Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va


Download 209.61 Kb.
bet7/15
Sana26.03.2023
Hajmi209.61 Kb.
#1297728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2019-Ko\'p tarmoqli fermer samaradorligi-Viloyat

3.1.1-jadval
Samarqand viloyati qishloq xo’jaligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili*



Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

Yillar

2018 yilda 2016 yilga nisbatan o'zgarish

2016

2017

2018

+/-

%

1

Yer maydoni

ga

610523,0

610523,0

610523,0

0,0

100,0

2

Mehnat resurslari soni

kishi

138715

125480

120814

-17901,4

87,1

3

Moddiy resurslar qiymati

mln so’m

241541,9

265696,1

292265,7

50723,8

121,0

4

Jami daromad

mln so’m

6752349,6

9133052,2

9550112,4

2797762,8

141,4




sh.j.:

















-

1 ga yer hisobiga

ming so’m

11059,9

14959,4

15642,5

4582,6

141,4

-

1 xodim hisobiga

ming so’m

48677,7

72784,9

79048,1

30370,3

162,4

-

1000 so’mlik asosiy vosita hisobiga

so’m

27955,2

34374,1

32676,1

4720,9

116,9

5

Jami xarajatlar

mln so’m

5639955,4

7558517,4

8056098,7

2416143,3

142,8

6

Yalpi foyda

mln so’m

1112394,2

1574534,8

1494013,7

381619,5

134,3

-

1 ga yer hisobiga

ming so’m

1822,0

2579,0

2447,1

625,1

134,3

-

1 xodim hisobiga

ming so’m

8019,3

12548,1

12366,2

4347,0

154,2

-

1000 so’mlik asosiy vosita hisobiga

so’m

4605,4

5926,1

5111,8

506,4

111,0

7

Asosiy yetishtirilgan mahsulotlar:

















-

paxta

tonna

217425,0

218909,0

129508,0

-87917,0

59,6

-

g’alla

tonna

721744,6

670789,0

554051,0

-167693,6

76,8

-

sabzavot

tonna

1767944,0

1326055,1

1414809,0

-353135,0

80,0

8

Rentabellik darajasi

%

19,7

20,8

18,5

1,2 punktga pasaygan

*Manba: Samarqand viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlari

3.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Samarqand viloyati qishloq xo’jaligida 2018 yilda jami 610523,0 ga yer resurslari bo’lib, unda 120814 kishi mehnat qilgan, xo’jaliklarining moddiy resurslari qiymati 292265,7 mln so’m bo’lib, 9550112,4 mln so’m daromad, 8056098,7 mln so’m xarajat va 1494013,7 mln so’m foydaga ega bo’lishgan. Bu ko’rsatkichlar 2016 yilga nisbatan mos ravishda 41,4%, 42,8% va 34,3%ga oshgan. Asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 yilda paxta – 129508,0 tonna, g’alla –554051,0 tonna, sabzavot – 1414809,0 tonna yetishtirilgan. Viloyat qishloq xo’jaligining rentabellik darajasi 2018 yilda 18,5 foizni, 2016 yilda 19,7 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2018 yil 2016 yilga nisbatan 1,2 punktga pasaygan.


Fermerchilikda ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, uni davr talabi darajasiga ko’tarish, fan–texnika, ilg’orlar tajribasini ishlab chiqarishga joriy etish chora – tadbirlarini ko’rish hamda g’o’zani hashorat va kasalliklardan saqlashda uyg’unlashgan usuldan keng foydalanish, bunga ayniqsa biologik usulga e’tiborni kuchaytirishning ahamiyati beqiyosdir.


3.2. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligining hozirgi holati tahlili


Bugungi kunda fermer xo’jaliklarining salohiyatidan foydalanishda hududiy xususiyatlami hisobga olgan holda qo’shimcha tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash masalalari mahalliy davlat idoralarining muhim vazifalaridan biri bo’lishi lozim. Shuningdek, hududiy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda fermer xo’jaliklarining salohiyatidan foydalanishda ko’p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil etishdagi ustuvor yo’nalishlarni ilmiy asoslash, fermer xo’jaliklarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda ko’p tarmoqli ishlab chiqarishni davlat tomonidan huquqiy va moliyaviy tomondan qo’llab-quvvatlash yo’nalishlarini takomillashtirish, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo’jaliklarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda qo’shimcha tarmoqlarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz:


- fermer xo’jaliklarida qo’shimcha tarmoqlarni tashkil qilishda qo’shimcha yer maydonlarini ajratish yoki asosiy yo’nalish uchun fermerlarga maqsadli ajratib berilgan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining ma’lum qismida (5-10%) bozor talabi yuqori bo’lgan boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyati yaratishning huquqiy asoslarini takomillashtirib borish;
- hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda fermer xo’jaliklarida qo’shimcha tarmoqlarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan zamonaviy texnik va texnologik uskunalar, vositalarni xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
- tabiiy-iqtisodiy omillarni hisobga olib fermer xo’jaliklari salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi xorijiy tajribalarni keng ko’lamda joriy etishni rag’batlantirib borish kabi omillar soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda fermerlik faoliyati xususiy sektorning muhim bo’g’iniga aylanib bormoqda. Umuman olganda, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan so’ng, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sohasida fermer xo’jaliklarini tashkil etish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda qo’shimcha imtiyozlar taqdim etishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi.
Eng avvalo, bunda fermer xojliklari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonun hujjatlari qabul qilindi. Bunday hujjatlar qatoriga O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Yer, Soliq kodekslari, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi, davlatimiz rahbarining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida”gi, 2003 yil 27 oktyabrdagi “2004 - 2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi Farmonlari hamda Hukumatimizning ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirish yuzasidan qarorlarini kiritishimiz mumkin. Aynan ushbu Qaror fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlarga qo’shimcha imtiyozlar taqdim etish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida muhim islohotlar bosqichini boshlab berdi.
Jumladan, mazkur qaror bilan fermer xo’jaliklarining O’zbekiston Fermerlari kengashining tashkil qilish yuzasidan tashabbusiga rozilik berilib, fermerlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga yo’naltirilgan fermerlikni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturining tasdiqlanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida 10 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlari bilan fermerlarimizning huquqlari va manfaatlarining himoya qilinishi bo’yicha qo’shimcha kafolatlar hamda ularning faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutildi.
Xususan, fermerlarning haqiqiy yer egasi sifatida ish olib borishiga qaratilgan muhim yangiliklardan biri shundaki, fermer xo’jaliklariga yer uchastkalari berilishi masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyalari tarkibiga tuman fermerlar kengashi raisi ham kiritildi. Bu, bir tomondan, fermerlarga tuman komissiyalarida ishtirok etish orqali o’z ovoziga ega bo’lish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, erning haqiqiy egasiga, fermerlik faoliyatini yuritish uchun imkoniyati etarli bo’lgan talabgorga topshirilishini ta’minlash maqsadida mazkur komissiya faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun huquqiy zamin bo’lib xizmat qiladi.
Shuningdek, fermer xo’jaliklari bilan tayyorlov va xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida kontraktatsiya shartnomalari hamda moddiy-texnika resurslari etkazib berish uchun shartnomalar tuzishda fermerlari kengashining bosh mutaxassislari ishtirok etishi shartligi qonun hujjatlarida belgilab berildi. Shu bilan birga, kengashlar fermer xo’jaliklarining manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hoqimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan sudlarga to’lanadigan davlat bojini to’lashdan ozod qilindilar.
Bundan tashqari, fermer xo’jaliklariga yangi soliq va boshqa imtiyozlarni berish bo’yicha amaldagi Soliq kodeksiga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, bundan buyon:
- paxta xom ashyosini yig’ish bo’yicha mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan ishchilar daromad solig’idan;
- tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslar tegishli yer uchastkasiga nisbatan 5 yil muddatga yagona er solig’ini to’lashdan ozod etildi.
Shuningdek, fermer xo’jaliklariga yagona yer solig’ini to’lashda qo’shimcha imtiyozlar yaratish, fermerlarga nisbatan soliq idoralari tomonidan soliq to’lovi amalga oshirilmagan har bir kun uchun penya hisoblanishining oldini olish maqsadida Soliq kodeksiga 2014 yil 2 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan o’zgartirish kiritilib, soliqni to’lash muddatlari 3 davrdan 2 davrga o’zgartirildi. Jumladan, bundan buyon fermer xo’jaliklari tomonidan yagona yer solig’i hisobot yilining 1 sentyabrigacha - yillik soliq summasining 30 foizi miqdorida, 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi to’lanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlarga asosan davlat organlari tomonidan fermer xo’jaliklarining faoliyati, jumladan yer va suvdan foydalanish, navlarni joylashtirish va shu kabi boshqa masalalarga doir qonun hujjatlari ishlab chiqilishida O’zbekiston Fermerlari kengashining roziligi olinishi shartligi qat’iy belgilab berildi. Bu shubhasiz, fermerlar va kengashlarining faol ishtiroki orqali qonun hujjatlariga ularning manfaatini ifodalovchi qoida va tartiblarni kiritish uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Shuningdek, fermer xo’jaliklarini yanada qo’llab- quvvatlash maqsadida Qishloq va suv xo’jaligi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining 2013 yil 26 sentyabrdagi qo’shma qarori bilan paxta xom ashyosini etishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Aynan ushbu nizom bilan paxta xom ashyosini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermerlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutilmoqda:
a) fermer xo’jaligining paxta ekiladigan jami er maydonining kamida 5 foiziga qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish;
b) bunday ekin turlarini ekish uchun ajratilgan yer maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ta’minotchi tashkilotlar bilan to^ghidan-to^ghi shartnoma tuzish orqali dizel yoqilg’isi va mineral o’g’itlarni oldindan 100 foiz to’lovni amalga oshirgan holda tegishli shoxobchalar orqali xarid qilish;
d) tuman hoqimligi zahirasidagi er maydonlari bo’yicha o’tkaziladigan tanlovlarda fermer xo’jaligiga 10 ballgacha taqdim etish;
e) qishloq xo’jaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish;
i) fermer xo’jaligiga O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan (“Jeneral Motors O’zbekiston” AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini navbatsiz xarid qilish;
h) qishloq joylarida qurilayotgan namunaviy uy-joylardan birini navbatsiz harid qilish;
g) superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug’lik paxta etkazib berish huquqiga ega bo’lish uchun xo’jaliklar o’rtasida o’tkaziladigan tanlovda barcha shartlar bo’yicha teng ball to’plangan hollarda ustunlik berilishi.
Fermerlarimizga bunday imtiyozlarning taqdim etilishini nazorat qilishda tuman fermerlari kengashi raislari shaxsan mas’ul hisoblanadi. Yuqoridagi imtiyozlaming fermer xo’jaliklariga taqdim etilishi uchun mas’ul etib belgilangan tashkilotlar tomonidan nizom talablariga qat’iy rioya etilishi ahvoli mahalliy davlat hoqimiyati organlari tomonidan ham doimiy nazorat qilib borilishi lozim. Bunday kafolatlarning belgilanishi har bir fermerdagi mulkdorlik hissini kuchaytirib, ularni yanada samarali ish yuritishga chorlashi zarur.
Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining 2015 yil 10 apreldagi qo’shma majlisida so’zlagan nutqida fermer xo’jaliklarimiz tomonidan bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining nafaqat 90-92 foizini ishlab chiqarilayotganligi, balki qishloq hayotining taraqqiyotini o’z zimmasiga olgan ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta’kidlab o’tildi. Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari mavjud bo’lsa, shundan 76 mingdan ortig’ini yoki 15 foizini turli ixtisosliklardagi fermer xo’jaliklari tashkil etadi. Shundan 35,8 mingtasi paxta-g’allachilik (3,5 mln. ga.), 12,9 mingtasi bog’dorchilik (176,2 ming ga.), 5,8 mingtasi g’allachilik (805,3 ming ga.), 4,6 mingtasi sabzavot-polizchilik (118,6 ming ga.), 3 mingtasi uzumchilik (58,2 ming ga.) hamda 2,7 mingtasi bog’dorchilik-uzumchilikka (38,5 ming ga.) ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarini tashkil etadi.
Ushbu islohotlarning samarasi o’laroq, hozirgi kunda mamlakatimizda etishtirilayotgan yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining 99 foizi xususiy sektor hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bu, shubhasiz, fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga aylanganligidan dalolat beradi.
Fermerlarimiz dastlab mahsulotni xom ashyo sifatida yetishtirgan bo’lsalar, endilikda ular ushbu mahsulotni qayta ishlash, qishloq xo’jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga o’z faoliyatlarini kengaytirib bormoqdalar. Mazkur sohadagi ishlarimizni yanada kengaytirishimiz va rivojlantirishimiz, bir so’z bilan aytganda fermerlarimizni ko’p tarmoqli tadbirkorga aylantirishimizni zamonni o’zi talab etmoqda.
Bu borada fermer xo’jaliklarida ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish borasida mamlakatimiz bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar ko’rib kelinmoqda.
Xususan, 2015 yilda respublika bo’yicha 44.284 gektar yer maydonida 22.029 ta ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 13.739 gektar yer maydonida 6.545 ta ko’p tarmoqli, shundan 1266 tasi servis xizmatlari ko’rsatish, 623 tasi intensiv bog’, 411 tasi chorvachilik, 246 tasi baliqchilik, 235 tadan ko’chatchilik va parrandachilik, 131 tasi asalarichilik, 107 tasi issiqxona, 54 tasi mahsulotni qayta ishlab chiqarish hamda 3.657 tasi boshqa yo’nalishlardagi fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish maqsadida 2.357 ta fermer xo’jaliklariga 30,2 mlrd. so’m imtiyozli kreditlar ajratildi.
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, adliya organlari tomonidan muntazam ravishda fermer xo’jaliklarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning bilim va malakasini yanada oshirish maqsadida bir qator zarur chora-tadbirlar ko’rib kelinmoqda.
Ko’rib turganimizdek, mamlakatimizda fermer xo’jaliklarini qo’llab- quvvatlash sohasi davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. Bunday e’tibor hech bir rivojlangan davlatda mavjud emas. O’z navbatida fermerlarimiz ham bunday e’tiborni chuqur his etib, o’zining faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha o’z malakalarini oshirib borishlari, ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish natijasida eksport-import munosabatlarida ishtirok etib borishlari lozim.
Tadqiqotlar davomida Payariq tumanidagi «Ziroatshunos dalasi” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi faoliyati natijalari tahlil etildi (3.2.1-jadval).

Download 209.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling