O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Innovatsion menejment Gimush G.I 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu o’quv qo’llanma 5.340.200 – Menejment (tarmoq bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bakalavrlari, hamda iqtisodchi mutaxasislar foydalanishlari mumkin.
- Mundarija
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI GIMUSH R.I., MATMURODOV F.M. INNOVATSION MENEJMENT O’QUV QO’LLANMA TOSHKENT 2 Gimush R.I., Matmurodov F.M. Innovatsion menejment. O’quv qo’llanma. TAQI, 2006 y. 118 bet. Ushbu o’quv qo’llanmada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij tajribasi, investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari tavsiflangan, fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash hikoya qilingan. Innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablari bayon etilgan. Ushbu o’quv qo’llanma 5.340.200 – Menejment (tarmoq bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bakalavrlari, hamda iqtisodchi mutaxasislar foydalanishlari mumkin. Taqrizchilar: 1.TDIU «Menejment» kafedrasi mudiri, professor, i.f.d. Zaynutdinov SH.N. 2.«Qurilish sohasi menejerlarini tayyorlash va qayta tayyorlash markazi» direktori, dotsent Gaziev U.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi iqtisodiyot oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etadi 3 Mundarija bet Kirish 5 1-bob.Innovatsion menejment asoslari va xorij tajribasi 1.1.Innovatsion menejment asoslari 1.1.1.Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi 9 1.1.2.Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalari, tashkil etish va nazorati 12 1.1.3.Innovatsiyani klassifikatsiyasi 19 1.1.4.Investitsion menejmentni mohiyati 21 1.2.Ilmiy konstruktorlik innovatsion faoliyatni tashkil qilish va samaradorligini tahlili 29 1.3.Innovatsion menejmentni yaxshilashdagi salohiyat imkoniyatlari 32 1.4.Xorij innovatsiya va innovatsion menejment tajribasi 1.4.1.Jahon iqtisodiyotiga chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari va uni jalb qilishdagi muammolari 34 1.4.2.Xorijda innovatsion menejmentining tashkil etilishi 36 1.4.3.Innovatsiya jarayonida xorij tajribasi imkoniyatlari 43 2-bob.Innovatsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon 2.1.Innovatsion loyihalarni baholash 2.1.1.Investitsion loyihalarni baholash usullari va qo’shilgan mablag’ umumiy summasi 47 2.1.2.Innovatsion loyihalarni baholash tartibi 48 2.1.3.Innovatsiya menejmentini baholash mezonlari 50 2.2.Innovatsion loyiha yaratish, xatari va aniqmaslik omillari 2.2.1.Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari 54 2.2.2.Innovatsion loyihalarni tahlil qilish usullari, tanlash, xatari va aniqmaslik omillari 57 2.2.3.Innovatsion menejmentning tashkiliy shakllari va resurslar bilan ta’minlanishi 59 2.2.4.Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari. Uni natijasida yangi mahsulotni ishlab chiqarish va amalda qo’llash 61 2.3.Innovatsion jarayonning samaradorligi va menejmentini rivojlantirishga tavsiyalar 2.3.1.Innovatsion jarayonining samaradorlik ko’rsatkichlari 64 2.3.2.Innovatsion menejmentini rivojlantirishiga tavsiyalar 67 3-bob.Tadqiqotlar dasturlari, innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablar 3.1.Fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturi 69 3.2.Ilmiy muassasa va ob’yektlarni ”Davlat noyob ilmiy ob’yektlar ro’yxati”ga kiritish va monitoringini olib borish 71 4 3.2.1.Noyob ilmiy ob’yektlar tadqiqi 3.2.2.Noyob ilmiy ob’yektlar faoliyatining monitoringi 71 3.2.3.Noyob ilmiy ob’yektlar bo’yicha taqdim etiladigan hujjatlar 72 3.3.Innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish, amalga oshirish tartibi va innovatsiya loyihalariga talablar 3.3.1.Umumiy tartib va innovatsiya faoliyatining ob’yektlari 72 3.3.2.Innovatsiya loyihalari tanlovini tashkil qilish tartibi 74 3.3.3.Innovatsiya loyihalarini ko’rib chiqish va ekspertizaga tayyorlash 74 3.3.4.Dasturni shakllantirish 74 3.3.5.Imtiyozli kreditlar ajratish tartibi 75 3.3.6.Dasturni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirish tartibi 75 3.3.7.Innovatsiya loyihalarini bajarilishining monitoringi, ekspertizasi va muvofiqlashtirish tartibi 76 3.3.8.Innovatsiya loyihalari tanlovida qatnashish hujjatlari 77 3.3.9.Loyiha to’g’risida ma’lumot 77 3.3.10.Loyiha tasnifi 78 3.3.11.Texnik – iqtisodiy asosnoma 78 4-bob. Ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining nazariy va amaliy innovatsiya faoliyati 4.1.Texnologik chegara va P.Romer modeli 4.1.1.Texnologik chegara va sinish hamda yangilik diffuziyasi 79 4.1.2.Ilmiy texnologik taraqqiyot va P.Romer modeli 82 4.2.Ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarining innovatsiya faoliyatini reytingi va yangiliklarni amaliyotga kiritish dasturlari 4.2.1.Ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarining innovatsiya faoliyatini reyting indikatorlarini nazariy aniqlash 85 4.2.2.Yangiliklarni amaliyotga kiritish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish 89 4.3.Respublika innovatsion amaliyoti 4.3.1.Respublika innovatsion amaliyot jarayoni holati 92 4.3.2.Respublikada innovatsion jarayonlarning moliyalanishi va rivojlanishi 95 4.4.Sifat menejmenti tizimi samarali tatbiq etishda yangi omillar 100 4.5.Innovatsion texnologiya-elektron imzo va uni ro’yxatga olish markazlari faoliyatini huquqiy tartibi 103 4.6.Innovatsiya sub’yektlari faoliyati samaradorligini aniqlash va davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi 107 Adabiyotlar 113 Ilova. Ilova 1.“Fundamental tadqiqot loyihasi» ilmiy tadqiqotlar tanlovida ishtirok etishga talablar 115 Ilova 2.«Amaliy ilmiy tadqiqotlar loyihasi» tanlovida ishtirokga talablar 116 5 Glossariy 117 Kirish Qisqa muddat oralig’ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to’laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, joriy iqtisodiy siyosat bo’yicha yuqorida ko’rib o’tilgan masalalarni hal qilinishi bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bular orasida birinchi o’rinda amalga oshirishi lozim bo’lgan choralarga quyidagilarni kiritish mumkin: -iqtisodiyotni rivojlanishi va isloh qilinishi monitoringi va tahlilining an’anaviy ishlab chiqarishni o’sishi va bandlik bo’yicha ko’rsatkichlaridan (sanoat, qishloq xo’jaligi, investitsiyalar dinamikasi va h.k.) tarkibiy va sifat indikatorlariga o’tish (eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushi, kichik va xususiy korxonalarda band bo’lganlar ulushi, investitsiyalar tarkibida xususiy kapitalning ulushi, tarmoq; orlarida mehnat unumdorligi va x..k.); -iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlanishini jadallashtirish, uning tarkibini yaxshilash, tranzaktsion xarajatlarni kamaytirish, moddiy va moliyaviy resurslarni taqsimlash va foydalanish samaradorligini oshirish, iqtisodiy o’sishning ichki manbalarini faollashtirish uchun boshqa zaminlarni yaratishni kuzda tutuvchi iqtisodiy rivojlanishning yangi, kapital sig’imi kam bo’lgan manbalar va omillarga tayanishda sarmoyador va tadbirkorlarni rag’batlantiruvchi makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish; O’sishni tarkibiy va sifat omillarini faollashtirishning milliy dasturini ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash, milliy hisoblar tizimiga asoslangan «xarajatlar-ishlab chiqarish» hisobot yillik-jadvallari tizimini shakllantirish va undan foydalanish bo’yicha ishlarni jadallashtirish lozim. Dunyoning ilg’or rivojlanayotgan davlatlari va o’tish davri iqtisodiyotini o’tayotgan mamlakatlar tajribasi va birinchi navbatda hamdo’stlik mamlakatlari tajribasi bundan dalolat beradi. Respublikaning investitsiya dasturi sifat jihatdan yangicha yondoshuvlar bilan shakllantiriladi. Bu dasturni uch yillik davrga mo’ljallab ishlab chiqish nazarda tutilmoqdaki, u loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab inshoatni foydalanishga topshirgunga qadar bo’lgan butun siklni e’tiborga olish, qurilishni uning real moliyalash manbalari bilan to’liqroq, bog’lash imkoniyatini yaratadi, bu esa investitsiya loyihalarini ro’yobga chiqarish samaradorligini oshirishga ko’maklashadi. Yangi jarayonlar va maxsulotlar, to’g’ri ishlab chiqarishga bog’liq bo’lgan va uning rivojlanish perspektivasiga bog’liq bo’lgan yangiliklar xamohangligini aniqlaydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba’zi hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo’lgan texnologiyalar hayotini o’zgartirishga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek tashkiliy innovatsiyalar, ishlab chiqarish innovatsiyalari kabi muhimdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra, avvalambor AQSH, yangi tashkiliy firmalar (innovatsiya firmalari, texnoparklar, innovatsion inkubatorlar, investitsion fondlar va b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan katta foyda olishga imkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik realizatsiyasi uchun mazkur tashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir. Yangi moliyaviy instrumentlarni o’z ichiga olgan moliyaviy innovatsiyalar so’nggi o’n yil ichida jadal rivojlanayapti. Bu instrumentlar xedjirlash va yangi konbinatsiyalarni qo’llash natijasida foyda olish omili bo’lib keladi. Tadbirkorlik foydasini olish jarayonining uzoqligiga kelsak, bu yangi jarayon rutinizatsiyasi uchun zarur bo’lgan jarayon uzoqligi bilan uzviy bog’liqdir, jarayon 6 yakunlanishi bilan yangilik yaratishga sarflanadigan kuch endi kerak bo’lmay qoladi. So’nggi jarayon uzoqligi esa, iqtisodning u yoki bu tarmoqlardagi yangiliklar diffuziyasi jarayoni xususiyati bilan bog’liq shunday qilib, o’rganilayotgan foyda, ishlab chiqarish faktoridan yangi mahsulot tannarxiga kiritgan sarmoyasini namoyon etuvchi vaqtinchalik holatdir. Bizningcha, tadbirkorlik rentasi tushunchasi mavjud bo’lish huquqiga ega. Tadbirkorlik rentasi-bu monopol qo’llash jarayonida innovatsion qaror qabul qilish natijasida olinayotgan qo’shimcha foydadir. Tadbirkorlik qarorinng monopol qo’llanilish jarayoni deganda, mazkur jarayon rutinizatsiyasi va ommoviy qo’llash sodir bo’lmagan vaqt tushiniladi. Biznes-strukturalar galma-gal samara qaror qabul qilgandan so’ng, tadbirkorlik rentasi yo’q bo’ladi. Tadbirkorlik rentasi tushunchasi o’rganilayotgan sub’yektlar tomonidan olinayotgan foyda xususiyatini aniq ifodalaydi. Bu degani, renta, uni qo’lga kiritgan u yoki bu shaxsga bog’liq bo’lgan kategoriya hisoblanadi. Misol uchun, er rentasi yoki texnologik renta. Ushbu holatda ustunlik mazkur vaqt ichida keng omma tadbirkorlariga hali ma’lum bo’lmagan tadbirkorlik g’oyasi va uni realizatsiya qilish usullariga ega bo’lish bilan aniqlanadi. Bir butun sistemani tashil etish uchun zarur bo’lgan aniq shart-sharoitlar tadbirkorlik rivojlanishi uchun zarurdir. Shuni takidlash kerakki, gap mustaqil tadbirkorlik sistemasi haqida ketayapti. Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida, tadbirkorlik ham muhimdir. Lyokin sezilarli xususiyatlarga egadir, bu kabi talablarning besh asosiy bloklari ko’rsatilidi: shaxsiy mulkchilik, iqtisodiy erkinlik, iqtisodiy rag’bat, raqobat bozorlari va chegaralngan davlat aralashuv. Har bir blok yakka elementlarga bo’linadi. Shaxsiy mulkchilik o’rganilganda, buni nazarda tutish kerakki mazkur tushuncha murakkab hisoblanadi. Biz uchun shunisi muhimki tadbirkor mulk egasi. O’z mulkidan foydalanish, uni o’tkazish va shuningdek bu juda ham muxim, u foydaga egalik qilish va undan foydalansh huquqiga ega bo’lishi muximdir. Yangi kombinatsiyalarni yaratish va realizatsiya qilish uchun tadbirkor ishlab chiqariladigan mahsulotni tanlash texnologiyalar, investitsiya yo’nalishi, zarur resurslarni qo’llash erkinligiga ega bo’lishi kerak. Bu kabi shart sharoitlarisiz tadbirkorlik faoliyatini olib borish mumkin bo’lmaydi. Raqobat mavjudligi ham muhimdir, shuningdek u yoki bu bozorlariga kirish imkoniga ega bo’lish ham muhimdir. Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyoti shuni ko’rsatdiki, kichik va o’rta biznes korxonalari iqtisodiy kon’yukturaning o’zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan xo’jalik sub’yektlari hisoblanadi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish va ularni o’zlashtirish iqtisodiyotni rivojlantiriga yordamlashadi va ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar uchun kuchli rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi vujudga keltirildi, xorijiy investorlar uchun imtiyozli soliq tizimi joriy etildi. Lyokin mavjud huquqiy me’yorlarni shu asnoda qoldirmasdan, uni doimo takomillashtirib borish, ya’ni kafolat va imtiyozlarni kengaytirish, investitsiya faoliyati uchun qulay muhitni shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha rag’batlantirishni kuchaytirish kerak. Ushbu salohiyatlardan samarali foydalanish hisobiga mamlakat taraqqiyotiga erishish mumkin: tadbirkorlik sub’yektlariga turli konsalting xizmatlar ko’rsatuvchi bozor infratuzilmasi sub’yektlarini soni orttirib borish; xususan, joylarda biznes-inkubatorlar tashkil etilib, ular xorijiy investitsiya hisobiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni jadallashtirish; tadbirkorlikka tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida ta’lim sifatini oshirish; tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya loyihalarini moliyalash maqsadida ularning kredit resurslaridan, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish; tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qadoqlash kabi ishlarga 7 zamonaviy uskuna hamda texnologiyalarni xarid qilishga ko’maklashish; tadbirkorlik sub’yektlarining innovatsiya faoliyatida faol ishtirok etishini rag’batlantirish va b. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqaladi. Buyuk allomalarimiz Yu. Sezar, A. Makedonskiy, A.Temur o’zlarining zarur boshqaruv g’oyalarin yaratishgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g’oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilar huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo’yicha muhim fikrlar berilgan. Jamiyat tarqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiy manfaat hisoblanadi. Manfaatlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarda bo’lishi mumkin. Ular tizimida iqtisodiy manfaatlar birlamchi, belgilovchi va ustuvor hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy manfaat o’z navbatida, ma’lum ijtimoiy shakllarda – xususiy, jamoa, jamiyat (umumxalq) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib, ilmiy umumlashmani quyidagicha ifodalash mumkin: -jamoaviy va shaxsiy, umumxalq manfaatlarining uyg’unligi, ishlab chiqarish barcha qatnashchilari faoliyatining mushtarakligiga erishish har bir manfaatning boyishini anglatadi; - tadbirkorlik munosabatlarining ko’p tomonlama ko’rinishida eng kam tahlil qilingani ularning samaradorligini baholash va moddiy qo’llab-quvvatlash munosabati bo’lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishga ta’siri muammolarini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi; -iqtisodiy manfaatlar bitta maqsadga – har bir huquqiy sub’yekt va jismoniy shaxs tomonidan iqtisodiy manfaatlarga, jamoa va jamiyat, mulkdor va davlat manfaatlarining uyg’unligiga erishishni ko’zda tutadi. Shuning uchun uchta iqtisodiy manfaatlar birligi o’zaro aloqalar uyg’unligining ta’minlanishi zarur, deb hisoblaymiz. Umumxalq manfaatlari jamoa ishlab chiqarishining yagona maqsadiga erishish uchun rivojlanadigan butun xalq xo’jaligi majmuining organik ravishda birikuvi asosida vujudga keladi. Bozor iqtisodiyotining qaror topishi sharoitida jamiyat a’zolari manfaatlarining mushtarakligi va ularning dialektik o’zaro bog’liqligi ishlab chiqarish vositalarining bevosita moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilarni o’zlarining mulki hisoblanishiga asoslanadi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida barcha ijtimoiy guruhlar ma’naviy manfaatlarning ijro etiluvchilari hisoblanadilar. Jamoaviy manfaat jamiyat barcha a’zolarining muntazam ravishda o’sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’liqroq qondirish asosida foyda olishdan iborat bo’lgan bozor ishlab chiqarishning maqsadida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlik yangi mohiyat kasb etadi. Lyokin, shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlikka bog’liq bo’ladi, ular o’zaro uyg’unlashadi. Tadbirkorlik munosabatlarining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasini oshirish yo’llarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: -mulkiy va intelektual salohiyatiga qarab daromad olish erkin iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi va xodimlarning daromaddagi ulushlari shunga ko’ra bir xil bo’lmaydi; -bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotning bosh islohatchisi sifatida tadbirkorlik munosabatlariga nafaqat mehnatni me’yorlash va tarifikatsiyalash orqali, balki asosiy qishloq xo’jalik maxsulotlari: paxta xom ashyosiga va boshqalarga shartnoma asosida davlat buyurtmasini o’rganish asosida daromadlarni shakllantirish orqali ham ta’sir ko’rsatadi; -erkin iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi qonuni amal qiladi va bu qonun tadbirkorlar harakati bilan ularning daromadlari o’rtasida iqtisodiy bog’liqliklarni ifoda etadi. Bu qonun harakati tufayli tadbirkorlik ishlab chiqarishi takroriylik kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatining samadorligi qonuni, birinchi navbatda, ishlab chiqarishdan manfaatdorlik va daromadlarni taqsimlash qonuni bilan bog’liqdir. Ushbu o’quv qo’llanmada quyidagi masalalar tahlil tavsiya etilgan: -innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij tajribasi; 8 -investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari tavsiflangan; - fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash hikoya qilingan; -innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish va innovatsion loyihalarga talablari. 1-bob.Innovatsion menejment asoslari va xorij tajribasi 1.1.Innovatsion menejment asoslari Reja: innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi; innovatsion menejmentning maqsad va vazifalari, tashkil etish va nazorati; innovatsiyani klassifikatsiyasi; investitsion menejmentni mohiyati. Tayanch iboralar: innovatsiya, innovatsion menejment investitsion menejment, innovatsiyani klassifikatsiyasi, endogen uyg’unlik. 1.1.1.Innovatsion menejment fanining predmeti va uslubi 1.Yangiliklar kiritish innovatsion menejmentning ob’yekti sifatida. Innovatsion menejment Uzbyokistondagi tadbirkorlarga va ilmiy ommaga nisbatan yangi tushunchadir. Aynan shu vaktda Uzbyokistonda yangiliklar ko’payib ketmokda. Iqtisodiyotni boshqarish formalari o’rniga boshqa yangi uslublar va shakllar paydo bo’lmoqda. Bunday sharoitda mazkur faoliyat bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar xam kichik biznes shaklida shug’ullanmoqlari lozim. Maxsus adabiyotlarda va rasmiy xujjatlarda ko’p hollarda iqtisodiyotning markazdan boshqarishga taalluqli bo’lgan tushunchalar, ya’ni, ilmiy- texnikaviy progresslarni boshqarish, ilmiy-texnik yutuqlarini ishlab chiqarishda qo’llash kabi tushunchalar qo’llanilar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat korxonalari yuridik va iqtisodiy erkinliklarga ega, shu sababli hech qanday kiritishlar haqida (davlat tomonidan) gap 9 bo’lishi mumkin emas. Bu printsip orqali innovatsion menejment oblastidagi alohida tushunchalardagi farqlarni tushunish mumkin. Innovatsion so’zining ma’nosi ingliz tilidagi INNOVATION so’zidan olingan bo’lib, yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni ,kashfiyotni tushunish lozim.Yangiliki bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim.Yangilikning paydo bo’lishi va uni hayotga tatbiq etilishi oralig’idagi vaqt innovatsion loyihasi deb ataladi.Kunlik amaliyotda odatda,yangiliklar,yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o’xshatish ko’p uchraydi,qachonki xar kanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o’shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bizga ma’lumki, mahsulot sifatini yoki xizmat sifatini o’zgartirish resurslar sarflanishini (energiya, vaqt moliya va boshqalar) talab kiladi. Yangilikni (novatsiya)yangilikni kiritish jarayoniga (innovatsiya) o’tkazish jarayoni ham har xil resurslarni talab qiladi, ulardan muximi investitsiya va vaqt hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimiga o’xshash bozor sharoitlarida tovarning xaridi va sotuvi ramkasida shakllanadigan talab, taklif va narxlarda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti sifatida yangilik, innovatsiya –yangilik kiritish namoyon bo’ladi. Yangiliklar yangiliklar bozorini shakllantiradi,investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish esa bozordagi sof raqobatni shakllantiradi. Investitsiya keng ma’noda yangi texnologiyalar ,turli maxsulotlar va xizmatlar ,tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatilishi tushuniladi.Yangilikning tuzilishi,yaratilishi va tarqalishi jarayoni innovatsiyaning hayotiy tsikli deyiladi, Yangiliklar bozori (novatsiyalar).Bozorni asosiy maxsuloti bulib,intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy-natijaviy produkti hisoblanadi.Unga avtorlik va shunga o’xshash huquqlar (bu huquqlar xalqaro, respublka, korporativ va boshqa qonuniy, me’yoriy aktlar doirasida bo’ladi) taalluqlidir Dunyo tajribasida ilmiy (ilmiy-tadqiqot), ilmiy-texnik faoliyat va shu bilan birga tajribaviy (konstruktorlik ishlari) kashfiyotlar o’rtasida farq mavjud. Ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat yangi bilimlarni egallash, taqsimlash va qo’llashga qaratilgandir. 1.1-chizma.Innovatsion faoliyat sxemasi Yangiliklar bozori ilmiy tashkilotlar, OO’YUlar, vaqtinchalik ilmiy jamoalar, ilmiy xodimlarning uyushmalari,tijorat tashkilotlari, mustaqil ilmiy laboratoriyalar va bo’limlar,milliy va an’anaviy yangilik yaratuvchilarni shakllantiradi. Yangilik kiritishning sof raqobat bozori. Sof raqobat bozori deb sotuvchi va oluvchilarning shunday uyushmasiki,unda yuqoridagi nusxalar joriy baxolarga ta’sir ko’rsatmaydi.Sof raqobat tushunchasidan foydalanish bizni narxli, narxsiz,insofsiz va boshqa xil raqobatlarni ko’rib chiqishdan ozod Yangiliklar bozori Innovatsion infratuzilma Sof raqobat bozori Kapital bozori (investitsiya) 10 qiladi va shu bilan birga ishlab chiqarish munosabatlari sub’yektlari orasida eng foydali sohaga kapital qo’yishni taqsimlash bozori, resurslar manbai,ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyatning namunalari kabi sohalarda kurashishini o’z ichiga oladi. Oldin aytib o’tganimizdek, ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyati natijasi sifatida yangilik to yangilik kiritililishi va xalk ommasiga yangi tovarlarni, texnologiyalarni, xilma xil xizmatlarni, yangi uslublarni va boshqalarni tan olinishida bo’lgan jarayon vaqt va xarajatlar bilan bog’liq. Sof raqobat bozori bu jarayonda ikkilamchi pozitsiyada namoyon bo’ladi,ya’ni ular o’zlarida birlik va qarama qarshi tomonlarni kurashini ifoda etadi. Tashkilotning Yangiliklar bozorida xar xil formada qatnashishini aniqlovchi sharti bo’lib ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat sohasiga va yangilikni kiritish jarayonini qayta tashkil etish yoki o’qitishga sarflanadigan investitsiya xajmi hisoblanadi. Kapital bozori. Rivojlanishni hohlamagan tashkilotni topish qiyin. Uy xo’jaligiga mebel, videojixoz, avtomobilь, gilamlar sotib olish yoki Yangilash kerak. Korxonaga esa tashqi va ichki bozorlarda raqobat qila oladigan texnologiyalarni sotib olish, o’zini maxsulotini taqsimlash uchun Yangi bozorlarni topish, yangi etkazib beruvchilar va iste’molchilar topishi kerak bo’ladi. Davlatga esa yangi xil kurol yaroqlar,ekologik toza energiyalar, resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyalar kerak bo’ladi. Jahon uyushmalari. Mars planetasini va boshqa planetalarni egallash va jahon okeani resurslaridan qanday foydalanishi yo’llari kerak. Zamonaviy taraqqiy etgan ilmlar va texnikalar bularni xammasini bugunoq erishishiga yo’l qo’Yadi. Ammo yuqorida sanab o’tilgan ehtiyojlarni xammasini asosiy cheklanishi sifatida har xil turdagi (sizdali,aylanma,aktsionerli,venchurli,nizomli va boshqa) kapital namoyon bo’ladi. Kapital bozorini rivojlanishning asosiy mezonlarini 1.2- chizmada ko’rsatib o’tilgan.Innovatsiya sohasida aniqlovchi rolni uzoq muddatli va o’rta muddatli investitsiyalar o’ynaydi.Innovatsion jarayon odatda o’rtacha 3-5 yil va undan yuqori muddatlarda davom etadi.O’zbekiston Respublikasi davlat mulk qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston davlat sanoat siyosati kontsepsiyasida quyidagi sanoatdagi investitsion siyosati muxim normalarini qonuniy tartibda mustaxkamlash ko’rib chiqiladi: Respublika byudjetidan faqat fundamental ilmiy tadqiqotlar va notijorat xarakterga ega bo’lgan ob’yektlar va shu bilan birga milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq ob’yektlar qaytarmaslik sharti bilan moliyalashtirladi. Boshqa xil markazlashgan investitsiyalar qaytarish sharti bilan va konkurs asosida amalga oshirilishi mumkin. Kapital funktsiyalari Kapital bozori rivojlanishi omillari Kapital mobilizatsiyasi Makroiqtisodiy muxit Kapitalni joylashtirish Xususiylashtirish hajmi Kapital mobilizatsiyasi da qimmatli qog’ozlar bozorining roli Soliq siyosati Moliyaviy egiluvchanlik Moliyaviy sektor rivojlanishi Moliyaviy sektordagi raqobat 11 1.2-chizma. Innovatsion sohada kapital bozori Davlat resurslarini qaytarish sharti bilan berishni foydali shakllari bo’lib, qimmatli qog’ozlarni xarid qilish yo’li bilan investitsiyalash yoki chiqarilayotgan qimmatli qog’ozlarga kafolat berish hisoblanadi. Investitsiyalarning umumiy ko’rinishi o’zida iqtisodiyotni xar xil sohalariga foyda olish maqsadida uzoq muddatli vositalarni qo’yishni namoyon etadi. Maxsus adabiyotlarda investitsiyani xilma xil klassifikatsiyalashgan variantlarini ko’rish mumkin.Ulardan biri 1.3-chizmada ko’rsatilgan iqtisodiy mohiyat va investitsiya maqsadiga ko’ra investitsiyalar real va moliyaviy investitsilarga bo’linadi.Real investitsiyani tashkilotlar,korxonalar va boshqa xil uy xo’jalik sub’yektlari er,ishlab chiqarish vositalarini sotib olish jarayonida amalga oshiradi.Moliyaviy investitsiyalar-bu uy xo’jalik sub’yektlari va xususiy shaxslar tomonidan xar xil elementlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotib olishidir.Berilgan holatda biznesga kapital qimmatli qog’ozlarga vositalarni investitsiyalash orqali keladi. Innovatsion soha o’zida yangiliklar yaratuvchilar, investorlar, raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarni va korxona bir butunli sifatida o’zaro munosabatini namoyon etadi. Mana shu yerda innovatsion jarayon tamom bo’ladi. Me’yoriy baza Nazorat qiluvchi organlar 1.3-chizma.Investitsiyalarni sanoatga jalb etish sxemasi Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling