Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalash usullari


Download 1.82 Mb.
bet80/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalash usullari
Identifikatsiyalash maqsadlari uchun turli usullar qoʻllanilishi mumkin boʻlib, bu usullarni sensor, laboratoriya, test usullari va ekspress-usullarga boʻlish mumkin.
Sensor usullar – bular identifikatsiya koʻrsatkichlarining qiymatini odamning sezgi aʼzolari (koʻrish, sezish, hid bilish, eshitish aʼzolari) yordamida aniqlash usulidir. Bular jumlasiga priborlardan foydalanmasdan oʻtkaziladigan eng oddiy sinovlar (mustahkamlikni, qattiqlikni qoʻlda sinash, hoʻl boʻlishni, yonishni sinash, hidni aniqlash, urganda chiqadigan tovushni baholash) kiritiladi.
Sensor usullar nooziq-ovqat tovarlarning sifatini organoleptik usul bilan bilish va baholashda keng qoʻllaniladi. Sensor usul agar laboratoriya sinovi oʻtkaziladigan boʻlsa, undan oldin qoʻllaniladi. Biroq koʻpgina hollarda tovarning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar boʻyicha sifati tovarni umumiy koʻzdan kechirgan vaqtda hech qanday shubha tugʻdirmaydi va laboratoriyada baholash ortiqcha boʻladi.
Sensor usullar laboratoriya usullari boʻlmagan va bevosita baholash usuli birdan-bir usul boʻlgan hollarda ham qoʻllaniladi. Masalan, atirlar hidi, musiqa asboblari tovushining sifati, gazlamalarning gullari, charm yoki moʻynaning boʻyogʻi va boshqalar organoleptik usul bilan yoki tasdiqlangan etalon-namunaga taqqoslash va hokazo yoʻllar bilan aniqlanadi.
Sensor usullar tovarlarning navlarini tashqi nuqsonlarga qarab aniqlash vaqtida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Nuqsonlarning soni, holati, katta-kichikligi bevosita kuzatish yoʻli bilan aniqlanadi.
Sensor usullarning yutuqlariga ularning oddiyligi, tovarni identifikatsiyalash uchun vaqt va mablagʻ kam sarflanishi kiradi.
Kamchiliklari jumlasiga – baholashning subyektivligi, qiyoslash uchun natijalar yoʻqligi va sinov natijalari tasvirdan iborat boʻlishi kiradi.
Sensor usulda aniqlashning toʻgʻriligi turlicha boʻlishi mumkin boʻlib, u koʻrsatkichning qandayligiga va tovarni baholayotgan shaxsning tajribasiga bogʻliq boʻladi. Masalan, mahsulotning navini nuqsonlar mavjudligiga qarab baholash sinovlarni oʻtkazayotgan shaxsning tajribasiga bogʻliq boʻladi, ammo atirlar hidining sifatini baholash darajasida bogʻliq boʻlmaydi.
Biroq, nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalash uchun ekspertiza oʻtkazish vaqtida sensor usul maʼlumotlari ancha cheklangan va ular gʻoyat subyektiv boʻlishi mumkin, bu esa ushbu usulning kamchiligidir. Shu sababli identifikatsiyalash faqat sensor usulda aniqlangan maʼlumotlargagina asoslana olmaydi, balki tobora rivojlanib borayotgan laboratoriya usullarini ham oʻz ichiga oladi.
Laboratoriya usullari – bu identifikatsiyalash uchun ekspertiza oʻtkazish vaqtida koʻrsatkichlarning qiymatlarini texnik oʻlchov vositalari, maxsus reaktivlar, priborlar va apparatlar yordamida aniqlash usullaridir. Laboratoriya tahlilining natijalari raqamlar bilan yoki konkret fizik-kimyoviy taʼriflar bilan ifodalanadi. Bu usullar foydalanilgan oʻlchov vositalariga qarab quyidagi kichik guruhlarga: fizik, kimyoviy, mikroskopik, mikrobiologik, tovar-texnologik usullarga boʻlinadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling