O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniYatlari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Innovatsion menejment Gimush G.I 2006
1.4.3.Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniYatlari Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an’anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o’tish jarayoni ro’y bermoqda. Innovatsion tartibning avvalgisidan farqi shundaki, fanning shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag’batlantirishga o’tish kuzatilmoqda. Hozirda AQSHda va xususan, g’arbiy Evropada, eng avvalo FrantsiYa, GermaniYada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro’y bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng avvalo kichik va o’rta korxonalar uchun, shuningdek o’rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor dversifikatsiYa uchun eng qulay sharoitlar Yaratishdir. Fanni moliyalash bo’yicha AQSH jahonda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda ITIMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol bo’lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbai sifatida) barcha xarajatlar salmog’ining 50 foizini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Buyuk BritaniYa, SHvetsiYa va GermaniYada 40 foiz atrofida, FrantsiYad 57 foiz, YAponiYada 28 foiz. ITIMT sohasining davlat tomonidan bunday e’tibor bilan ko’plab-quvvatlanishi konuni bo’lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi. Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda qo’llab- quvvatlanishi mumkin, jumladan: • ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita byudjet mablag’larini ajratish (davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiYalar ajratish). Ayni holatda davlat yirik xa- rajatlar talab qilinadigan va ko’plab tavakkalchilikka ega bo’lgan fanning etakchi yo’nalishlaridagi ko’p kapitalli tadqiqotlarni moliyalashni o’z bo’yniga oladi. • ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari: xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag’batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini Yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va amortizatsiYa imtiyozlaridan foydalanish. Davlat ayni vaqtda kichik tadqiqot biznesi uchun shart-sharoit Yaratishga ko’maklashadi, davlat tomonidan fan-texnika taraqqiyotini bevosita moliyalash xususida to’laroq to’xtab o’tamiz. 41 Uchinchi usul bo’yicha subsidiYalar (grantlar) beriladi, subsidiYalarning o’ziga xosligini quyidagicha belgilash mumkin: •ular kichik ijrochilarning asosiy ish joyida oylik ish haqidan va unga bog’liq bo’lmagan holda beriladi; •subsidiYalar qaytarib berilmaydi; •subsidiYa olgan olim yoki ilmiy jamoa olgan mablag’larni mustaqil sarflaydi. AQSH davlat innovatsiya siyosatining ob’yekti - bu asosan xususiy biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy - texnik yutuqlardan xo’jalikda foydalanishga, ilmiy-texnik majmuada ichki aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari ancha keng. Bunga u yoki bu ma’noda biznesning innovatsion faolligini rag’batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri - universitet-sanoat, tadqiqot markazlari sanaladi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday markazlar doirasida juda keng ko’lamdagi ilmiy texnik masalalarni hal etish imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning hamkorlikdagi tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlariga ko’p sohada muqobil (alьternativ) sanaladi. Ular printsip jihatdan ishtiroqchilar faoliyatining boshqa korporatsiYa mexanizmini nazarda tutadi. O’zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma’lum bir tomonini qo’llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag’larining umumlashishini va sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o’quv yurtlari kadrlari bilan ta’minlashi rag’batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan tavakkal ilmiy texnika loyihalariga mablag’ ajratishga sanoat korxonalarini kiziqtirish uchun davlat dastlabki xarajatlarni o’z bo’yniga olib qolmasdan, ishtiroqchi firmalarga kashfiyot va ixtirolardan foydalanishda bepul lizentsiYalar ham berishi kerak bo’ladi. AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko’pincha eng maqbul me’yoridan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida monopoliYani to’xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffakiYati ham shunda. O’zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko’makchisi) sifatida ishlaydigan kichik firmalarni tashkil etish uchun shart- sharoitlar Yaratish zarur. Aytaylik, YAponiYada innovatsiya siyosatini amalga oshirishning o’zgacha mexanizmi mavjud, Ya’ni YAponiYa hukumatining dasturiy hujjatlarida bayon etilgan ilmiy texnika Yangiliklari Yaratilishida strategik tadqiqotlar etakchilari, yo’lboshchilari guruhi o’qitilishini ta’minlashga qaratilgan. Ayni paytda, innovatsiya siyosatini qayta ko’rish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, shu mamlakatning boshqalardan afzal bo’lgan o’z texnika va texnologiyasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish patent, lizentsiYa savdosiga nisbatan talabchanlikni oshirish orqali rag’batlantiriladi. YAponiYada ishlab chiqilgan mazkur siyosat amalga oshirilishining o’ziga xos tomoni shundaki, kompaniyalarning loyihalarga (ko’pincha davlat tomonidan moliyalanadigak) jalb etish mexanizmidir. Dmvlatning bu jarayondagi roli xususiy sektorda, jamoa, sanoat, ilmiy- tadqiqotlarni rag’batlantirishda ko’rinadi. U birinchi galda yirik korporatsiYalar bilan hamkorlik qilishga intiladi. YAponiYa tajribasi shuni ko’rsatadiki, demak, O’zbekistonda shakllanayotgan innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assotsiativ shaklda ilmiy tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniYatlarini vaqtinchalik yoki doimiy tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda bosh loyihani amalga oshirish uchun davlat buyurtma berish orqali ko’maklashmog’i kerak. Sanoati rivojlangan ilg’or mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamonaviy davlat strategiyasiga xos bo’lgan bir qator umumiy xususiyatlarni sanab o’tish mumkin: •ilmiy tadqiqotlarning davlat tomonidan moliyalanishi; 42 •soliq va amortizatsiYa siyosatiga mos holda rivojlangan kontrakt tizimi yordamida biznesga ilmiy tadqiqotlar uchun ta’sir o’tkazish; •universitetlar va davlat ilmiy markazlarida umummilliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish; •ta’lim tizimini moliyalash va tashkiliy takomillashtirish, ayniqsa yukori malakali kadrlar tayyorlash; •ilmiy-texnik ma’lumotlarni tarqatish tizimini Yanada rivojlantirish. YUqorida sanab o’tilgan sanoati rivojlangan mamlakatlardagi davlat innovatsiya sohasi strategiyasining umumiy tomonlarini u yoki bu darajada O’zbekiston sharoitida qo’llash mumkin. Bu o’rinda albatta, ilgari to’plangan tajriba, an’ana va hukumatning mavjud imkoniYatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. FrantsiYada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish vazifalari uch yo’nalishida olib boriladi. Birinchi darajadagi ishlar asosan, ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi (CNRS) tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur markaz ilmiy tadqiqotlarni, jumladan, ijtimoiy va inson haqidagi fanlar bo’yicha tadqiqotlarni moliyalash borasidagi milliy agentlik sanaladi, u asosan, fundamental tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlaydi. Ilmiy-texnika va innovatsiya rivojlanishining ustunliklarini bashorat qilish hamda belgilash bo’yicha ishlar esa, FrantsiYadagi yirik xususiy sanoat va davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bulsada, FrantsiYa yirik bashorat qilish loyihalarni amalga oshirish bo’yicha katta tajribaga ega. Xususan, atom va molekulYar fizika, qattiq jismlar fizikasi rivojlanishi bo’yicha bashoratlar qilingan. ItaliYada moliyalash va texnik imkoniYatlar muammolari mavjud tarmoqlarga oid korporatsiYa va kichik innovatsiya firmalari o’rtasida nomustahkam aloqa mavjud. DaniYada esa, «tarmoqlar sxemasi» (chizmasi) deb ataluvchi kichik innovatsiya firmalar tarmog’i mavjud bo’lib, u AngliYa, IspaniYa va AQSHga eksport qilinadi. SHvetsiYa va NorvegiYada ishchilarning biznesda ishtiroqiga ko’maklashishda boy tajriba to’plangan. Buyuk BritaniYa xususiy kapitalni jalb etish chora-tadbirlarini qo’llaydi. NiderlandiYa va BelgiYada texnologik reytingni Yaratish uchun muntazam tarzda ishlovchi banklar va innovatsiya mYarkazlari tarmoqlari tashkil etilgan. Innovanion jarayonlarni doimiy tadqiq etish uchun Evropa hamjamiyati 1983 yilda SPRINT innovatsiyalar va texnologiyalarni uzatishga ko’maklashishning strategik dasturini Yaratdi. Bu Evropada innovatsion jarayonlar samaradorligini belgilovchi omillarni davriy tadqiq etishni boshlab berdi. Ushbu dasturni amalga oshirish natijasida to’plangan ma’lumotlar «innovatsiya tug’risidagi Yashil kitob», deb nomlanuvchi ma’ruzaning yozilishiga sabab bo’ldi. Unda innovatsiya jarayonlarini rag’bat-lantirishning mavjud imkoniYatlari taklif etilgan. MDH mamlakaglaridagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan ko’maklashish bo’yicha TASIS dasturi birinchi galda o’z oldiga xususiylashtirishning bozor shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik infratuzilmasini Yaratish sohalaridan Evropa Nou- Xau tajribalarini o’zlashtirishga qaratilgan. Ko’rinib turibdiki, u asosan boshqaruv, axborot va moliya sohasidagi loyihalarni moliyalashga qaratilgan. INTAS dasturi esa, axborotlar va xodimlar bilan ilmiy-texnik almashuvining an’anaviy kooperativ shakli sanaladi, u innovatsiya sohasi uchun deYarli ahamiyatsiz. Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish ilmiy-texnik ta’lim tizimini modernizatsiYalashni ilmiy imkoniYatlarini ochish, xorij texnologiyasini keltirish, raqobatbardoshlik yo’nalishlarini aniqlash va boshqa masalalarni hal etishga qaratilgan. Nazorat savollari 1.XVFning baholashicha, jahon YAIMning miqdori rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda qanday o’sishi kutilmoqda? 43 2.YApon inovatsion menedjmenti usullari va uni boshqa mamlakatlar menejmentidan farqini ayting? 3.YAponiYaning yirik tadbirkori S.Xonda boshqaruv falsafasini so’zlab bering? 4.«Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri I.Matsusita boshqaruv bo’yicha birinchi xulosalarini keltiring? 5.Rivojlangan ilg’or mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) davlat tomonidan qanday shakllarda qo’llab-quvvatlanadi? 6.Sanoati rivojlangan ilg’or mamlakatlar innovatsiya siyosatining zamonaviy davlat strategiyasiga xos bo’lgan bir qator umumiy xususiyatlarni sanab o’ting? 7.FrantsiYada ilmiy-texnikani rivojlantirish afzalliklarini ishlab chiqish vazifalari nechta yo’nalishida olib boriladi va ular qaysilar? 2-bob.Innovatsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon 2.1.Innovatsion loyihalarni baholash Reja:1.Investitsion loyihalarni baholash usullari va qo’shilgan mablag’ umumiy summasi 2.Innovatsion loyihalarni baholash tartibi 3.Innovatsiya menedjmentini baholash mezonlari TaYanch iboralar: investitsiya qoplash, sof qiymat oqimi, integral samara hisobi, investitsiyalar rentabelligi, investitsiya samaradorlik koeffitsienti. 2.1.1.Investitsion loyihalarni baholash usullari va qo’shilgan mablag’ umumiy summasi Investitsiya qoplash muddati. Bu usul eng sodda usul bo’lib bunda investitsiya kanday muddatda olinadigan foyda hisobi koplalishini aniqlanadi. Pul tushumi yillar bo’yicha bar tyokis kelib tushganda: Investitsiyalar Qoplanish muddati (n)= ---------------- AmortizatsiYa yili+yillik sof foyda Agar pul tushumi bir tyokisda kelib tushmasa, investitsiyani qoplanish muddati pul tushuimning investitsiya qiymatidan ortib ketish muddatiga teng. Bu usul sodda bo’lgani bilan o’ziga xos kamchiliklarga ega. Birinchidan bir xil umumiy daromad summasi, daromadni yillar bo’yicha xar xil tao’simlaydigan loyihalar orasidagi farqni ko’rsatmaydi. Ikkinchidan, investitsiya qoplangan kegin davrni hisobga 44 olmaydi. SHunga qaramay bu usuldan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa korxona investitsiyani qisqa muddatdakoplanishidan manfatdor bo’lsa, odatda bu xol tez o’zgaruvchan texniknologik sohalardan namayon bo’ladi. Investitsiya samaradorlik koeffitsienti. YAna bir investitsiya loyihalarni baxolash usul bo’lib investitsiya samaradorlik koeffitsentini hisoblash usulidir. (investitsiya bugalter rentabilligi). Bu koeffitsent yilik o’rtacha foydani investitsiya o’rtacha qimmati bo’lishi orqali topiladi. Bu koeffitsientni hisoblashda o’rtayillik sof foyda (balans foyda byudjet ajratmalari) va investitsiya o’rtacha qiymati uning boshlangishlab chiqarish qiymatining Yarimidan foydalanadi. Olingan qiymati umumiy kapital samaradorlik koeffitsient bilan taqqoslab ko’rish e’tiborga molik. O’rtacha yillik sof foyda Investitsiya samaradorligi koef.= ----------------------------------- Investitsiyalar yig’indisi+ Asosiy fondlarni qoldiq baxosi Umumiy sof foyda Kapital samaradorligik =----------------------------------------------------- Umumiy kiritilgan vositalar yig’indisi Qo’shilgan mablag’ umumiy summasi. Bu usulning soddaligi xam qo’llanishga qulaydir, bir bu usul xam o’ziga xos kamchilikga ega bunda vaqt omilini hisobga olinmaydi. Masalan: bir xil o’rtacha yillik foydani xaqiqatga esa bu foyda yillar mobaynida o’zgarib boradi. Ma’lum darajada, birinchi ikkita usulning kamchiliklari pul oqimlarni diskontlash tamoiliga asoslangan usullarni qisqartirilishiga olib keladi.Jahon amaliyotida bir necha bunday usullar mavjud, ularning mohiyati investitsiya umumiy qiymatini kelajak tushumlar qimmati bilan taqqoslashdan iborat. Bir qator yillar mobaynida investitsiyalar ma’lum yillik daromad beradi, bular mos ravishda R1,R2,R3,R4,... Rn bilan belginadi. Lyokin davr o’tishi bilan pulning to’lov qimmatini o’zgartirish, investitsiyada kelgan foyda, to’g’rirog’i pul tushumlarini olidingi va keyingi davrda nisbattan to’lov qobiliyati farqlanish turadi. Korxona uchun ularning davrlarga mos ravshda nisbatini ko’rib chtikishtirokchilar e’tiborga molik. Vaqtga nisbatan pul oqimlarini baxolash tamoillari kuyidagidan iborat: - P davr mobaynida i % keltiruvchi bugungi kundagi pul mablag’larning miqdori (qimmatining) kelajakdagi qiymati quydagi formula bilan hisoblanadi: Kelajak qiymati = Amaldagi narx* (1+i) * 5n Hozirgi qiymat–ma’lum davr mobaynida i % keltiradigan. Kelajakdagi to’lovlarning bugungi qimmati quydagicha aniqlanadi. Kelajak narxi Hozirgi kundagi qiymat = --------------------------- (i+r)* 5K Pk va Rk k yilda, r % keltiruvchi yillik daromad va diskont daromad. 2.1.2.Innovatsion loyihalarni baholash tartibi Jahon maxalliy amaliyotda innovatsion loyihalarini baholashni bir nechta standartlashgan tamoyillari mavjud. 45 Avvalo loyihani oldindan tekshirish o’tkaziladi, uning davomida loyiha maqsadi va korxonaning joriy va istiqboldagi faoliyatiga mosligi aniqlanadi. Oldindan tekshirish paytida loyiha bilan bog’liq xatarlar, Yaratilayotgan loyiha . ImkoniYatlarni amalga oshirish uchun zarur tajribani korxonada mavjudligi aniqlanadi. Huddi shu davrda innovatsion loyihani baxolash uchun ishlatiladigan me’zonlar aniqlanadi. Keyin innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda baholash 3 bosqichda olib boriladi: 1. Yillar bo’yicha boshlang’ich ko’rsatkichlar hisoblanadi (realizatsiya qilish hajmi, joriy xarajatlar, eskirish, taklif qilinayotgan innovatsiyalardan keladigan sof pul tushumlari va sof foyda hajmi). 2. Analitik koeffitsientlarni hisoblash (innovatsiyalarni sof joriy qiymatini hisoblash, innovatsiyalar rentabelligi o’z-o’zini qoplash muddati va innovatsion loyiha samaradorligi koeffitsenti). 3. Koeffitsentlar tahlili (bu korxonada qabul qilingan me’zonlar asosida loyiha yoki qabul qilinadi, yoki undan voz kechiladi, tadbirkor o’zining fikricha eng muhim bo’lgan bir yoki bir nacha me’zonlarga qarab ish ko’rish mumkin, yoki qo’shimcha omillarni hisobga olish mumkin). Innovatsion loyiha qabul qilingan holda uning realizatsiyasi bo’yicha konkret choralar ko’riladi.har xil innovatsion loyihalarni solishtirish va ulardan eng afzalini tanlash uchun ishlatiladigan asosiy ko’rsatchichlar- bu kutilayotgan integral samarasi ko’rsatkichidir(halq xo’jaligi darajasida iqtisodiy, alohida tashkilot darajasida tijorat).huddi shu ko’rsatkichlar rezervlash va sug’urtalash shakli va ratsional hajmlarini asoslash uchun ham ishlatiladi. Agar loyihani amalga oshirish har xil sharoitlarda ehtimoli aniq ma’lum bo’lsa, kutilayotgan integral samara matematik kutilish formulasi bo’yicha hisoblanadi. Eoj=Zi*Pi Bu erda Eoj-loyihaning kutilayotgan integral samarasi; Zi-realizatsiyaning 1-sharoiti bo’yicha integral samara. Pi-bu loyihani amalga oshirish ehtimoli. Umumiy holda kutilayotgan integral samara hisobini quyidagi formula bo’yicha o’tkazish tavsiYa etiladi: Eoj=h*Emax+(1-h)*Emin bu erda Emax va Emin -ijozati ehtimolli taqsimlash bo’yicha integral samarani matematik kutilishini eng katta va eng kichik; h-xo’jalik sub’yektini noaniqlik sharoitida avzal ko’rishlari tizimlarini aks ettiruvchi, samarani noaniqligini hisobga olish uchun mahsus normativ; Kutilayotgan integral integral iqtisodiy samara topilganda uni 0.3 24 darajasini olish tavsiYa etiladi. Diskontlangan daromadlardan umumiy yig’ilgan xatoligi va boshlang’ich investitsiyalar orasidagi farq sof joriy qiymatni tashkil etadi(sof keltirilgan samara): Investitsiyalarning Diskontlangan Doimiy sof joriy = daromadlardan daromadlar qiymati umumiy kattaligi hajmi (kattali) Aniqki, agar sof joriy qiymat musbat bo’lsa unda investitsion loyihani qabul qilish, zarur, manfiy bo’lgan undan voz kechish lozim. Agar sof joriy qiymat 0ga teng bo’lsa, loyihani foydali yoki zararli deb aytib bo’lmaydi. U xolda solishtirishni boshqa usullarni ishlatish zarur. Bir nechta alьternativ loyihalarni o’rin beriladi. Keltirilgan formulalar yordamida qo’lda hisoblash juda xam mexnat talab etuvchi shuning uchun diskontlangan baxolarga asoslangan bu va boshqa usullarni qo’llash qulayligi uchun 46 vaqt intervali va diskontlash koeffitsenti miqdoriga bog’liq ravishda murakkab protsentlar, diskontlash ko’paytuvchilari, pul birlagani diskontlangan miqdori va xokazolar keltirilgan maxsus statistik jadvallaridan foydalaniladi. Investitsiyalar rentabelligi. Sof joriy qiymat usulini qo’llash, uning hisoblanishi qiyin bo’lishi qaramasdan o’z-o’zini qoplashdavri va investitsiyalarini samaradorligini baxolash usulini qo’llashga afzalroqdir, chunki pul tushumlarni vaqtinchalik aspektlarini hisobga oladi. Bu usulni qo’llash nafaqat absolyut ko’rsatchichlarini (sof joriy qiymatni) balki solishtirma ko’rsatkichlarini hisoblash va solishtirishga imkon beradi.Ularga investitsiyalar rentabelligi kiradi: Investitsiyalarrentabelligik diskontlangan daromadlarning umumiy yig’ilgan kattaligi investitsiyalar kattaligi. Aniqki, agar rentabellik 1 dan katta bo’lsa loyihani qabul qilish lozim, 1 dan kichik bo’lsa, voz kechish lozim. Sof joriy qiymati kattaligi bir xil bo’lgan alьternativ loyihalar qatoridan birini tanlashda yoki investitsiyalar protfelini komplektlashda, Ya’ni maksimal sof joriy qiymat beradigan pul vositalarini bir vaqtdagi investitsiyalashni bir necha variantdan tanlashda investitsiyalar rentabelligi nisbiy ko’rsatkich sifatida juda ham qulaydir. 2.1.3.Innovatsiya menedjmentini baholash mezonlari Investitsiya zarurligiga bir necha sabablar mavjud. Ulardan asosiylari mavjud bo’lgan moddiy-texnik ishlab chiqish bazani Yangalash yoki almashtirish, uni takomillashtirish, eskirgan ishlab chiqarish vositalarini modernizatsiYalash, ishlab chiqarish xajmini ko’paytirish uchun vositalarini kengaytirish va x.k. Investitsiya manbai asosan korxonalarning ichki mablag’lari (ustav kapitali, amortizatsiYa fondi, korxonaning taqsimlangan foydasi) hisoblanadi. Korxona foydasini qayta ishlab chiqarishga jalb qilish investitsiyani moliyalash eng arzon ko’rinishidir. Uni ilab chiqarishga bevosita jalb qilinishi qaytarilishi zarur bo’lgan kredit foizlari bilan bog’liq yoki qimmatli kog’ozlarni chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlardan holi bo’lish imkonini beradi. Korxona foydasi ishlab chiqarishga bevosita qayta jalb qilinsada, uning nazorat sistemasi saqlanib qoladi, chunki aktsionerlar, Ya’ni paychilar soni o’zgarmay qoladi. Investitsion faoliyat odatda noaniqlik sharoitida amalga oshirililadi, shuning uchun bunday vaziYatda tavakkalchilik omilini hisobga olishimiz kerak. Yangi uskuna, vositalarini sotib olishi va uzlashtinrilish paytida. Odatda, kelajakda shular hisobiga keladigan iqtisodiysamarani aniqlash murakkab jarayondir. SHuning uchun investitsion loyiha taxlili paytida ko’p mukobil investitsion loyihalar ko’rib chiqilib, Yagona investitsion qaror qabul qilinadi. Bir necha loyiha ichidan bittasini qabul qilish ular ma’lum kriterii va parametrlar asosida taxlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda loyihalarni ko’rib chiqishida bir necha kriterii va parametrlardan foydalanadi (kuyilma xajmi, koplanish muddati, jalb qilinadigan mablag’ manbai) loyihalarni barcha kriteriYalar bo’yicha qarab chiqilgandan so’ng ichida bittasi qabul qilinadi, shuning uchun yo’l qo’yiladigan xam boshqa boshqaruv qarorlarini qabul qilish singari san’atdir. Bu erda tadbirkorning tajribasi, bilimi, mutaxassisligi va kolaversa sezish xoli muxum rol o’ynaydi. Tadbirkorga jahon menedjmenti xazinasida yig’ilib keladigan bilimlar, jumladan menedjment amaliyotida shakillanib qo’llanib keladigan investitsion loyihalarni baxolash uslublarini katta yordam berib keladi. Menedjment amaliyotida investitsion loyihalarni baxolashni bir necha usullari mavjud. Ularni chizma shaklida quydagicha ko’rishimiz mumkin. Investitsiyani qoplash muddati. Bu usul eng sodda usul bo’lib bunda investitsiya kanday muddatda olinadigan foyda hisobi koplalishini aniqlanadi. Pul tushumi yillar bo’yicha bar tyokis kelib tushganda: 47 Investitsiyalar Qoplanish muddati (n)= ---------------- AmortizatsiYa yili+yillik sof foyda Agar pul tushumi bir tyokisda kelib tushmasa, investitsiyani qoplanish muddati pul tushuimning investitsiya qiymatidan ortib ketish muddatiga teng. Umumiy ko’rinishda koplanish muddati n Σ RK>1 k=1 RK-k yillik sof pul foydasi. Bu usul sodda bo’lgani bilan o’ziga xos kamchiliklarga ega. Birinchidan bir xil umumiy daromad summasi, daromadni yillar bo’yicha xar xil tao’simlaydigan loyihalar orasidagi farqni ko’rsatmaydi. Ikkinchidan, investitsiya qoplangan kegin davrni hisobga olmaydi. SHunga qaramay bu usuldan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa korxona investitsiyani qisqa muddatdakoplanishidan manfatdor bo’lsa, odatda bu xol tez o’zgaruvchan texniknologik sohalardan namayon bo’ladi. Investitsiyani qoplanish muddati Investitsiya rentabelligi Investitsiyalarni samaradorlik koeffitsienti Investitsiya jarayonlarini baholash Mezon ro’yxati usuli Pul oqimini diskontlashtirish Balli usul Sof joriy qiymat Boshqa usullar 2.1-chizma. Investitsion loyihalarni baxolash usullari Investitsiya samaradorlik koeffitsienti. YAna bir investitsiya loyihalarni baxolash usul bo’lib investitsiya samaradorlik koeffitsentini hisoblash usulidir. (investitsiya bugalter rentabilligi). Bu koeffitsent yilik o’rtacha foydani investitsiya o’rtacha qimmati bo’lishi orqali topiladi. Bu koeffitsientni hisoblashda o’rtayillik sof foyda (balans foyda byudjet ajratmalari) va investitsiya o’rtacha qiymati uning boshlangishlab chiqarish qiymatining Yarimidan foydalanadi. Olingan qiymati umumiy kapital samaradorlik koeffitsient bilan taqqoslab ko’rish e’tiborga molik. O’rtacha yillik sof foyda Investitsiya samaradorligi koef.= ----------------------------------- Investitsiyalar yig’indisi+ Asosiy fondlarni qoldiq baxosi Umumiy sof foyda Kapital samaradorligik =----------------------------------------------------- 48 Umumiy kiritilgan vositalar yig’indisi Qo’shilgan mablag’ summasi. Bu usulning soddaligi xam qo’llanishga qulaydir, bir bu usul xam o’ziga xos kamchilikga ega bunda vaqt omilini hisobga olinmaydi. Masalan: bir xil o’rtacha yillik foydani xaqiqatga esa bu foyda yillar mobaynida o’zgarib boradi. Ma’lum darajada, birinchi ikkita usulning kamchiliklari pul oqimlarni diskontlash tamoiliga asoslangan usullarni qisqartirilishiga olib keladi.Jahon amaliyotida bir necha bunday usullar mavjud, ularning mohiyati investitsiya umumiy qiymatini kelajak tushumlar qimmati bilan taqqoslashdan iborat. Bir qator yillar mobaynida investitsiyalar ma’lum yillik daromad beradi, bular mos ravishda R1,R2,R3,R4,... Rn bilan belginadi. Lyokin davr o’tishi bilan pulning to’lov qimmatini o’zgartirish, investitsiyada kelgan foyda, to’g’rirog’i pul tushumlarini olidingi va keyingi davrda nisbattan to’lov qobiliyati farqlanish turadi. Korxona uchun ularning davrlarga mos ravshda nisbatini ko’rib chtikishtirokchilar e’tiborga molik. Sof qiymat oqimi. Diskont daromadlarni R yilda yig’ilgan qiymatini investitsiya qiymati bilan taqqoslash kerak. R yilda yig’ilgan diskont daromadlarining umumiy miqdori diskont to’lovlarining umumiy summasiga teng. n Pk Rk = Σ ----------- k=1 (1+r) 5k Yig’ilgan diskont daromad qiymati bilan investitsiya boshlang’ich qiymati orasidagi farq sof joriy qiymatni keltirib chiqaradi. SHunga qarab sof joriy qiymat musbat bo’lsa, bu loyiha qabul qilish agar manfiy bo’lsa, qabul qilmaslik kerak. Agar bu qiymat nolga teng bo’lsa, unga boshqa usullar bilan baxolash kerak. Agar bu qiymat nolga teng bo’lsa, unga boshqa usullar bilan baxolash kerak. Odatda mukobil loyihalarni ko’rib chiqarishda shuningdek ko’rsatkich katta axamiYat beradi. Bu formullalarni kulda hisoblab chyokishtirokchilar juda murakkab jarayondir. SHuning uchun buni soddalashtirish maxsus statistik jadvallar tuzilgan. Turli xil mezonlar yordamida investitsion loyihalarni tanlab olish usulini mazmuni quydagilardan iborat. Loyiha xar bir qo’yilgan mezonlarga mosligi ko’rib chiqiladi va xar bir mezon bo’yicha loyiha baxolanadi. Bu usul bo’yicha loyihani kamchiligini va yutug’larini aniq ko’rish mumkin, va 1-baxolash qiyinchiliklar paydo bo’lganda biror bir mezonlar e’tiborsiz qolmaslikka kafolat beradi. Innovatsiya loyihalarni boxolashda zarur bo’lgan mezonlar o’zini aniq korxona xususiyati, uni sohasi va strategik yo’nalishi bilan ajralib turadi. Mezonlar turkumini tuzishda maqsadlaridan strategiya va korxona masalalaridan uni uzoq muddatli rejalarga orientatsiYasidan kelib chiqqan mezonlarni qo’llash. Innovatsion loyihalarni baxolashda asosiy mezonlar bo’lib: -korxona maqsadlari, strategiya, siyosat va qimmatlilik. -loyihani tashkilot strategiyasi va uzoq muddatli reja bilan mosligi. -korxona strategiyasini o’zgarishlarini moslashuvchanligi. -korxonani tavakkalchilikka bo’lgan munosabatga muvofiqligi. -korxonani Yangiliklarga bo’lgan munosabatlarga muvofiqligi. -korxona talabalarini, maddat aspektini e’tiborga olgan xolda muvofiqligi. -loyihani korxonaning o’sish potentsialiga muvofiqligi. -korxona mustaxkamligi. -mustaxkamlikka ta’sir qiluvchi korxonaning diversifikatsiYa darajasi. -korxonani zamonaviy holatiga ta’sir qiluvchi katta moliyaviy xarajatlar va qaysidir muddatga qaldirilgan olinidigan foyda. 49 -rejalashtirilgandan chetlangan maddat, xarajat va masalalarni bajarilishni ta’siri. Moliyaviy mezonlar -investitsiya xajmi (ishlab chiqarishga, marketinga, loyihani ITTKI izlanishlarga qilinadigan sarf xarajatlar). -yillik potentsial foyda xajmi. -kutiladigan sof foyda normasi. -loyihani korxonada qabul qilingan kapital qo’yilmasini iqtisodiy samaradorlik mezonlarni muvofiqligi. -loyihani amalga oshirishga qilinadigan birinchi sarf xarajatlar. -loyihani maddatdan keyin olib keladigan foydasi. -zaruriy vaqtda moliyani bo’lishi. -boshqa moliyaviy vosita talab qiluvchi loyihalariga qabiul qilinadigan loyihani ta’siri. -loyihani moliyalash uchun qarzga kapital (kredit) olish zaruriyati va ularning investitsiyalardagi qismi. -loyihani bajarish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy hatar. -loyihadan tushayotgan daromadlarning barqarorligi. -mahsulot hizmat chiqarish boshlanadigan va damakki, kapital xarajatlari qaytariladigan vaqt oraliqi. -soliq qonunchiligini ishlatish imkoniYati. -fond qaytishi Ya’ni o’rtacha yillik Yalpi daromad (loyihadan olingan), kapital harajatlari nisbati (i. ch. quvvatlarini o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan doimiy xarajatlarni fond qaytish darajasi qanchalik katta bo’lsa, tashkilotning umumiy sariflaridagi qismi shuncha kam bo’ladi, demak, agar bu korxonada fond qaytish darajasi tarmoqdagi o’rtachadan past bo’lsa, unda krizis holatida birinchi bo’lib ishdan chiqish imkoniYati ko’p. -loyihada qo’yilgan mahsulotning harajatlari strukturasini eng qulayligi (eng arzon va etarli bo’lgan ishlab chiqarish resurslarni ishlatish). Ishlab chiqarish mezonlari -Loyihani amalga oshirish uchun texnologik engiliklardagi zaruriyat. -Bor ishlab chiqarish quvvatlariga loyihani mosligi (korxonada bor ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yuqori darajasi saqlanib qoladimi yoki loyihani qabul qilish bilan qo’shimcha sarf ko’payib ketadimi) -Ishlab chiqarish personali mavmuligi. -Ishlab chiqarish harajatlari hajmi. Ularni raqobatchilarniki bilan solishtirish. -Qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga bo’lgan ehtiyoj. Tashqi va ekologik mezonlar -Mahsulot va ishlab chiqarish jarayonining zarurli ta’siri. -Loyihani qonuniy ta’minlanishi, ularni qonunchilikka mosligi. -Kelajakdagi qonunchilikni loyihaga ta’siri ehtimoli. -Loyihani amalga oshirishga jamoatchilik fikrini javobi ehtimoli. Nazorat savollari 1.Investitsiya qoplash muddati ko’rsatgichlari tenglamalarini yozing? 2.Sof qiymat oqimi topish formulasini ayting? 3.Integral samara hisobini tenglamalarini yozing? 4.Investitsiyalar rentabelligi sonli chegarasini ayting va tarif bering? 5.Investitsiyani qoplash muddati nazariy yo’l bilan tushintiring? 6.Investitsiya samaradorlik koeffitsienti qanday aniqlanadi? 7.Innovatsion loyihalarni baholashda asosiy mezonlar bo’lib nimalar hisoblanadi? 50 Test savollari 1.Innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi baholovchi 3 me’zonlari: -yillar bo’yicha boshlang’ich ko’rsatkichlar hisoblanadi; analitik koeffitsientlarni hisoblash; koeffitsentlar tahlili; -yig’ilgan diskont daromad qiymati; o’rtacha yillik sof foydani hisobi; sof qiymat oqimini beligilash; -analitik koeffitsientlarni hisoblash; asosiy fondlarni qoldiq bahosi topish; o’rtacha yillik sof foydani hisobi. 2.Innovatsion loyihalarni baholashda asosiy mezonlar bo’lib: -korxona maqsadlari, strategiya, siyosat va qimmatlik; moliyaviy mezonlar; ishlab chiqarish mezonlari; tashqi va ekologik mezonlar; -kutiladigan sof foyda normasi; loyihani bajarish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy hatar; loyihada qo’yilgan mahsulotning harajatlari strukturasini eng qulayligi; -korxonani Yangiliklarga bo’lgan munosabatlarga muvofiqligi; rejalashtirilgandan chetlangan muddat, xarajat va masalalarni bajarilishga ta’siri; korxonani tavakkalchilikka bo’lgan munosabatga muvofiqligi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling