O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.12.2020
Hajmi0.87 Mb.
#166569
1   2   3   4
Bog'liq
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari


Xulosa 

Valyuta bozorlari - bu, talab va taklif asosida shakllanadigan kurs bo’yicha xorijiy 

valyutalarning milliy valyutaga oldi-sotdisi amalga oshadigan rasmiy markazlaridir. 

Jahon moliyaviy markazlari - xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalari, qimmatli 

qog’ozlar hamda oltin bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va ixtisoslashgan 

kredit-moliya institutlari to’planuvining markazlaridir. Tarixan ular milliy bozorlar 

negizida, so’ng esa jahon valyuta, kredit, moliya hamda oltin bozorlari zaminida paydo 

bo’lgan. 

Jahon valyuta, kredit hamda moliyaviy bozorlari taalluqli milliy bozorlar negizida 

paydo bo’lgan va milliy bozorlar ular bilan yaqindan munosabatdadir. 

O’zbekiston Respublikasining Valyuta birjasi respublikamizda birja bozori 

hisoblanadi. 

Milliy valyutamiz-so’mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasida 

aniqlanadi 

Respublikamizda so’mning nominal birja kursi valyutalarning buyurtmali savdosi 

asosida amalga oshiriladigan oldi - sotdi mexanizmi orqali shakllanadi. Mazkur 

mexanizmning mohiyati shundaki, O’RVBga a’zo bo’lgan tijorat banklari ikki xildagi 

buyurtmalarni birjaga beradilar: a) AQSh dollarini sotib olish maqsadida so’mda berilgan 

buyurtmalar; b) AQSh dollarini sotish maqsadida berilgan buyurtmalar (dollarda berilgan 

buyurtmalar). Markaziy bankning Bosh dileri buyurtmalarni qabul qilishni to’xtatish 

to’g’risidagi buyruqni bergandan so’ng har ikkala xildagi buyurtmalar bo’yicha jami 

nominal miqdorlar aniqlanadi. Shundan keyin so’mda berilgan buyurtmalarning jami 

summasini AQSh dollaridagi buyurtmalar summasiga bo’lish yo’li bilan o’zbek 

so’mining 1 AQSh dollariga nisbatan nominal birja kursi aniqlanadi. So’mning valyuta 

kursini 1 AQSh dollariga nisbatan aniqlanayotganligi so’mning to’g’ri kotirovka rejimiga 

ega ekanligidan dalolat beradi 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal birja kursi tijorat 

banklarining xorijiy valyutalardagi aktiv va passivlarini qayta baholash, boj hisobi hamda 

moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar valyuta 

tushumlarining ma’lum qismini majburiy tartibda sotishda qo’llaniladi. 

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning amaliyotida, xususan, AQSh, Yaponiya, 

Kanada davlatlarining amaliyotida milliy valyutaning kursi fiksing shaklida 

aniqlanadigan bozor mexanizmiga asoslanadi. Mazkur mexanizmning mohiyati shundaki, 

maklerlar va tijorat banklari dilerlari ishtirokida kun davomida amalga oshiriladigan 

valyuta savdosi jarayonida shakllangan talab va taklif asosida, operatsion kunning aniq 

bir vaqtida, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan birja kursi aniqlanadi. 

Operatsion kunning aniq bir vaqtida milliy valyuta kursining aniqlanishi fiksing deb 

ataladi. 



Birjadan tashqari valyuta bozori banklararo bozordir. Bunda valyuta savdosi tijorat 

banklari dilerlarining telefon yoki internet orqali so’zlashuvlari orqali amalga oshiriladi. 

Tijorat banklari spred shaklida, ya’ni valyutalarni sotish kursi bilan sotib olish kursi 

o’rtasidagi farq sifatida daromad oladilar. Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi aktivlarni 

qayta baholash, mavjud bitimga qarama-qarshi operatsiyalarni amalga oshirish orqali 

ham tijorat banklari valyuta operatsiyalaridan daromad oladilar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

1.  O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

to'g'risida"gi Qonuni. – T.: "O'zbekiston", 1995. 21 dekabr. 

2.  O'zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to'g'risida" gi Qonuni. - 

T.: "O'zbekiston", 1996. 25 aprel. 

3.  O'zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to’g’risida" gi Qonuni. 

2003y. 11 dekabr. 

4.  O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2010 yil 6 apreldagi "Bank 

tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va uning investisiyaviy 

faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ – 1317-sonli qarori. 

5.  O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi "2011-

2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini 

oshirish hamda yuqori halqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor 

yo'nalishlari to'g'risida" gi PQ-1438-sonli qarori. 

6.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi "Tijorat banklarining 

moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish 

chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2344-sonli qarori. 

7.  O'zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solishga oid normativ-huquqiy 

xujjatlari to'plami.T.O'zbekiston 2011 y. 456 b. 

8.  Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga 

oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish 

hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish – ustuvor 

vazifamizdir. -Toshkent.: O'zbekiston, 2015-72b. 

9.  Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib 

borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom 

ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l 

ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. "Xalq so'zi" gazetasi. 16.01.2016 y. 

10. O`zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini  yanada 

erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263sonli qarori. 

11. Abdullayeva Sh. Z. xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. -Toshkent "IQTISOD-

MOLIYA", 2005.-588 b. 

12. Abdullaev Y.A., Qoraliev T.M., va boshqalar. Bank ishi - o'quv qo'llanma - B.M.: 

T.: "Iqtisod-Moliya", 2009. - 576 b. 

13. Bobaqulov T.I. Milliy valyutaning barqarorligi. Monografiya. – Toshkent: Fan va 

texnologiya, 2007.-184 b. 

14. Вахабов А.В., Худякова Н.К. Международные валютно-кредитные и 

финансовые отношения. Ташкент: НУРТ, 2003.–278 с 

15. Jumaev N.X. O'zbekistonda valyuta munosabatlarini taritibga solish 

metodogiyasini takomillashtirish.T. "Fan va texnologiya",2007y.286b. 

16. Красавина Л.Н. Международные валютно-кредитные отношения и 

финансовые отношения.–Москва: Финансы и статистика, 2001, -184 с. 


17. A. Ishmuhammedov, R.S.Xasanov, K.A.Usmanova «Makro va mikroiqtisodiyot» 

ma’ruzalar matni. TDIU, TKTI-2011 

18. O'zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi. 

19. Internet saytlari 

 

www.bankir.ru



 

 

www.cer.uz



 

 

www.bma.uz



 

 

www.cbu.uz



 

 

www.finance.uz



 

 

www.gov.uz



 

 

www.ziyonet.uz



 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling