4.2. Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash turlari va usullari
Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyaviy ekspertiza qilish maqsadlariga muvofiq identifikatsiya quyidagi turlarga boʻlinadi: isteʼmol boʻyicha, tovar turkumi boʻyicha (tur boʻyicha), sifat boʻyicha, nav boʻyicha,
maxsus identifikatsiya, axborotni identifikatsiyalash,
miqdorni identifikatsiyalash, bahoni identifikatsiyalash.
Isteʼmol boʻyicha identifikatsiya u yoki bu mahsulotni, yo boʻlmasa xom ashyoni ishlatish mumkinligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi, chunki koʻpgina materiallardan gʻoyat xilma-xil maqsadlar uchun foydalaniladi.
Chunonchi, zigʻir tibbiyotda ham (zigʻir moyidan foydalaniladi), toʻqimachilik sanoatida ham (poyasidan gazlamalar tayyorlash uchun) qoʻllaniladi.
Kvars qumidan gʻisht va devorbop toshlar, abraziv asboblar va kvars oynasini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shunday qilib, isteʼmol boʻyicha identifikatsiya Oʻzbekiston bozorlariga konkret isteʼmolchining ijtimoiy foydaliligini taʼminlashga moʻljallanmagan tovarlarni kiritmaslik imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: