir. Kurs ishini bajarishda Respublikamiz Prezidenti asarlari, risоlalari, ma’ruzalari, hamda tegishli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar va avtoreferatlardan fоydalanilgan.
Quyida malakaviy bitiruv ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim adabiyotlarga sharh berib o’tamiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2012, 43-son, 493-modda.
Ushbu farmonda mavjud fermer xo’jaliklari faoliyatini yanada chuqurlashtirishga oid masalalar ko’rib chiqilgan. Qishloq xo’jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo’jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi bo’ldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuyg’usi mustahkamlandi.
Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bog’liq bo’lgan boshqa tarmoqlarni hamda ishlab chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
Birinchi navbatda gap fermer xo’jaliklarini yanada takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-suv resurslaridan va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishda, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish to’g’risida bormoqda.
Shuni e’tirof etish kerakki, hozir amalda bo’lgan fermerlik harakatini tashkil qilish va boshqarish tizimi, xususan, Fermer xo’jaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyati qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayonlariga hamda fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishga sust ta’sir o’tkazmoqda.
Hozirgi sharoitda fermerlik harakati oldida turgan jamiyatni demokratlashtirishni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va liberallashtirish, mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirishning eng muhim bo’g’ini sifatida fermer xo’jaliklarining roli va ahamiyatini oshirish vazifalarining fermerlik harakati tomonidan ro’yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida zaruriy chora-tadbirlar belgilab o’tilgan.
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. 744-son. 19.09.2018.
Fermer xo’jaliklari va to’qimachilik sanoati korxonalari o’rtasida bozor munosabatlarini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish doirasida 2018 yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etildi. Joriy yil boshidan buyon paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlari tomonidan ishlarni tashkil etishning ilg’or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, zamonaviy qishloq xo’jaligi texnikasi bilan jihozlash hamda paxtachilik tarmog’iga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va agronomlarni jalb etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakllarini joriy etish doirasida 2018 yilda maydonlarni egiluvchan plastik quvurlar vositasida sug’orish orqali 3163 gektar paxta maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalar qo’llanildi, suv chiqarish tizimlari va hovuzlar barpo etildi, sug’orish manbalari uzoq bo’lgan tumanlarda 225 ta nasos agregatlari o’rnatildi, 1285 ta turli qishloq xo’jaligi texnikasi xarid qilindi, qishloq xo’jaligi bo’yicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislar (agronomlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar, ilmiy institutlar mutaxassislari) jalb qilindi, xorijiy davlatlarga borgan holda Turkiya, Isroil, Braziliya va AQShning paxta yetishtirish bo’yicha muvaffaqiyatli tajribasi o’rganildi, 4,3 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo’shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida. 14.01.2018. 25-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 9 oktyabrdagi PF-5199-son Farmoni hamda «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi xodimlari kuni» bayram tadbirida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovasion yangiliklarni tizimli joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida» 2017 yil 13 dekabrdagi PQ-3432-son qarori ijrosini ta’minlash, fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari, dala chetlari hamda sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo’ylaridagi yerlardan samarali foydalanish orqali ularning daromadlarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilgan.
4. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 08.12.2018
Sizlarga yaxshi ma’lumki, yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligi bo’yicha ham muhim dasturlar, “yo’l xarita”lari ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag’batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g’allani moliyalashtirish tartibi o’zgartirilgani, O’zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o’z mablag’larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo’lganini ta’kidlash lozim.
Bu yilgi mavsumda g’alla yetishtiradigan fermerlarga 1 trillion 33 milliard so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 142 foiz, paxtachilik xo’jaliklariga esa 5 trillion 138 milliard so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko’p imtiyozli kreditlar ajratilgani soha rivojiga yuksak e’tibor namunasidir.
Ushbu tarmoqqa bozor mexanizmlari, xo’jalik yuritishning agroklaster tizimi joriy etilayotgani, ilgari e’tiborimizdan chetda bo’lib kelgan zamonaviy issiqxonalar, baliqchilik, asalarichilik, qizilmiya, za’faron, qalampir, sarimsoqpiyoz, to’qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish, parrandachilik, yilqichilik, tomorqa xo’jaliklari kabi yo’nalishlar jadal rivojlanayotgani tub tarkibiy o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Bularning barchasi qishloq xo’jaligini mahalliy va chet ellik investorlar uchun tobora jozibali, istiqbolli tarmoqqa aylantirmoqda.
5. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018
Murojaatnomada ta’kidlanishicha, qishloq xo’jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng muhim vazifamizdir.
Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-to’qimachilik klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. – T.: Ma’naviyat, 2019. – 312 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.
2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan.
Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.
Qo’llanmada ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 59327,1 milliard so’mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar – 58 91 milliard so’mni, o’rmon xo’jaligi – 100,5 milliard so’mni, baliq xo’jaligi – 238,5 milliard so’mni tashkil qildi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 70,9 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklariga, 26,9 foizi – fermer xo’jaliklariga, 2,2 foizi – qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to’g’ri keldi.
2018 yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 33 340,1 milliard so’mni, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 57,3 foizni tashkil qildi.
2018 yilda barcha toifadagi xo’jaliklarda 6124,1 ming tonna (90,8 foiz) don ishlab chiqarildi, 2410,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi, 8661,4 ming tonna sabzavot, 1607,2 ming tonna poliz, 2 090,0 ming tonna meva va rezavorlar, 1313,6 ming tonna uzum yig’ib olindi.
7. Babajanov A., Usmonov Y., Boyqulov J. Qishloq xo’jalik yerlaridan barqaror foydalanishning tashkiliy-xo’jalik va agrotexnik tadbirlari//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2018. -№1 (51). -64-65-b.
Mualliflar jamoasi, qishloq xo’jaligida yer resurslariga to’xtalib o’tar ekan, shunday xulosaga kelishgan. Mamlakatning sug’oriladigan hududlarida yerlardan barqaror foydalanishni ta’minlash birinchi galda qihloq xo’jalik maydonlarining meliorativ holatini yashilash, sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlarini doimiy ishchi holatida saqlash va hokazolar bilan bog’liqdir.
8. Murtazayev O., Axrorov F. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM-ZIYO, 2017.
Mazkur darslikning 4-bobi “Qishloq xo’jaligda mulk va xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi” deb atalib, 4.4 – “Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari tajribasi” mavzusida quyidagilar yoritilgan: Fermerlik harakati, ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy tajribalar bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib, Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatda fermer xo’jaliklarining turli xil shakllari: oilaviy fermerlar, yirik fermer xo’jaliklari, fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi turli xil servis korxonalari va muassasalari, ularning ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.
9. Olimjonov O., Farmonov T., Qosimbekov P., Sirojiddinov S., Qosimov M., Rafiqov I. Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari. –T.: Universitet, 2005.
Ushbu kitob O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan Amerika Qo’shma shtatlarining xalqaro rivojlantirish Agentligi ko’magida va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini qo’llab-quvvatlash Dasturi bilan hamkorlikda tayyorlangan. Unda qishloq xo’jaligida fermerlik faoliyatining huquqiy asoslari, fermer xo’jaliklari faoliyati qonun himoyasida, fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil qilish, fermer xo’jaligida shartnomaviy munosabatlar yoritilgan bo’lib, shuningdek, servis xizmati va uni ko’rsatish tartibi misollar yordamida ko’rsatilgan.
10. Rashidov J.., Shavkarov B. Boshqaruv samaradorligini oshirish. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2015. -№1. -3-b.
Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni taklif qilishadi:
- Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib borish;
- Xorij tajribalaridan keng foydalanish;
- Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish;
- Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish;
- Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni rag’batlantirish.
11. Rizayeva F. Fermer xo’jaligini rivojlantirishda xorij tajribasi //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№12. -38-b.
Muallif fermer xo’jaliklarini samarali rivojlantirish uchun AQSh tajribasiga to’xtalib o’tgan va undan kelib chiqib, respublikada quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya qilgan:
- fermer xo’jaliklarini mahsulot sotishiga qarab guruhlarga ajratish vash u asosida imtiyozlar berish;
- qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorini chukur tahlili asosida marketing dasturini ishlab chiqish;
- qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi va qo’llab-quvvatlovchi maxsus davlat tashkilotini tashkil etish.
12. Serikbayev B., Bo’tayorov A., Ubaydullayev A. Fermer xo’jaliklarida suvdan foydalanishni takomillashtirish//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2017. -№2 (46). -90-91-b.
Mualliflar maqolani Surxondaryo viloyati misolida yoritishgan. Bunda suvdan foydalanish koeffitsiyenti (SFK) qiymati hisoblangan. SFK qiymati 0,9 dan kam bo’lishi, tungi sug’orishlar amalga oshirilmayotganligidan, sug’orish suvi kollektor-zovurlarga tashlanayotganligidan, xo’jalik ichi tarmog’ini haqiqiy foydali ish koeffitsiyenti to’g’ri emasligidan, sug’orish maydonlari hisobga olinmaganligidan dalolat bergan.
13. Sultanov R. Fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash – taraqqiyot garovi//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2016. -№11. -44-b.
Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshiriliayotgan keng ko’lamli islohotlar soha rivojlanishining barqarorligini ta’minlab, davlat va jamiyat hayotida fermer xo’jaliklarining tutgan o’rni va ahamiyati tobora ortib borishiga xizmat qilmoqda. Fermer xo’jaliklariga bugungi kunda yaratib berilayotgan imtiyozlar fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, barcha fermer xo’jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish, barcha fermer xo’jaliklari faoliyatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko’paytirish, yer va suvdan samarali foydalanishni tashkil qilish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish, har bir fermerning yanada samarali ish yuritishga chorlashga xizmat qiladi.


Download 209.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling