Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti
Download 1.82 Mb.
|
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin
Mikrobiologik usullar tovarning xavfsizligini maxsus identifikatsiyalash, unga mikroorganizmlar urugʻlarining yoyilganlik darajasini aniqlash vaqtida qoʻllaniladi. Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashning mikrobiologik usullari hozircha cheklangan. Biroq ayrim tovar guruhlarini (tikuvchilik buyumlari, toʻqimachilik tovarlari, poyabzal, moʻynalar, sement va boshqalarni) saqlash sharoitlarini, baʼzi materiallarning chidamliligini oʻrganish hamda gigiyenik baholashlarda ushbu usullar borgan sari koʻp qoʻllanilishi kerak.
Chunonchi, polimer materiallarning biologik chidamliligi ularning mogʻor va achitqi zamburugʻlari, boshqa mikroorganizmlar, shuningdek kuyaning taʼsiriga chidamliligi bilan belgilanadi. Insonda ogʻir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan patogen mikro-organizmlar bilan tiriklik vaqtida infektsiyalangan hayvon terilaridan ishlangan moʻynali buyumlar biologik xavf tugʻdirishi mumkin. Jun gazlamalar (tolalar) qoʻllanib tayyorlangan tolali yostiqlarining va shu kabilarning kuyaga chidamlilik darajasini aniqlash juda muhim. Mikroorganizmlar taʼsiriga chidamlilik biologik qarshilik koʻrsata olishdan iborat funksional xossaning barqarorligi boʻyicha aniqlanadi. Nooziq-ovqat tovarlarning biologik xavfsizligi ularda ushbu mikroorganizmlar yoʻqligi yoki foydalanish jarayonida odamga xavfsiz taʼsir koʻrsatishi bilan bogʻliq. Mahsulotlarda odam salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan zaharli moddalar toʻplanishi bilan birga yuz beradigan mikrobiologik shikastlar ayniqsa xavflidir. Bu hammadan koʻproq atir-upa tovarlariga taalluqli boʻlib, ular uchun SanQvaM 1.2.681-97 da mikroblarning umumiy sonini hamda mogʻor va achitqi zamburugʻlari, ichak tayoqchasi guruhiga kiruvchi bakteriyalar, koʻkyiring tayoqchasi va tillarang stafilokokkni aniqlash uchun bakteriologik tadqiqotlar nazarda tutilgan. Boshqa nooziq-ovqat tovarlarning (toʻqimachilik, moʻyna, charm-poyabzal tovarlarining) mikrobiologik shikastlari koʻpincha mogʻor paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Bu shikastlar mahsulotning uzoq saqlanishiga taʼsir koʻrsatadi hamda ularning odam uchun xavflilik darajasi kamroq. Turli moddalar va materiallarning mikroorganizmlar tomonidan buzilishga bardoshligiga qarab ularning biologik bardoshliligi aniqlanadi. Maʼlumki, mahsulotlarning shikastlanishi va toʻliq buzilishi bilan bogʻliq koʻpgina jarayonlarga mikroorganizmlarning rivojlanish uchun qulay sharoitlarda bu mahsulotlarga taʼsir koʻrsatishi sabab boʻladi. Materiallarning mogʻorlashi, chirishi va boshqa jarayonlarni mogʻor zamburugʻlari, chirituvchi bakteriyalar taʼsiri keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish bosqichlarida koʻpgina materiallar va mahsulotlarni (toʻqimachilik tolalari, charm, moʻyna, yogʻoch, qogʻoz va boshqalar) tashish va saqlash chogʻida mikroorganizmlar oʻzlarining rivojlanishi uchun qulay sharoitlarda (namlik, harorat, rN muhit) xilma-xil nomaqbul oʻzgarishlarni: pigmentlar, hayotiy faoliyatning qoʻshimcha mahsulotlari, rN muhitning oʻzgarishi oqibatida chidamlilikning kamayishini, ranglarning oʻzgarishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlib, bu materialning boʻyoq moddalarga mosligi oʻzgarishiga, ondatra, peses (shimol tulkisi), itning terilarida jiloning yoʻqolishiga, tukning toʻkilishiga olib keladi. Namlik va oziq moddalarning borligi, shuningdek mos harorat va rN muhit, antiseptiklar yoʻqligi koʻpgina organik materiallarda va ulardan ishlangan tayyor mahsulotlarda zamburugʻlar va bakteriyalar rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Ayni vaqtda baʼzi plastik massalar, sintetik tolali materiallar (xlorin, karbamid smolalar, ftoroplast va boshqalar) chirishga qarshi gʻoyat chidamliligi bilan ajralib turadi. Chirishga qarshi xususiyatlarga ega qilish uchun koʻpgina materiallarga (yogʻoch, brezentlar, baliqchilik toʻrlari va boshqalar) antiseptiklar bilan ishlov beriladi, bu esa ulardan ishlangan buyumlarning xizmat muddatlarini ancha uzaytiradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling