O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mustaqil ish mavzu


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana05.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1276766
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Mustaqil ishi -Axmedova Maftuna

Aholini ijtimoiy himoya qilish 
— bu aholining normal hayot kechirishini 
ta’minlash uchun davlat tomonidan belgilangan kafolatlar tizimidir. 
«O’zbekiston modeli»ga binoan ijtimoiy siyosat ta’sirchan, sharoitga tez 
moslashadigan, ustuvor chora-
tadbirlarni aniq belgilashni ko’zda tutadi. Dastlab 
aholini 
yoppasiga 
himoya 
O’zbekistonning 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tish 
kontseptsiyasi
 
qilish amalga oshirilgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish 
jarayonida 
aholining 
tabaqalanishi 
kuchaygan 
sari 
adresli 
yordam 


ko’rsatish asosiy o’ringa chiqdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida 
O’zbekistondagi ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari quyidagicha: 
— aholi daromadlarini tartibga solish, katta moddiy-ijtimoiy farqlarga yo’l 
qo’ymaslik; 
— aholi ijtimoiy himoyasini ta’minlash; 
— ish bilan ta’minlanganlik muammosini hal etish; 
— ekologik zararli ishlab chiqarishni tugatish; 
— sog’liqni saqlash, madaniyat, ta’lim sohalarini moliyalashtirishni qayta tashkil 
etish. 
Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun belgilangan chora-tadbirlar bizning 
aholi uchun odat tusiga kirmagan xususiyatlardan kelib chiqadigan kishilardagi 
ruhiy taranglikni yo’qotishga yordam berishi kerak. Bozorning rivojlanishi 
odamlarning ish bilan bandligi muammosini tubdan 
o’zgartirib yuboradi. Borgan 
sari xususiy sektorning ahamiyati ortib boradi. 
Ishsizlik muammosi 
— bozor iqtisodiyotining muqarrar yo’ldoshi. Shuning uchun 
ishsizlik bo’yicha nafaqalar joriy etish, ish bilan bandlik xizmatini va ish bilan 
bandlik fondini tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy siyosat olib boradi. Xozirgi paytda 
ish bilan bandlik fondiga har bir firma, korxona ish haqi fondining ikki foizini 
ajratishi shart. 
Aholini ijtimoiy himoya qilish quyidagi ijtimoiy yordam ko’rsatish turlari 
orqali amalga oshiriladi. Bular 
— nafaqalar, turli imtiyozlar, uzluksiz bo’lmagan 
moddiy yordamlar berish va hokazolar. Aholining quyidagi qatlamlari: nafaqa 
yoshidagi kishilar, nogironlar, boquvchisini 
yo’qotgan bolalar; kam ta’minlangan 
oilalar; ishsizlar; homilador ayollar va ishlamayotgan, yosh bolasini boqish bilan 
band bo’lgan onalar; kasalligi tufayli vaqtincha ishlamayotganlar; o’qiyotgan 
yoshlar; mehnatga layoqatli bo’lib nogironlarga qarayotgan kishilar ijtimoiy himoya 
qilinadi. 
Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishda mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlarining 
—xususan mahallaning huquqlari kengaytirilishi va mas’uliyatining 
oshirilishi muhim rol 
o’ynaydi. O’sha asar, 11-bet 


Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun manba sifatida davlat mablag’lari 
bilan bir 
qatorda mehnat jamoalari va xayriya tashkilotlari jamg’armalarining 
mablag’larini ham keng jalb qilish amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda qashshoqlikka qarshi kurashga alohida ahamiyat berilishi 
nochor 
ahvolga tushib qolgan va tushib qolishi mumkin bo’lgan oilalarni ijtimoiy 
qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosatning tamal toshidir. Xozirgi paytda 
turli ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanadigan xarajatlar davlat chiqimlarining deyarli 40% 
ini tashkil etmoqda.Respublikada vujudga keltirilgan ijtimoiy himoya tizimi borgan 
sari takomillashib 
bormoqda. «Bugungi kunda aholining moddiy farovonligiga 
salbiy ta’sir ko’rsata oladigan omillar deyarli yo’q. Aksincha, barqarorlashuvchi, 
aholining turmush darajasi o’sishi uchun shart-sharoit va kafolatlar yaratib beruvchi 
omillar tobora ortib bormoqda». 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling