Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet119/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Mahsulot standarti – mahsulotni belgilanishiga muvofiqligini taʼminlovchi mahsulotga boʻlgan talablar aks etgan hujjat.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish – mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
Momiq — zavodlarda paxtaga ishlov berish jarayonida — tolasi ajratib olingan chigitda qoladigan kalta toladan tayyorlanadigan mayin paxta. Unga ssiklonlarda yigʻiladigan iflos va changli momiq paxta ham kiradi.
Momiq paxta — har xil yoʻnalishda tartibsiz ravishda kuchsizgina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint)dan tayyorlanadi.
Muvofiqlik belgisi – muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa meʼyoriy hujjatga mos ekanligini koʻrsatish uchun mahsulotga yoxud koʻrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʻyiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatga olingan belgi;
Muvofiqlik sertifikati – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
Nazorat yoʻsinidagi tekshiruv – belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chogʻida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulotni, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili.
Paxta, chigitli paxta – gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti.
Savdo assortimenti – bu ulgurji va chakana savdo sohasida , muomala sohasida mavjud boʻlgan tovarlar nomenklaturasidir. Savdo assortimenti oʻz navbatida tovar guruhlari assortimenti va savdo korxonasi assortimentiga boʻlinadi.
Samaradorlik – tovarlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, realizatsiya qilish va isteʼmol qilishda optimal natijaga erishishni oʻz ichiga oluvchi tamoyil.
Sanoat assortimentibu alohida korxona, sanoat tarmogʻi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasidir.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling