Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti
Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalari
Download 1.82 Mb.
|
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalarining tasnifi Tovarlar toʻgʻrisidagi axborot vositalari.
4.3. Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalari
Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashda baholash faoliyatining turli xillari uchun mushtarak boʻlgan vositalardan foydalaniladi. Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalash vositalari bajaradigan vazifalari boʻyicha ikki guruhga: tovarlar toʻgʻrisidagi axborot vositalariga va moddiy-texnika vositalariga boʻlinadi (2-rasm). 2-rasm. Nooziq-ovqat tovarlarini identifikatsiyalash vositalarining tasnifi Tovarlar toʻgʻrisidagi axborot vositalari. Axborot – taqdim etilish shaklidan qatʼi nazar shaxslar, buyumlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Hujjat – moddiy vositada qayd etilgan, identifikatsiyalash imkonini beradigan rekvizitlari boʻlgan axborot. Hujjatlar nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashning gʻoyat muhim vositalari jumlasiga kiradi va meʼyoriy, texnik hamda texnologik hujjatlarga boʻlinadi. Hujjatni identifikatsiyalash imkonini beradigan asosiy rekvizitlar hisobga olish yoki qayd etish raqami, shuningdek tashkilotning nomi va hujjatni tasdiqlovchi vakolatli shaxsning lavozimi, tashkiloti, familiyasi, ismi hamda otasining ismi koʻrsatilgan imzosidir. Hujjatda uning tasdiqlangan sanasi boʻlishi kerak. Meʼyoriy hujjat - muayyan faoliyat turlari yoki ularning natijalariga taalluqli boʻlgan qoidalarni, umumiy prinsiplarni, taʼriflarni oʻz ichiga olgan, isteʼmolchilarning keng doirasi foydalanishi mumkin boʻlgan hujjat. Meʼyoriy hujjatlar jumlasiga davlat, tarmoq standartlari, mintaqaviy standartlar va tashkilot standartlari kiradi. Texnik hujjat – tovarning harakatlanishi jarayonida uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan tovarning xususiyatlari toʻgʻrisidagi konkret axborotni oʻz ichiga oluvchi hujjat. Ushbu hujjatning asosiy vazifasi – tovar harakatining hamma bosqichlarida tovarlar va tovar turkumlarining identifikatsiyalanishini va kuzatib borilishini taʼminlashdan iborat. Bu nostandart tovarlar aniqlanib, nuqsonlar paydo boʻlishining sabablarini topish zarur boʻlganida, jiddiy nuqsonlar aniqlangan hollarda esa konkret tovar turkumidan tovarlarni olib qoʻyish zarur boʻlganida tovarshunos-ekspertning ishini yengillashtiradi. Ushbu hujjatlardagi axborot yaxshilab tahlil qilinishi hamda foydalanish hujjatlarida, shuningdek bosilgan tamgʻada takrorlangan axborotga taqqoslash yoʻli bilan tekshirilishi kerak. Texnologik hujjatlar mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash va tashish bilan bogʻliq texnologik jarayonlar toʻgʻrisidagi axborotni uzatish va saqlashga moʻljallangan. Ular jumlasiga texnologik yoʻriqnomalar, ayrim guruhlarga mansub tovarlarni saqlashga doir yoʻriqnomalar, tovarlarni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilib olishga doir yoʻriqnomalar kiradi. Tamgʻa – idishga yoki tovarga bosiladigan, tovarni yoki uning ayrim xossalarini identifikatsiyalashga moʻljallangan matn, shartli belgilar yoki rasmlar, ushbu axborotni isteʼmolchiga yetkazish vositasi. Tamgʻa ramzlar yordamida tovar haqida axborot berishi kerak. Masalan, tikuvchilik mahsuloti uchun tayyorlovchi korxona tovar belgisining tasviri, tayyorlovchi korxonaning nomi va joylashgan yeri, mahsulotning nomi, standart raqami, tovarning isteʼmol xususiyatlari, artikuli, navi, narxi, korxona texnik nazorat boʻlimi nazoratchisining raqami va boshqalar odatdagi tamgʻa maʼlumotlari boʻladi. Qayerga bosilganligiga qarab ishlab chiqarish tamgʻasi va savdo tamgʻasi farqlanadi: 1) ishlab chiqarish tamgʻasi – tayyorlovchi tomonidan tovarga yoki idishga tushirilgan matn, shartli belgilar yoki rasm va boshqa axborot vositalari; 2) savdo tamgʻasi — sotuvchi tomonidan tovar yoki kassa cheklariga, idishga yoki tovarga tushirilgan matn, shartli belgilar yoki rasm. Nooziq-ovqat tovarlarni identifikatsiyalashda quyidagi adabiyotdan foydalaniladi. Oʻquv adabiyoti – asosiy mazmunini ilmiy va maʼlumotnoma ruhidagi axborot unsurlariga ega boʻlgan oʻquv axboroti tashkil etadigan nashrlar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling