O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent
Download 369.06 Kb.
|
55d19931e46d6
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Moliyaviy menejment fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedrasiAZIMOV ASROR SHERMAXMAT O’G’LI “Kichik biznesni rivojlantirishda bank kreditlarining roli” mavzusida dars o’tishda masala va mashqlardan foydalanish samaradorligini oshirish 5140900 -“Kasb ta’lim”(5340700 – Bank ishi) ta’lim yo’nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun tayyorlangan BITIRUV MALAKAVIY ISHI «HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» «Kasbiy ta’lim» kafedrasi mudiri i.f.d.,prof. A. Omonov«_ » 2014 y. Ilmiy rahbar: o’q. S. Abdullayeva «_ » 2014 y. Ilmiy maslahatchi: dots. M.To’laboyev « » 2014 y. TOSHKENT – 2014 Men, Azimov Asror Shermaxmat o’g’li ushbu BMIni mustaqil bajardim, ko’chirmachilik holati yo’qligiga javob beraman. Ko’chirmachilikka yo’l qo’ygan holatimda BMI kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug’i bilan bekor qilinishi va “qoniqarsiz” baho qo’yilishini bilaman. Azimov Asror Shermaxmat o’g’li 5
«Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni echish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxiroqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir»1 I.A.Karimov Tadqiqot mavzuning dolzarbligi. Hech kimga sir emaski, mustaqillikka erishganimizdan so’ng barcha tarmoq va sohalarda bo’lgani kabi ilm-fan va maorif sohasida ham ulkan yutuqlarga erishdik. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar va olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi o’laroq bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida tub samarali o’zgarishlar, yangilanishlar va rivojlanish jarayoni yildan - yilga keng quloch ochib borayotganligi o’z aksini topmoqda. Shu jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank - moliya tizimi faoliyatini mustahkamlash, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirishda ko’zga ko’rinarli yutuqlarga erishilmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan va yaratilayotgan imkonoyatlar va qulayliklarni har qanday joyda ham uchratib bo’lmaydi. Manashu yaratilgan barcha shart – sharoitlar bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda O’zbekistonning yoshlari ham jahonning hech bir rivojlangan davlatlarining yoshlaridan qolishmasligini, ular bilan har qanday sohada bemalol qo’rqmasdan bellashayotganligini shu o’rinda keltirib o’tsak o’rinli bo’ladi. 1 Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi.– T.: «Sharq», 1998, 83-bet. Ta’lim sohasi bizning “Strategiya-2020” deb nomlangan, uzoq muddatga mo’ljallangan strategiyamizning beshta asosiy yo’nalishlaridan biridir. OTB(Osiyo taraqqiyot banki) ta’lim sohasini rivojlantirishda O’zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda mamlakat bo’yicha maktablar, o’qiyuvchilarni tayyorlash, darsliklar va ta’lim dasturlarini moliyalashtirishga oid sakkizta loyiha maqullangan. Ta’lim-imkoniyatlar tengligini taminlaydigan buyuk mezon. U jamiyat aql-zakovatining yuksalishi, raqobatdoshlikning kuchayishi va yutuqlar ko’payishining muhim omili vazifasini o’taydi. Provardida OTBning “Osiyo-2050 ” tadqiqotida kelajak iqtisodiyoti chuqur bilim , ilm-fan va texnologik innovatsiyalarga asoslanishi qayd etilgan. Bunday iqtisodiyotlar raqobatdosh va samarali bo’ladi. Ular mamlakatni daromadi o’rtacha bo’lgan bosqichdan daromadi yuqori davlatlar darajasiga yetkazishda , tinch va barqaror jamiyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday iqtisodiyotlar yuksak bilimga, ta’lim sohasidagi yutuqlarga, eng ilg’or texnologiyalar ustuvorligi va tadbirkorlik g’ayrat-shijoatiga tayanadi”2. Haqiqatdan ham mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich va muvaffaqqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi- pedagogning faoliyatini, uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, uning yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog’liqdir. O'qituvchi-pedagog jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi lozim. 2 Prezident I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha, o’quv qo’llanma. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish-bizning bosh maqsadimizdir. “O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2013,57-bet Tadqiqot mavzusiga iqtisodiy jihatdan yondashganda ham mavzu qanchalik dolzarb ekanligiga yana bir bor o’zimiz guvoh bo’lamiz. Chunki bugungi kunda kichik biznes sohasi va bu sohani rivojlantirish davlat siyosati darajasigacha yetganligini barchamiz yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham hozirgi kunda mamlakat ishlab chiqarishning zamonaviy darajasini ta’minlovchi raqobat muhitini shakllantirishda, ilmiy-texnikaviy yutuqlarni amaliyotda qo’llashda, hamda monopoliyaga qarshi kurashishda asosiy omil sifatida asosan kichik korxonalar va mikrofirmalarga e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari I.A. Karimov kichik biznes sohasi va unda faoliyat yurituvchi su’bektlar faoliyati xususida quyidagi fikrni ta’kidlab o’tgan edilar: “Iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi”3. Download 369.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling