Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet103/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Qogʻozni identifikatsiyalash – bu qogʻozning turi, tola va miqdor tarkibi, 1 m2 qogʻozning massasi, qogʻoz yoki kartonning qalinligi va hajm massasi, namligi, boshqa sifat xususiyatlari hamda navi standartlar talablariga mosligini aniqlashdir.
Qogʻozni identifikatsiyalash uchun ekspertiza qilish meʼyoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan muayyan belgilar roʻyxatiga muvofiqlikni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qoʻyilishi mumkin:

  • qogʻozning assortimentga (turga) mansubligini aniqlash;

  • qogʻozning tola tarkibini aniqlash;

  • qogʻozning miqdor tarkibini aniqlash;

  • berilgan tovar qogʻozning qaysi turiga mansub;

  • 1m2 qogʻoz massasini, qogʻoz va kartonning qalinligi va hajm massasini aniqlash;

  • qogʻozning namligini aniqlash;

  • qogʻoz navini aniqlash;

  • qogʻozning sifat xususiyatlariga mosligini aniqlash.

Qogʻozning assortimentga (turga) mansubligini identifikatsiyalash – bu qogʻozning nomi tasniflagichga va etalon namunaga muvofiqligini aniqlashdir.
Qogʻoz va kartonning assortimenti ular nimaga moʻljallanganligi – yozishga, chizishga, rasm solishga, matn bosishga, dekorlashga va boshqalarga moʻljallanganligi boʻyicha; shakl berilishi – oʻramlar, bir qavat va ikki qavat varaqlar, toʻplamlar koʻrinishida boʻlishi boʻyicha; kattaligi (millimetr hisobida uzunligi va kengligi) boʻyicha; tolalari tarkibi va boshqa belgilari boʻyicha ajratiladi.
Yozishga moʻljallangan qogʻoz yuqori darajada silliqligi, oqligi va yelimlanganligi bilan ajralib turadi, unga yozuv qogʻozi, pochta va nota qogʻozi kiradi.
Yozuv qogʻozi chiziqli va chiziqsiz, oq va rangli, bir qavatli va ikki qavatli varaqlar koʻrinishida boʻladi. Oq yozuv qogʻozi qogʻoz massasining tarkibiga qarab uchta raqam ostida – 0 (eng yuqori sifatli), 1 va 2-raqamli qilib chiqariladi.
Rangli yozuv qogʻozi 1- va 2-raqamli qilib chiqariladi.
Rangli pochta qogʻozi 0, 1-raqamli yozuv qogʻozlaridan yoki uncha katta boʻlmagan rangli qogʻozdan chiqariladi, u chiziqli va bosma rasmli boʻlishi mumkin.
Nota qogʻozi – nota beshchiziqlari chizilgan yozuv qogʻozi varagʻidir.
Chizmachilik qogʻozi – varaqlar yoki oʻramlar koʻrinishidagi yelimlangan oq qogʻoz boʻlib, ikkita markasi boʻladi: A markasi – loyiha-konstruktorlik ishlari uchun; B markasi – eskizlar va maktablarda chizmachilik ishlari uchun moʻljallanadi.
Rasm solishga moʻljallangan qogʻoz yuqori sifatli oqartirilgan sellyulozadan silliq yoki notekis yuzali qilib, nimaga ishlatilishiga (V – sanʼat ishlari uchun, E – eskizlar uchun, O – keng yoʻnalishdagi rasm chizish ishlari uchun va hokazo) hamda tarkibining xususiyatlariga bogʻliq holda turli markalarda tayyorlanadi.
Matn bosish va koʻpaytirish uchun qogʻoz – yupqa, kam yelimlangan, yaltiratilmagan qogʻoz.
Gazeta qogʻozi – bu oqartirilmagan, gazetalarni bosish uchun ishlatiladigan, tarkibida umumiy massaning kamida 65%i miqdorida mexanik yoki kimyoviy-mexanik usulda olingan yogʻoch tolalari boʻlgan, oʻlchami boʻyicha navlarga ajratilgan yoki arzimas darajada navlarga ajratilgan, ikkala tomon yuzasida Parker Print Surf (1 MPa) apparati bilan oʻlchangan 2,5 mkmdan ortiq gʻadir-budirlikka ega boʻlgan, 1m2 massasi kamida 40 g, lekin koʻpi bilan 65g. boʻlgan qogʻozdir.
Ofis texnikasi uchun qogʻoz (oʻlchami A4, 80g/m2, oqlik darajasi 101%) lazer printerlar, nusxa koʻchirish va faks apparatlari uchun moʻljallangan.
Dekorativ qogʻoz yuzasiga alohida xususiyatlar berilgan qogʻozni oʻz ichiga oladi. Unga baxmal, sadaf, rangli, yaltiroq, gʻijim qogʻoz (gofrirovka qilingan (nova-nova) rangli qogʻoz) va fotoqogʻoz kiritiladi.
Fotoqogʻoz negativdan pozitiv suratlar olish uchun ishlatiladi. Fotoqogʻoz SCHE tarkibi boʻyicha (unibrom, konabrom, fotobrom va boshqalar); asosining massasi boʻyicha: yupqa, yarim karton, karton; podlojkaning rangi boʻyicha – oq, sargʻish; yuzasining koʻrinishi boʻyicha – silliq (yaltiroq, oʻta yaltiroq, jilosiz, yarim jiloli) va tuzilishi boʻyicha (donador, baxmal, bosma naqshli va boshqalar); kontrastligi boʻyicha – yumshoq, yarim yumshoq, normal, kontrast va oʻta kontrastga boʻlinadi.
Muqova kartoni va presshtap (qattiq zichlangan karton) bloknotlar, papkalar, albomlar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Qogʻoz va karton buyumlar oq qogʻoz, bosma va xoʻjalik buyumlariga boʻlinadi. Oq qogʻoz tovarlar jumlasiga daftarlar (maktab daftarlari, umumiy daftarlar, rasm daftarlari va boshqalar), bloknotlar (ochiq va yopiq — muqovalangan), choʻntak yozuv daftarlari (oddiy va alfavitli), albomlar (rasm chizish uchun, marka yopishtirish uchun, otkritkalar, fotosuratlar va boshqalar uchun), xatjildlar va pochta toʻplamlari, skorosshivatellar, qogʻoz solinadigan papkalar, bosma tovarlar (kalendarlar, kitoblar va boshqalar), qogʻozdan yasalgan xoʻjalik buyumlari (dasturxonlar, sochiqlar) va boshqalar kiradi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling